Mariniylar davlati
Mariniylar davlati (arabcha: الدَّوْلَة الْمَرِينِيَّة ad-Dawla l-Marīniyya) — oʻrta asrlarda Marokashdagi davlat (1258—1420). Poytaxti — Fos shahri. Din — sunniy Islom. Davlat tili — arab tili[1].
Mariniylar sultonligi Sultonlik | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
Poytaxti | Fos | |||
Til(lar)i | Arab tili | |||
Dini | Islom | |||
Sulola | Mariniylar | |||
Sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi
tahrirMariniylar Magʻribning sharqiy va janubi-sharqiy hududlarida yashovchi barbarlarning zanoti nomli qabilalar ittifoqidan iborat edi. Ular dastlab 1216-yili Sahroi Kabirdan Marokashga hujum qilishgan. Muvahhidlar davlatiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida aka-uka Abu Yahyo Abdulhaq (1244—1258) va Abu Yusuf (1258—1286) ulardan bir necha shaharlarni tortib oladi: Miknasni 1244-yili, Fosni 1248-yili. 1269-yili Marokashdagi soʻnggi muvahhidlar hukmdori qulatilgach, mariniylar rasman davlatlariga ega boʻlishdi.
Harbiy yurishlar
tahrirDavlat tuzildan soʻng qolgan mintaqalarni egallash uchun kuchli qoʻshin tuzishga kirishishdi. Abu Ya’qub Yusuf (1286—1307) davrida Andalusiyada bir qancha urushlar olib borildi. 1275-yili Esixa jangida mariniylar qoʻshini ispanlarni magʻlub etdi. Jazoirda olib borgan urushlari natijasida mariniylar Al-Jazoir va Harron shaharlarini qoʻlga kiritishdi. 1309-yili Jabal ut-Toriq (Gibraltar) ispanlar tomonidan tortib olingach, mariniylar qoʻshini Ispaniya yurishiga tayyorlana boshladi. Lekin 1340-yili Abul Hasan Ali (1331—1348) qoʻshini Rio-Salado jangida Kastiliya qiroli Alfons XІ va Portugaliya qiroli Alfons IV ning birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlub etiladi. 1337-yili Tunisga yurish qilgan mariniylar Abdulvodni magʻlub etib poytaxt Tlimsenni qoʻlga kiritishdi. 1358-yili ikkinchi marta hafsiylarga zarba berildi. Lekin hafsiylar sulolasini butkul tugata olishmadi. 1401-yili Kastiliya qiroli Genrix III Tetuan shahrini oʻqqa tutdi. 1415-yili esa portugallar Seutani istilo qildi[2].
Sulola tanazzuli
tahrirSoʻngi hukmdor Abdulhaq (1421—1465) davrida mariniylarning qarindoshlari boʻlgan Vattosiylar davlat ishlarini oʻz nazoratiga ola boshladi. Bundan qattiq xavfsiragan Abdulhaq 1458-yili koʻplab vattosiy zodagonlarni qatl ettirdi, shundan soʻng davlatni mustaqil boshqarishga harakat qildi. Biroq mazkur tadbiri amaliy jihatdan unga manfaat keltirmadi. 1465-yili Abdulhaq isyonchilar tomonidan oʻldiriladi[3].
Hukmdorlar roʻyxati
tahrirT/r | Hukmdorlar | Hukmronlik yillari |
---|---|---|
1 | Abu Yusuf Yaʼqub ibn Abdulhaq | 1269—1286 |
2 | Abu Yaʼqub Yusuf Nosir | 1286—1307 |
3 | Abu Sobit Omir | 1307—1308 |
4 | Aburrabeʼ Sulaymon | 1308—1310 |
5 | Abu Said Usmon ibn Yaʼqub | 1310—1331 |
6 | Abulhasan Ali ibn Usmon | 1331—1348 |
7 | Abu Annon Foris ibn Ali | 1348—1358 |
8 | Abu Solim Muhammad ibn Foris | 1358—1361 |
9 | Muhammad ibn Yaʼqub | 1361—1366 |
10 | Abdulaziz I | 1366—1372 |
Toj talabgorlari taxt talashishgan | 1372—1384 | |
11 | Muso ibn Foris | 1384—1387 |
12 | Abul Abbos | 1387—1393 |
13 | Abdulaziz II | 1393—1396 |
14 | Abdulloh | 1396—1398 |
15 | Usmon | 1398—1421 |
16 | Abdulhaq | 1421—1465 |
Ichki nizolar tufayli taxt boʻsh turgan | 1465—1472 |
Manbalar
tahrir- ↑ Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. Toshkent: Akademnashr, 2013. 449-bet.
- ↑ Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. Toshkent: Akademnashr, 2013. 450-bet.
- ↑ Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. Toshkent: Akademnashr, 2013. 451-bet.
- ↑ Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. Toshkent: Akademnashr, 2013. 449-450-betlar.