Al Ubaydiy
Al Ubaydiy (yoki Al Obaydiy[1]) Iroqning Al Anbar muhofazotidagi shaharcha.
Al Ubaydiy | |
---|---|
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Al Anbar muhofazoti |
Tuman | Al-Qoyim tumani |
Vaqt mintaqasi | UTCGMT +3 |
Pochta indeks(lar)i | 31017 |
Iroqdagi ushbu shaharcha Furot daryosining janubiy qirgʻogʻida, Suriya chegarasi yaqinida joylashgan. Hudud Al-Qoyim tarkibidagi kichik tuman boʻlib, Yangi Ubaydiy va Eski Ubaydiy, shuningdek, Furot daryosining sharqidagi bir qancha kichik qishloqlarni oʻz ichiga oladi.
Iroq urushi vaqtida shaharchani Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari patrul qilgan. Hududda oldinga harakat qilish bazasi, AQSh harbiy bazasi va bir nechta jangovar pozitsiyalar joylashtirilgan[2].
AQSh dengiz piyodalari va Iroq armiyasi boʻlinmalari isyonchilar shahri tozalangan Poʻlat parda operatsiyasidan soʻng, shahar koʻchalarini Iroq armiyasi va dengiz piyoda kuchlari qoʻriqlay boshladi.
Eski Ubaydiy mintaqadagi koalitsiya kuchlari bilan ochiq hamkorlik qilgan va isyonchilarga qarshi kurashgan birinchi qabila Al-Bu Mahal qabilasining tayanchi boʻlgan. Yangi Ubaydiy zamonaviy uslubdagi shahar boʻlib, rejalashtirish asosida qurilgan. U Ubaydiyning janubi-gʻarbida joylashgan Al Qoyim fosfat zavodi ishchilari uchun qurilgan. Ubaydiy tarkibiga kiradigan sharqdagi qishloqlarda Mahal, Raviy va Salmoniy kabi qabilalar aralash yashaydi. Bu qishloqlarda asosan dehqonlar va baliqchilar yashaydi.
Ubaydiyda shahar kengashi, meri va doimiy ishlaydigan politsiya kuchi mavjud.
2014-yilda shaharni IShID kuchlari egallab olgan[3]. Iroq armiyasi kuchlari 2017-yil noyabrda shaharni qayta egallagan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Les forces irakiennes libèrent le village d’al-Obaidi de l’emprise de Daech“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
- ↑ „U.S. Marines, assigned to the 3rd Battalion, 2nd Marine Regiment, secure the bridge at Al Ubaydi for the convoy from Al Qa'im during Operation Matador.“ (en). U.S. NAVY (2005-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
- ↑ „Syrian refugees adapt to life in Iraqi U.N. camp controlled by Islamic State“ (en). Reuters (2015-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
Vikiomborda Al Ubaydiy haqida turkum mavjud |