Al-Mugʻiyra ibn Ubaydulloh al-Fazoriy
Al-Mugʻiyra ibn Ubaydauloh ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh ibn Mas’ada al-Fazoriy (arabcha: المغيرة بن عبيد الله بن المغيرة بن عبد الله بن مسعدة الفزاري) (749-yil 27-dekabrda vafot etgan) – 749-yilda 10 oy Umaviylar xalifaligining Misrdagi hokimi.
Al-Mugʻiyra ibn Ubaydulloh al-Fazoriy المغيرة بن عبيد الله الفزاري | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 749 – 749 (10 oy) | |
Hukmdor | Marvon II |
Oʻtmishdoshi | Havsara ibn Suhayl |
Vorisi |
Al-Volid ibn al-Mugʻiyra Abdulmalik ibn Marvon ibn Muso ibn Nusayr |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Bolalari | Abdulloh, al-Volid |
Ota-onasi | Ubaydulloh |
Istiqomat joy(lar)i | Misr |
Al-Mugʻiyra Banu Fazora qabilasidan edi. Al-Kindiy tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u Abdulloh ibn Mas’ada al-Fazoriyning avlodidan boʻlgan[1]. Xalifa Marvon II tomonidan Misrga hokim etib tayinlangan va 749-yilning mart oyida viloyatga kelgan. Oʻgʻli Abdullohni esa oʻzining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shurta boshligʻi qilib tayinlagan. Iskandariyada birmuncha vaqt oʻtkazgandan soʻng, al-Mugʻiyra ham, Abdulloh ham toʻsatdan vafot etgan. Al-Mugʻiyra atigi oʻn oy davomida Misrda hokimlik qilgan. Uning oʻgʻillaridan yana biri al-Volid oʻsha paytda vaqtincha viloyatdagi ishlarni nazorat qilishni oʻz zimmasiga olgan, biroq tez orada uning oʻrniga Marvon tomonidan yangi hokimi sifatida Abdulmalik ibn Marvon tayinlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Al-Kindi 1912.
- ↑ Al-Kindi 1912, ss. 92–93; Ibn Taghribirdi 1929, ss. 314–15.
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Taghribirdi, Jamal al-Din Abu al-Mahasin Yusuf. Nujum al-zahira fi muluk Misr wa'l-Qahira, Volume I (Arabic). Cairo: Dar al-Kutub al-Misriyya, 1929.
- Al-Kindi, Muhammad ibn Yusuf. The Governors and Judges of Egypt (Arabic). Leyden and London: E. J. Brill, 1912.
Oldingisi | Misr hokimi 749 |
Keyingisi |