Al-Hamro masjidi
Al-Hamro masjidi yoki Qizil masjid (arabcha: مسجد الحمراء) Marokash qirolligining Fos shahridagi Mariniylar davridaga oid masjiddir. Bu Mariniylar hukmdorlari tomonidan asos solingan bo'lib, saroy-shahar Fos al-Jadidning ''Grande Rue'' ("Buyuk ko'cha")da joylashgan mahalliy juma masjidi hisoblanadi .
Tarixi
tahrirMasjidning qurilgan sanasi hozirgacha aniqlanmagan,sababi masjidda hech qanday poydevor yozuvilari mavjud emas[1],ammo ushbu inshoot Mariniylar davrida,deyarli XIV asrda qurilgani ma'lum. [2] Rojer Le Turno masjidni XIII asr oxiri yoki XIV asr boshlarida qurilgan deb taxmin qiladi. [3] :64Anri Bresolette esa masjidning tarixi 1323-yildan oldin bo'lishi kerak, chunki u Sahrij madrasasidagi o'sha yilga tegishli vaqf yozuvlarida tilga olingan degan fikrni ilgari surgan. [4][1] Jorj Marse esa, Tlemsendagi Sidi Bumediyen masjidi bilan o'xshash tomonlari borligidan kelib chiqib,''U xuddi shu me'mor tomonidan qurilgan va ikkinchi masjid bilan bir xil hukmdor tomonidan etilgan, shuning uchun uning poydevori Sulton Abu al-Hasan davrida qo'yilgan''-, deb ta'kidlaydi. [5] :149 [2]
Bundan tashqari, tahoratxona, hamom va ko'chaning ro'parasida qurilgan bir guruh do'konlar ham masjid bilan bog'liq,biroq bu majmua asl qurilishning bir qismi ekanligiga aniqlik kiritilmagan. [6]
Nomi
tahrirMasjid nomi ''jama' hamra'' [7][8]"Qizil masjid" degan ma'noni anglatadi. Hamro so'zi grammatik jihatdan ayolga xos bo'lganligi sababli, Le Turno bu so'z qizil minora yoki qizil ayolga ishora qiladi degan fikrni bildiradi. [3] Minora qo'shimcha zellij bezaklari bilan ta'mirlanishidan oldin, uning asl rangi qizil rangga yaqinroq bo'lishi mumkin degan farazlar mavjud. [2] Boris Maslouning aytishicha, afsonalardan birida masjidni noma'lum "Qizil sulton" bilan bog'liq,lekin ishonchliroq afsona uni Tafilaltdan kelib, o'z boyligini qurilishga bag'ishlagan Banu Marin (Mariniy) urug'iga mansub "qizil ayol" bilan bog'liq. [7] U holda, masjid " Jama' Lalla Hamra " ("Qizil ayol masjidi") deb ham nomlanadi. [7] Shunga qaramasdan, masjidning aniq kelib chiqishi haqidagi savollardan qat'i nazar, uning o'sha davrdagi boshqa Mariniy masjidlari bilan o'xshash tomonlari borligi aniq. [8]
Arxitekturasi
tahrirUmumiy koʻrinishi
tahrirMasjid yaqin atrofdagi Fos al-Jadid masjidi va o'sha davrdagi boshqa yirik Mariniy masjidlariga o'xshash ko'rinishga ega. [8][5] Masjid toʻgʻri burchakli qurilish uslubiga ega boʻlib, uning shimoliy qismida toʻrtburchak hovlisi ( sahni) boʻlib, uch tomondan arkada galereyalar va janubdan asosiy namozxonalar bilan oʻralgan. Minora shimoli-g'arbiy burchakda,asosiy ko'chaga qaragan holda qurilgan. Masjidning uchta kirish eshigi mavjud bo'lib, biri shimolda binoning markaziy oʻqida, yana ikkitasi hovlining janubiy burchaklarida sharq va gʻarbga tomonlar qaragan holda qurilgan. Masjidning tepasida Marokash masjidlariga xos bo'lgan yashil koshinlar bilan qoplangan qiyalik yog‘och tomlari ham bor. [7]
Hovlisi ( sahni )
tahrirKemerli galereyalar bilan o'rab olingan hovlining o'lchami 11,3x13,7 metrni tashkil etadi. [7] Uning markazida marmar havzali favvora, janubi-g'arbiy burchagida ya'ni, galereya ostida zellij mozaik koshinlari bilan bezatilgan devor favvorasi mavjud.Ikkala favvora ham tahorat uchun suv berish vazifasini o'tagan. [7] Hovlining shimoliy arkadasidagi ustunlardan birida esa quyosh soati o'rnatilgan.
