Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) – kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi, taʼlim (maktabdagi oʻrtacha tugallangan oʻqish yillari) va aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻrsatkichlaridan tashkil topgan statistik indeks boʻlib, u mamlakatlarni inson taraqqiyotining toʻrt darajasiga tasniflash uchun qoʻllaniladi. Umr davomiyligi, taʼlim darajasi va xarid qobiliyati pariteti boʻyicha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi milliy daromad yuqori boʻlgan sari, mamlakat HDI boʻyicha yuqoriroq ball oladi. Inson taraqqiyoti indeksi pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Haq tomonidan ishlab chiqilgan va keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Inson taraqqiyoti boʻyicha hisobot byurosi tomonidan mamlakatlar taraqqiyotini oʻlchash uchun qoʻllanila boshlangan[1][2].

World map
Inson taraqqiyoti indeksi toifalarini ifodalovchi jahon xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida 2022-yilda nashr etilgan)
     Juda baland (≥ 0,800)
     Baland (0,700—0,799)
     Oʻrtacha (0,550—0,699)
     Past (≤ 0,549)
     Maʼlumotlar mavjud emas
World map
Inson taraqqiyoti indeksi ballari 0,050 dan oshib borgan mamlakatlar yoki hududlarning jahon xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida, 2022-yilda chop etilgan)
*
  ≥ 0.950
*
  0.900—0.950
*
  0.850—0.899
*
  0.800—0.849
*
  0.750—0.799
*
  0.700—0.749
*
  0.650—0.699
*
  0.600—0.649
*
  0.550—0.599
*
  0.500—0.549
*
  0.450—0.499
*
  0.400—0.449
*
  ≤ 0.399
*
  Maʼlumotlar mavjud emas

2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotida tengsizlikka moslashtirilgan Inson taraqqiyoti indeksi (IHDI) joriy etildi[3].

Indeks Mahbub ul-Haq tomonidan ishlab chiqilgan va Amartya Senning inson imkoniyatlari haqidagi asarlariga asoslangan inson taraqqiyoti yondashuviga tayanadi. Bu yondashuv koʻpincha odamlarning hayotda „boʻlish“ va „qilish“ qobiliyati nuqtai nazaridan ifoda etiladi. Misol uchun, „boʻlish“ deganda yaxshi ovqatlanish, boshpanaga ega boʻlish, sogʻlom boʻlish; „qilish“ deganda esa ishlash, taʼlim olish, ovoz berish, jamiyat hayotida ishtirok etish tushuniladi. Tanlash erkinligi markaziy oʻrinda turadi – diniy sabablarga koʻra roʻza tutib och yurishni tanlagan odam bilan oziq-ovqat sotib olishga qurbi yetmagani yoki mamlakat ocharchilik holatida boʻlgani uchun och qolgan odam oʻrtasida katta farq bor[4].

Indeks aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sof boylik yoki mamlakatdagi tovarlarning nisbiy sifati kabi bir qancha omillarni hisobga olmaydi. Bu holat G7 aʼzolari va boshqa shu kabi eng ilgʻor mamlakatlarning reytingini pasaytiradi[5].

Kelib chiqishi

tahrir

Inson taraqqiyoti indeksining kelib chiqishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Inson taraqqiyoti boʻyicha hisobot byurosi tomonidan ishlab chiqiladigan yillik Inson taraqqiyoti hisobotlarida keltirilgan. Bular 1990-yilda pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Haq tomonidan ishlab chiqilib, joriy etilgan boʻlib, ularning aniq maqsadi „rivojlanish iqtisodiyoti eʼtiborini milliy daromad hisobidan insonlarga yoʻnaltirilgan siyosatga oʻtkazish“ edi. Haq jamoatchilik, olimlar va siyosatchilarni taraqqiyotni nafaqat iqtisodiy yutuqlar, balki inson farovonligining yaxshilanishi orqali ham baholashlari mumkin va zarurligiga ishontirish uchun inson taraqqiyotining sodda va yaxlit koʻrsatkichi kerak, deb hisoblagan[4].

Oʻlchovlar va hisoblash

tahrir

Yangi usul (2010-yildan boshlangan)

tahrir
 
HDIning 1990— va 2021-yillardagi tendensiyasi
  Dunyo
  OECD mamlakatlari
Rivojlanayotgan mamlakatlar:

2010-yil 4-noyabrda chop etilgan (va 2011-yil 10-iyunda yangilangan) 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotida Inson taraqqiyoti indeksi uch oʻlchovni birlashtirgan holda hisoblab chiqilgan[6][7]:

  • Uzoq va sogʻlom hayot: tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi
  • Taʼlim: Oʻrtacha oʻqish yillari va kutilayotgan oʻqish yillari
  • Munosib turmush darajasi: aholi jon boshiga YaIM (xalqaro dollarlarda hisoblangan XQP boʻyicha)

2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotida BMTTD Inson taraqqiyoti indeksini hisoblashning yangi usulidan foydalanishni boshladi. Unga koʻra quyidagi uchta indeks qoʻllanadi:

1. Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi indeksi (LEI)  

Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi 85 yil boʻlsa LEI 1 ga, agar 20 yil boʻlsa 0 ga teng boʻladi.

2. Taʼlim indeksi (EI)  [8]

2.1 Oʻrtacha oʻqish yillari indeksi (MYSI)  [9]
Oʻn besh – bu 2025-yilga moʻljallangan maksimal koʻrsatkich.
2.2 Kutilayotgan oʻqish yillari indeksi (EYSI)  [10]
Oʻn sakkiz – koʻp mamlakatlarda magistr darajasiga erishish yoshi.

3. Daromad indeksi (II)  

Aholi jon boshiga YaIM 75,000 dollar boʻlsa II 1, agar 100 dollar boʻlsa 0 ga teng boʻladi.

Natijada, HDI oldingi uchta normallashtirilgan indekslarning geometrik oʻrtacha koʻrsatkichi ekanligi kelib chiqadi:

 

LE: Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi
MYS: Oʻrtacha oʻqish yillari (yaʼni 25 yosh va undan katta yoshdagi shaxsning rasmiy taʼlimda oʻtkazgan yillari)
EYS: Kutilayotgan oʻqish yillari (yaʼni 18 yoshgacha boʻlgan bolalardan kutilayotgan umumiy oʻqish yillari)
GNIpc: Aholi jon boshiga xarid qobiliyati pariteti boʻyicha yalpi milliy daromad

Eski usul (2010-yilgacha)

tahrir

Inson taraqqiyoti indeksi 2009-yilgi hisobotida oxirgi marta foydalanilgan uchta oʻlchovni birlashtirgan:

  • Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi – inson salomatligi va uzoq umr koʻrish indeksi sifatida
  • Bilim va taʼlim – kattalar savodxonligi darajasi va boshlangʻich, oʻrta hamda oliy oʻquv yurtlariga kirish koeffitsienti sifatida
  • Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning tabiiy logarifmi bilan ifodalangan turmush darajasi
 
HDIning 1975— va 2004-yillardagi tendensiyasi
  OECD
  Yevropa (OECDda emas) va MDH

Ushbu metodologiya BMTTD tomonidan 2011-yilgi hisobotgacha qoʻllangan.

Inson taraqqiyoti indeksini belgilovchi formula Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan eʼlon qilingan[11]. Umuman olganda, 0 dan 1 gacha boʻlgan birliksiz indeksga oʻzgaruvchini almashtirish uchun (aytaylik   ni) quyidagi formuladan foydalaniladi:

  •  

bu yerda   va   oʻzgaruvchi   ning mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan eng past va eng yuqori qiymatlaridir.

Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) quyidagi omillar indekslarining har biri hissa qoʻshgan 1⁄3 nisbat bilan bir xilda oʻlchangan summani ifodalaydi:

  • Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi indeksi =  
  • Taʼlim indeksi =  
    • Kattalar savodxonligi indeksi (ALI) =  
    • Yalpi qabul qilish indeksi (GEI – maktablarda roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar) =  
  • YaIM =  

Inson taraqqiyoti indeksi 2021 (2022-yil hisoboti)

tahrir
 
2010-yildan 2021-yilgacha inson taraqqiyoti indeksining oʻrtacha yillik oʻsishi (2022-yilda nashr etilgan) 
*
  ≥ 1.4 %
*
  1.2 %…1.4 %
*
  1 %…1.2 %
*
  0.8 %…1 %
*
  0.6 %…0.8 %
*
  0.4 %…0.6 %
*
  0.2 %…0.4 %
*
  0 %…0.2 %
*
  −0.5 %…0 %
*
  −1 %…−0.5 %
*
  < −1%
*
  Maʼlumotlar mavjud emas
*

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan 2022-yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti 2022-yil 8-sentyabrda chop etilgan boʻlib, 2021-yilda toʻplangan maʼlumotlar asosidagi Inson taraqqiyoti indeksi qiymatlari hisobini oʻz ichiga oladi.

2021-yilda 1 dan 66 gacha boʻlgan quyidagi mamlakatlar „Inson taraqqiyoti juda yuqori“ mamlakatlar sifatida tasniflangan[12]:

 
Oʻrin Mamlakat HDI
2021-yil maʼlumotlari (2022-yil hisoboti)[12] 2015-yildan oʻzgarish​[13] 2021-yil maʼlumotlari (2022-yil hisoboti)[12] Oʻrtacha yillik oʻsish (2010—2021)[13]
1    Shveysariya 0.962   0.19 %
2   Norvegiya 0.961   0.19 %
3   Islandiya 0.959   0.56 %
4   (3)   Gonkong 0.952   0.44 %
5   (3)   Avstraliya 0.951   0.27 %
6   Daniya 0.948   0.34 %
7   (2)   Shvetsiya 0.947   0.36 %
8   (6)   Irlandiya 0.945   0.40 %
9   (5)   Germaniya 0.942   0.16 %
10   (1)   Niderlandiya 0.941   0.24 %
11   Finlandiya 0.940   0.29 %
12   (1)   Singapur 0.939   0.29 %
13   (2)   Belgiya 0.937   0.25 %
  (3)   Yangi Zelandiya   0.15 %
15   (2)   Kanada 0.936   0.25 %
16   (1)   Lixtenshteyn 0.935   0.22 %
17   (3)   Lyuksemburg 0.930   0.18 %
18   (3)   Birlashgan Qirollik 0.929   0.17 %
19   Yaponiya 0.925   0.27 %
  (3)   Janubiy Koreya   0.35 %
21   (3)   AQSh 0.921   0.10 %
22   Isroil 0.919   0.25 %
23   (4)   Malta 0.918   0.58 %
  (1)   Sloveniya   0.28 %
25   (4)   Avstriya 0.916   0.14 %
26   (9)   Birlashgan Arab Amirliklari 0.911   0.80 %
27   Ispaniya 0.905   0.38 %
28   (3)   Fransiya 0.903   0.27 %
29   (3)   Kipr 0.896   0.41 %
30   (1)   Italiya 0.895   0.13 %
31   (2)   Estoniya 0.890   0.30 %
32   (6)   Chexiya 0.889   0.20 %
33   (2)   Gretsiya 0.887   0.19 %
34   (1)   Polsha 0.876   0.37 %
35   (3)   Bahrayn 0.875   0.73 %
  (1)   Litva   0.35 %
  (2)   Saudiya Arabistoni   0.64 %
38   (2)   Portugaliya 0.866   0.40 %
39   (1)   Latviya 0.863   0.42 %
40   (6)   Andorra 0.858   0.11 %
  (5)   Xorvatiya   0.40 %
42   (1)   Chili 0.855   0.46 %
  (1)   Qatar   0.23 %
44 NA   San Marino 0.853 NA
45   (5)   Slovakiya 0.848   0.09 %
46   (1)   Vengriya 0.846   0.20 %
47   (4)   Argentina 0.842   0.09 %
48   (6)   Turkiya 0.838   1.03 %
49   (3)   Chernogoriya 0.832   0.27 %
50   (1)   Quvayt 0.831   0.20 %
51   (3)   Bruney 0.829   0.01 %
52   (2)   Rossiya 0.822   0.29 %
53   (4)   Ruminiya 0.821   0.16 %
54   (3)   Ummon 0.816   0.32 %
55   (2)   Bagamalar 0.812   0.00 %
56   (4)   Qozogʻiston 0.811   0.51 %
57   (2)   Trinidad va Tobago 0.810   0.23 %
58   (4)   Kosta Rika 0.809   0.43 %
  Urugvay   0.25 %
60   (3)   Belarus 0.808   0.21 %
61   Panama 0.805   0.37 %
62   (1)   Malayziya 0.803   0.39 %
63   (7)   Gruziya 0.802   0.50 %
  (2)   Mavrikiy   0.55 %
  (4)   Serbiya   0.41 %
66   (6)   Tailand 0.800   0.75 %

Avvalgi indekslardagi eng yaxshi davlatlar

tahrir

Quyidagi roʻyxatda har bir yil boʻyicha Inson taraqqiyoti indeksida eng yuqori oʻrinni egallagan mamlakatlar keltirilgan. Roʻyxatda Norvegiya oʻn olti marta, Kanada sakkiz marta, Yaponiya hamda Islandiya ikki marta va Shveysariya esa bir marta eng yuqori oʻrinni egallagan.

Har bir yil boʻyicha HDIning eng yuqori koʻrsatkichiga erishgan mamlakatlar

tahrir

Yil indeks boʻyicha statistik maʼlumotlar olingan vaqt davrini ifodalaydi. Qavslar ichida hisobot chop etilgan yil koʻrsatilgan:

Geografik qamrov

tahrir

Inson taraqqiyoti indeksi oʻzining geografik qamrovini kengaytirdi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidan boʻlgan David Hastings Inson taraqqiyoti indeksini geografik jihatdan 230 dan ortiq iqtisodiyotga kengaytiruvchi hisobotni eʼlon qildi. Biroq BMTTDning 2009-yilgi Inson taraqqiyoti indeksi 182 ta iqtisodiyotni qamrab olgan boʻlsa, 2010-yilgi HDI qamrovi 169 mamlakatgacha kamaydi[14][15].

Manbalar

tahrir
  1. „Human Development Index“. Economic Times. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2017-yil.
  2. „The Human Development concept“. UNDP (2010). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2011-yil.
  3. Human Development Index, „Composite indices – HDI and beyond“, Retrieved 16 January 2021.
  4. 4,0 4,1 Nations. „What is Human Development“. UNDP (2017). — „... human development approach, developed by the economist Mahbub Ul Haq ...'“. 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2017-yil.
  5. The Courier (inglizcha). Commission of the European Communities, 1994. 
  6. Nations. „Human Development Report 2010“. UNDP (4-noyabr 2010-yil). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  7. „Technical notes“. UNDP (2013). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  8. „New method of calculation of Human Development Index (HDI)“ (inglizcha). India Study Channel (1-iyun 2011-yil). 10-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2017-yil.
  9. Mean years of schooling (of adults) (years) is a calculation of the average number of years of education received by people ages 25 and older in their lifetime based on education attainment levels of the population converted into years of schooling based on theoretical duration of each level of education attended. Source: Barro, R. J.; Lee, J.-W. (2010). „A New Data Set of Educational Attainment in the World, 1950–2010“. NBER Working Paper No. 15902. doi:10.3386/w15902. 7 August 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29 July 2011.
  10. (ESYI is a calculation of the number of years a child is expected to attend school, or university, including the years spent on repetition. It is the sum of the age-specific enrollment ratios for primary, secondary, post-secondary non-tertiary and tertiary education and is calculated assuming the prevailing patterns of age-specific enrollment rates were to stay the same throughout the child’s life. Expected years of schooling is capped at 18 years. (Source: UNESCO Institute for Statistics (2010). Correspondence on education indicators. March. Montreal.)
  11. „Definition, Calculator, etc. at UNDP site“. 20-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2020-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 Human Development Report 2021-22: Uncertain Times, Unsettled Lives: Shaping our Future in a Transforming World. United Nations Development Programme, 8-sentabr 2022-yil — 272–276-bet. ISBN 978-9-211-26451-7. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr. 
  13. Hastings. „Filling Gaps in the Human Development Index“. United Nations Economic and Social Commission for Asia and the Pacific, Working Paper WP/09/02 (2009). 2011-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2009-yil.
  14. Hastings. „A "Classic" Human Development Index with 232 Countries“. HumanSecurityIndex.org (2011). 2011-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. Information Note linked to data

Havolalar

tahrir