Mutanna muhofazoti (arabcha: المثنى Al Mutannā) yoki Al Mutanna viloyati Iroqdagi muhofazot. 7-asrda yashagan arab generali Mutanna ibn Xorisa nomi bilan atalgan. Muhofazot mamlakat janubida, Saudiya Arabistoni va Quvayt bilan chegarada joylashgan. Maʼmuriy markazi Samava shahri boʻlib, shahar Iroqdagi eng yuqori qashshoqlik darajasi – 52%ga ega[3].

Mutanna muhofazoti

محافظة المثنى
Muhofazot
Skyline of Mutanna muhofazoti
30°12′0″N 45°21′0″E / 30.20000°N 45.35000°E / 30.20000; 45.35000 G OKoordinatalari: 30°12′0″N 45°21′0″E / 30.20000°N 45.35000°E / 30.20000; 45.35000 G O
Mamlakat Iroq
Maʼmuriy markaz Samava
Hukumat
 • Gubernator Ahmed Manfiy Jude
Maydon 51,740 km2 (19,980 mi²)
Aholisi
 (2024)
835 797[1]
ITI (2017) 0.628[2]
medium
Mutanna muhofazoti xaritada
Mutanna muhofazoti
Mutanna muhofazoti

Tarixi tahrir

Muhofazot 1976-yilgacha hozirgi Najaf va Qodisiyya muhofazotlarini oʻz ichiga olgan Divaniya muhofazoti tarkibiga kirgan.

Samava, ehtimol, Iroq nomining ham manbasi boʻlgan qadimgi ShumerBobil shahri Uruk (oromiycha: Erech)ga juda yaqin joylashgan. Salavka Salavkiylar davlatiga asos solganidan keyin Bobil tanazzulga uchrab, Uruk Bobil janubidagi eng yirik shaharga aylandi. Uruk nomi Bobiliyga (Bobiliya) oʻzgardi. Shahar sobiq poytaxtdan koʻra uzoq vaqt, milodiy 7-asrgacha, saqlanib qolgan.

1991-yil fevral oyida bu yerda Fors koʻrfazi urushi davomida tarixdagi eng yirik tanklar janglaridan biri boʻlmish Norfolk jangi boʻlib oʻtgan[4].

Demografiya tahrir

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1977 215,6—    
1987 315,815+3.89%
1997 436,825+3.30%
2009 683,126+3.80%
2018 814,371+1.97%
Manba: Shahar aholisi[5]

Muhofazot hukumati tahrir

Gubernator: Ahmad Manfiy Jude Gubernator oʻrinbosari: Sami al-Hassaniy Al-Mutanna muhofazot kengashi raisi: Abdulatif al-Hassaniy

Manbalar tahrir

  1. Citypopulation.de
  2. „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  3. „Poverty rate in Nineveh province nearly doubled“ (en). Kirkuknow. Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.
  4. „These were the 6 most massive tank battles in US history“ (2021-yil 16-aprel).
  5. „Population of Governorates“ (en). www.citypopulation.de.