Namoz zali
tahrirKo'pgina Marokash masjidlari kabi, Al-Hamroning ichki qismi janubiy qibla devoriga perpendikulyar bo'lgan Mavriyan arklari qatoridan iborat gipostyle makonidir. Yana bir qator arklar janubiy devorga yaqin va parallel o'rnatilgan bo'lib, mehrob va qibla devori oldida ko‘ndalang yo‘lak hosil qilgan. [7] Namoz zalining yog'och shiftlari Marokash ''berchla'' uslubida qurilgan, yog'och ramkalar va to'sinlar geometrik naqshlarni hosil qilish uchun bir xil tartibga solingan. Bular asl Mariniy qurilish uslubidan olingan. [2]
Masjid gumbazning pastdagi kvadrat maydoni muqarnas oʻymakorligi bilan bezatilgangan. [7] Mehrobning o'zi taqa orqasidagi muqarnas gumbazi bilan qoplangan chuqurchadan iborat bo'lib, mehrob atrofidagi devor esa arabesk, xattotlik va geometrik naqshlar bilan o'yib ishlangan odatiy bezak bilan qoplangan. [7] Boshqa saqlanib qolgan Mariniy masjidlaridan farqli o'laroq, bu mehrobning bezaklari, shuningdek, qo'shni yog'och gumbazi hali ham Mariniylar davriga xos. [2] Boshqa masjidlarda bo'lgani kabi, mehrob ustidagi devorga uchta panjara bilan qoplangan derazalar o'rnatilgan. Mehrabning ikki tomonida eshik mavjud bo'lib, o'ng tomoni minbar uchun omborxonaga, chap tomoni esa imom xonasiga va dafn marosimlariga bag'ishlangan kichik jama' al-gnaizga olib boradi. [7]
Masjid minorasi
tahrirMinoraning poydevori kvadrat shaklda bo'lib, har bir tomoni 4,5 mni tashkil etadi. [7] Minoraning asosiy shaxtasi 19,2 metr balandlikda,uning yuqorisida kichik gumbaz va sharsimon metall parda bilan qoplangan ikkichi kichik minora (har bir tomoni 2,5 metr va balandligi 4,6 metr) joylashgan. [7] Minoraning ichki qismi uzun zinapoya mavjud bo'lib,ayan shu zinapoya orqali minora yuqorisiga ko'tarilish mumkin. Minoraning faqat janubiy qismida derazalar mavjud. [7]
Minoraning jabhalari Marokash me'morchilik an'analariga xos naqshlar bilan bezatilgan..Ular bir qarashda o'xshash bo'lib ko'rinsa-da, har biri o'zining darj va ktaf (yoki sebka ) naqshlari bilan farq qiladi. Har bir jabhaning pastki qismida yuqoridagi naqsh bilan uyg'unlashadigan va mozaik ( zellij ) plitkalari bilan to'ldirilgan bir qator ko'r arklar bor. [7] Asosiy milning ustki qismida,naqshlar ustida, geometrik koshinlari ko'proq zellij chinnilaridan iborat.Buning ustiga, asosiy minora dekorativ merlonlar va geometrik plitkalar bilan qoplangan. [7]
Boris Maslouning ta'kidlashicha, minoraning janubiy va sharqiy tomonlari, shuningdek, uning cho'qqisidagi ikkinchi shaftasining ma'lum bir nuqtalari shikastlangan va hozirgi kunga kelib qayta tiklangan. [7] Minora fasadlari o'rtasida joylashgan darj va ktaf naqshlarining bo'sh joylarini to'ldiradigan rang-barang zellij koshinlari,ehtimol, XVIII asr oxiri yoki XIX asr boshlarida Moulay Slimane davrida qo'shilgan bo'lishi mumkin. [9]
Yana qarang
tahrir- Masjidlar ro'yxati
- Afrikadagi masjidlar ro'yxati
- Marokashdagi masjidlar ro'yxati
Manbalar
tahrirVikiomborda Al-Hamro masjidi haqida turkum mavjud |
- ↑ 1,0 1,1 Bressolette, Henri. A la découverte de Fès. L'Harmattan, 2016. ISBN 978-2343090221.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Salmon, Xavier. Fès mérinide: Une capitale pour les arts, 1276-1465. Lienart, 2021 — 91-103-bet. ISBN 9782359063356.
- ↑ 3,0 3,1 Le Tourneau, Roger. Fès avant le protectorat: étude économique et sociale d'une ville de l'occident musulman. Casablanca: Société Marocaine de Librairie et d'Édition, 1949.
- ↑ Bressolette, Henri; Delaroziere, Jean (1983). "Fès-Jdid de sa fondation en 1276 au milieu du XXe siècle". Hespéris-Tamuda: 245-318.
- ↑ 5,0 5,1 Parker, Richard. A practical guide to Islamic Monuments in Morocco. Charlottesville, VA: The Baraka Press, 1981.
- ↑ Almela, Iñigo (2019). "Religious Architecture as an Instrument for Urban Renewal: Two Religious Complexes from the Saadian Period in Marrakesh". Al-Masāq 31 (3): 272-302.
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 7,13 7,14 7,15 Maslow, Boris. Les mosquées de Fès et du nord du Maroc. Paris: Éditions d'art et d'histoire, 1937 — 38-53-bet.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Marçais, Georges. L'architecture musulmane d'Occident. Paris: Arts et métiers graphiques, 1954 — 268-271-bet.
- ↑ Salmon, Xavier. Fès mérinide: Une capitale pour les arts, 1276-1465. Lienart, 2021 — 124-bet. ISBN 9782359063356.
- 1 2 3 ↑
- ↑ 1 2 3 4
- 1 2 3 4 1 2
- 1 2 ↑
- ↑ 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ↑
- ↑ Salmon, Xavier. Fès mérinide: Une capitale pour les arts, 1276-1465. Lienart, 2021 — 124-bet. ISBN 9782359063356.