Aldar ko'sa va devlar
Asosiy maʼlumotlar
Janr Ertak, xalq ertagi
Muallif Xalq, xalq ogʻzaki ijodi
Orginal tili Turkiy tilLar
Aldar ko'sa va devlar Vikiomborda

Aldar koʻsa va devlar

tahrir

Aldar koʻsa va devlar- oʻzbek xalq ertagi boʻlib[1], bosh qahramoni Aldar koʻsadir. Aldar koʻsa – oʻzbek xalq ertaklarida uchraydigan qahramon. Turkiy xalqlar folkloridagi toʻqima obraz. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar maishiy-satirik ertaklarida tarixiy boʻlmagan shaxs hisoblanadi. Aldar koʻsa obrazi anʼanaviy, qadimiy obraz boʻlib, urugʻ va qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Koʻsa atamasi ikki xil maʼnoni: biri – oila, urugʻ, qabila boshligʻini; ikkinchisi – dahanida bir tuki yoʻq erkak kishini anglatadi. Aldar ismi hisoblanadi, koʻsa – laqabi. Aldar koʻsa ertaklarda asosan ijobiy, baʼzan salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi. Aldar koʻsaning oʻta aqllilik, tadbirkorlik, ayyorlik va uddaburonlik xislatlari mashhur[2]. Aldar koʻsa obrazi haqida multfilimlar mavjud[3][4].

Ertak syujeti

tahrir

Bir kuni odamlar Aldar koʻsani oldiga devlardan arz qilib kelishadi. Aldar koʻsani jasur deb bilgan odamlar, ularni devlardan xalos qilishlarini Aldar koʻsadan soʻrashadi. Koʻchada kerilib yurgan Aldar koʻsa esa dev nomini eshitishi bilan qoʻrquvga tushadi, lekin odamlarga bildirmaydi. Ertasi kuni opasidan xabar olgani qoʻshni qishloqqa borayotgan Aldar koʻsa oʻzi bilan bir koʻza qatiq olib boradi. Yoʻlda Aldar koʻsa bir arqon, bir dona qush tuxumi ham topib oladi, yana yoʻl yurib bir toshbaqa topib oladi va kissasiga uni ham joylashtirib ketadi. Sal yurib yoʻlda uning oldidan haqiqiy dev chiqib qoladi. Lekin Aldar koʻsa pinagini buzmaydi, qoʻrqqanligini bildirmaydi. Dev Aldar koʻsani yemoqchi boʻlib turganida, Aldar koʻsa devga Azroil ekanligini, devning jonini olishga atay kelganligini aytadi. Shunda dev Aldar koʻsa ustidan kuladi. Aldar koʻsa esa unga bellashuv taklif qiladi. Kim kuchli boʻlsa, oʻz kuchini yerning miyasini urib chiqarish bilan isbotlashi kerak boʻladi. Dev yerga urganda, yer gumburllab chuqur hosil qiladi. Aldar koʻsa esa yerdagi bir koʻza qatigʻiga uradi. Qatiqni yerning miyasi deb oʻylagan dev yana bellashuvni davom etishni soʻraydi. Endi har ikkalasi toshdan moy chiqarishi kerak boʻladi. Dev katta toshni har qancha maydalasa ham moyini chiqara olmaydi. Aldar koʻsa esa yana hiyla ishlatib yoʻlda topib olgan tuxumni ezgilaydi va buni devga koʻrsatadi. Dev yana hiylaga ishonib qoladi. Keyin esa Aldar koʻsa devga loydan ip yasab olishni taklif qiladi. Dev bu shartni ham uddalay olmaydi. Aldar koʻsa esa osonlikcha yoʻlda topib olgan arqonini koʻrsatadi. Shunda dev taslim boʻlib, Aldar koʻsani oʻz gʻoriga mehmonga taklif qiladi. Aldar koʻsa battar qoʻrqib ketadi, lekin bildirmaydi. Gʻorda koʻplab devlar uni kutib olishadi, mehmon qilishadi. Keyin devlar Aldar koʻsaga togʻlarni uloqtirish oʻyinini taklif qilishadi. Aldar koʻsa rozi boʻlib uzoq oʻylanib qoladi. Buning sababini soʻragan devlarga quydagicha javob beradi: Agar bu tomonga togʻni uloqtirsam, sharqqa borib quyosh chiqishini toʻsib qoyadi, hammayoq zimiston boʻlib qoladi. Agar qarama-qarshi tomonga togʻni otsam quyosh bota olmaydi va hammayoq kuyib ketadi. Agar janubga uloqtirsam issiq shamolni, agar shimolga uloqtirsam sovuq shamolni toʻsib qoʻyaman. Agar pastga qaratib uloqtirsam yer tushib ketadi, tepaga otsam osmon tushib ketadi. Qayerga otishga ham hayronman? Shunda devlar uning bu oʻyinni oʻynamasligini, hammalari eson-omon yurishlari uchun togʻlarni uloqtirmasligini iltimos qilishadi. Kechasi uyquda yotgan Aldar koʻsani devlr oʻldirmoqchi boʻlishadi. Aldar koʻsa buni sezib yashirinib oladi. Devlar u yotgan yotoqni boplap doʻpposlagach uyquga ketishadi. Ertalab ularni Aldar koʻsa uygʻotganini koʻrishgach rossa qoʻrqib ketishadi va sovgʻa-salom bilan Aldar koʻsani uyigacha kuzatib qoʻyishadi. Qaytib kelayotgan devlarni koʻrgan qishloq mullasi ularga Aldar koʻsa ularni aldaganini aytib ular bilan birga qaytadi. Bularni qaytayotganli koʻrib qolgan Aldar koʻsa mullaga qarab: „Hoy insofsiz, mendan 10 ta dev qarzga olib, bor-yogʻi 3 tasini qaytarayapsanmi?“ deb baqiradi. Bu gaplarni eshitgan devlar tumtarakay boʻlishadi. Shundan keyin qishloq odamlarini bezovta qilishmaydi[5].

Ertakning tarbiyaviy ahamiyati

tahrir

Ertakning tarbiyaviy ahamiyati odamlarda jasurlik, uddaburonlik, chaqqonlik, ayyorlik kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat. Aldar koʻsa oʻzining hiylalari, ishbilarmonligi va hozirjavobligi tufayli oʻz jonini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. Shu oʻrinda „Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir“, „Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinur“, „Mard xotinin qaritmas, botir otin xoritmas“[6] kabi iboralarini qoʻllash mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. https://milliycha.uz/kr/aldar-kosa/\ALDAR[sayt ishlamaydi] KOʻSA Admin 29.10.2021
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. http://multfilmlar.uz/216-aldar-kosa-uzbek-tilida-multfilm-1966-ozbek-tarjima-kino-hd.htmlc[sayt ishlamaydi]
  4. „Aldar kosa Multfilm“.
  5. https://skazkufentazu.ru/uz-bek-skie-na-rod-nye-skaz-ki/al-dar-ku-sa-i-vo-ry.html
  6. Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov. (o'zbek tili) Toshkent: . O'zbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1990 — 524-bet.