Al-Shavi masjidi
Al-Shavi masjidi (arabcha: جامع الشاوي) yoki al-Xatib masjidi (arabcha: جامع الخطيب) nomi bilan ham tanilgan – Bagʻdoddagi masjid, Karx tumanida, Jumhuriya koʻprigi va Dajla daryosi boʻyida joylashgan. U Bagʻdodning mashhur madaniy meros obyektlaridan biri hisoblanadi, arxitekturasi, jumladan, iroqlik usta xattot Hoshem Muhammad al-Bagʻdodiyning ijodiy namunalari bilan ajralib turadi. U „Ahmed Mazhar ash-Shavi“ nomli hoji tomonidan qurilgan va masjid nomi uning ismi bilan atalgan, hamda 1960-yilda vafot etganidan keyin masjid ichiga dafn etilgan. Masjid 1957-yilda qirol Faysal II ishtirokida va Bagʻdodning koʻplab taniqli kishilari, jumladan, ulamolari yigʻilish vaqtida ochilgan va ochilish marosimi oʻsha paytda Bagʻdod televideniyasi orqali namoyish etilgan. Masjid hozirda Sunniy Vaqf idorasi raisligi tomonidan boshqariladi va uni taʼmirlash ishlariga eʼtibor qaratilmay qoʻyilgan[1][2][3].
Masjid | |
Masjid gumbazi va minorasi | |
Mamlakat | Iroq |
Shahar | Bagʻdod |
Koordinatalar | 33°19′31.8″N 44°23′49.6″E / 33.325500°N 44.397111°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meeʼmorchiligi |
Meʼmor | Hoshem Muhammad al-Bagʻdodiy |
Asoschi | Ahmad Mazhar Al-Shavi |
Asosiy sana: 1957-yil
| |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | aktiv |
Al-Shavi masjidi Vikiomborda |
Masjid imomlari orasida Iroqning taniqli huquqshunosi Shayx Hoshem Jamil ham boʻlgan, u ikki yil davomida bu yerda ishlagan va masjidda notiqlik bilan shugʻullangan, vaʼzgoʻy etib tayinlangan[4].
Tavsifi
tahrirAsosiy eshik koʻchaning janubi-gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, u yerda gumbazlar darvoza ustida joylashgan. Ahzob surasi gumbaz atrofida xattot Hoshem Muhammad al-Bagʻdodiy tomonidan kufiy yozuvida yozilgan. Ichkarida masjid ziyoratgohining Kapellasi shakli jihatidan sakkiz qirrali boʻlib, oʻlchami kichikina. Masjidning uzunligi katta boʻlgani uchun ham hovli juda katta[5].
Gumbazning ustiga xattot al-Bagʻdodiy tomonidan yozilgan Qur’on oyatlari bilan bir qatorda quyidagi bitiklar ham yozilgan:
Ushbu masjid Mazhar Bey ibn Ahmad Bey as-Sodiq ash-Shavi tomonidan, Alloh taologa yaqin boʻlish va Uning rizoligini izlash maqsadida meʼmor Ibrohim Solih al-Obaydiy rahbarligi ostida barpo etilgan va hijriy 1372-yilida qurib bitkazilgan[5].
Shuningdek, masjidda imom va muazzin uchun xonalari va eshik yonida, ichkarida quruvchilarning qabri joylashgan xona mavjud[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ahmed Al-Shawy Mosque
- ↑ "The requested page does not exist". Archived from the original on 09-25-2022. View it on 10-16-2022
- ↑ „The genius of Arabic calligraphy Hashem Muhammad al-Baghdadi, 2014“. 2023-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
- ↑ „هاشم جميل“. areq.net. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 جامع الشاوي