Aldan togʻligi — Sharqiy Sibirdagi togʻlik, Saxa (Yakutiya)ning jan,da. Stanovoy tizmasidan shim.roqda, Olyokma va Uchur daryolari oraligʻida, oʻrtacha bal. 800-1000 m boʻlgan yassi qirlar koʻp, ularning orasidan bal. 1400-2000 m keladigan ayrim-ayrim togʻ tizmalari (maksimal bal. 2306 m) kutarilib turadi. Asosan arxey va pro-terozoy gneyslari va kristalli sla-neslardan tuzilgan. 1100-1300 m ba-landlikkacha qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari va togʻ tilogʻoch taygasi, undan yuqorida kedr chakalaklari uchraydi. Yalangoch togʻ tepalari toshloq tundra. Temir rudasi, toshkoʻmir, slyuda, oltin konlari bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil