Aldar koʻsa
(Aldar Koʻsadan yoʻnaltirildi)
Aldar koʻsa – turkiy xalqlar ertaklaridagi toʻqima obraz. Aldar koʻsa qozoq, oʻzbek, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar satirik ertaklarida hayotiy koʻlamda taʼriflanadi, tarixiy shaxs emas. Aldar koʻsa anʼanaviy, qadriyat obraz boʻlib, urugʻ, qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Koʻsa atamasi ikki xil maʼnoni: biri – oila, urugʻ, qabila boshligʻini ikkinchisi dahanida bir tuki yoʻq erkak kishini anglatadi. Aldar – ismi, koʻsa – laqabi. Aldar koʻsa ertaklarda asosan ijobiy, baʼzan salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi. U oʻta aqlli, tadbirkor, ayyor va ustomon. Aldar koʻsa salbiy sifatga ega obrazligi keyingi davr xalq ogʻzaki ijodi namunalariga xos[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |