As-Sayyida al-Muʼiziyya, asosan Durzon nomi bilan tanilgan[1], Fotimiylar xalifasi al-Mu’izning[2] asosiy turmush oʻrtogʻi va Fotimiy imom-xalifasi al-Aziz Billohning onasi[3][4]. Fotimiy meʼmorchiligining birinchi homiysi sifatida tanilgan. Durzon Qohiradagi ikkinchi buyuk Fotimiylar masjidi va Qarafada joylashgan jamoat masjidiga (bugungi kunda mavjud emas) asos solgan[5][6].

Al-Sayyida al-Muʼiziyya
Fotimiylar xalifaligida imom-xalifaning onasi
Hokimiyat tepasida 975–995
Tugʻilishi Mahdia, Tunisia
Vafoti taxminan 995
Cairo, Misr
Turmush oʻrtogʻi Al-Muʼiz li-dinillah
Bolalari Al-Aziz Billoh
Toʻliq nomi
Al-Sayyida al-Muʼiziyya Durzon

Biografiyasi

tahrir

Durzon 955-yilda Tunis sohilidagi Mahdiya shahrida tugʻilgan[7]. Fotimiylar saroyiga qul yoki jariya sifatida olib kelingan. Manbalarga koʻra, Durzon juda chiroyli qoʻshiq aytganligi uchun unga „Tagʻrid“ deya nom berilgan (soʻzma-soʻz'Qushdek kuylovchi')[7]. Fotimiylarning koʻplab manbalari yoʻq qilingan boʻlsa-da, xalifalik homiyligining kengligini tasdiqlovchi moddiy dalillar va adabiy manbalar mavjud.

976-yilda[8] Durzon qizi Sitt al-Mulk bilan Jomiy al-Qarafa masjidini qurish ishlarini boshlagan. U, shuningdek, qasr (saroy), hammom, suv havzasi va maqbara qurilishlariga ham homiylik qilgan[5][9].

Tarixchilar Delia Cortese va Simonetta Calderini Fotimiy ayollarining jamoat vakillari tomonidan foydalaniladigan meʼmorchilik yodgorliklariga homiylik qilishi va Fotimiylar hukmronligining nozik dastlabki bosqichida taqvo, diniy targʻibot va xayriya ishlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼkidlagan.

973-yilda Qohirada xalifalikning yangi qurilgan saroyiga koʻchib oʻtgan[7] Durzon 995-yilda vafot etgan[7]. Manbalarga koʻra, uning vafotidan keyin qizi Sitt al-Malik bir oy motam tutgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Splendour of Fatimid architectural legacy in Egypt remains vibrant“ (en). the.Ismaili (2017-yil 13-fevral). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. Hasan, Masudul. An Introduction to the Study of Islam: 1001 Questions & Answers (en). Ferozsons, 1974 — 121-bet. 
  3. Grabar, Oleg. Muqarnas: An Annual on Islamic Art and Architecture (en). BRILL, 1987 — 16-bet. ISBN 978-90-04-08155-0. 
  4. Bloom, Jonathan M.. Arts of the City Victorious: Islamic Art and Architecture in Fatimid North Africa and Egypt (en). Yale University Press, 2007 — 70-bet. ISBN 978-0-300-13542-8. 
  5. 5,0 5,1 Cortese 2006.
  6. Reassessing the Roles of Women as 'Makers' of Medieval Art and Architecture (en). BRILL, 2012-05-07 — 662-bet. ISBN 978-90-04-22832-0. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Pomerantz & Shahin 2015.
  8. Bloom, Jonathan M. (1986-01-01). "The Mosque of the Qaraf a in Cairo" (en). Muqarnas Online 4 (1): 7–20. doi:10.1163/22118993-90000205. ISSN 0732-2992. https://brill.com/view/journals/muqj/4/1/article-p7_3.xml. 
  9. Bloom, Jonathan M. (1983). "The Mosque of al-Ḥākim in Cairo". Muqarnas 1: 15–36. doi:10.2307/1523069. ISSN 0732-2992. https://www.jstor.org/stable/pdf/1523069.pdf. 

Adabiyotlar

tahrir