Alejandro Pozuelo Futbol
Umumiy maʼlumotlari  
Ism sharifi Alejandro Pozuelo Melero
Tugʻilgan 20-sentabr 1991-yosh(1991-09-20)[1][2][3]

(31 yosh)

Sevilya, Ispaniya

Fuqaroligi
Boʻyi       170 cm
Vazni      63 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi                
Klub Flag SShA Inter Miami
Nomer 8
Yoshlar klublari
2006—2013 Flag Ispanii Betis
Klublardagi  faoliyati
2011—2013 Flag Ispanii Betis 29 (3)
2010—2012 Flag Ispanii Betis B 42 (16)
2013—2014 Flag Anglii Swansea City 22 (0)
2014—2015 Flag Ispanii Rayo Vallecano 11 (0)
2015—2019 Flag Belgii Genk 133 (21)
2019—2022 Flag Kanadi Toronto 88 (26)
2022—h. v. Flag SShA Inter Miami 8 (2)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Alejandro Pozuelo Melero (talaffuzi: Alexandro Pozuelo Melero) 1991-yil 20-sentabrda Sevilyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Inter Miami“ klubining hujumkor yarim himoyachisi.

Faoliyati tahrir

Alejandro Pozuelo Melero oʻz shahrining „Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yilning 2-oktabr kuni u La Ligadagi debyutini „Levante“ga qarshi o‘tkazdi[4]. 18-dekabr kuni „Atletico Madrid“ga qarshi oʻyinda Alejandro Pozuelo Melero „Real Betis“ safidagi ilk golini urdi[5].

2013-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero UelsningSwansea City“ klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi[6]. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi. 25-avgust kuni Tottenhamga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi[7].

2014-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero oʻz vataniga qaytib, „Rayo Vallecano“ futbolchisiga aylandi[8]. 14-sentabr kuni „Elche“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[9].

2015-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Belgiyaning „Genk“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. 18-sentyabr kuni „Mechelen“ga qarshi oʻyinda u Yupiler ligasida debyut qildi[11]. 2016-yilning 13-martida „Ostend“ga qarshi kechgan bahsda Alejandro Pozuelo Melero „Genk“ safida ilk golini urdi[12]. 2017-yilning 23-fevralida Yevropa ligasi doirasida Ruminiyaning „Astra“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urdi[13]. 2018-yilning 29-noyabr kuni Alejandro Pozuelo Melero Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Malmyo“ klubiga qarshi o‘yinda gol urdi[14].

2022-yil 7-iyulda Alejandro Pozuelo Melero „Inter Miami“ga 150 000 dollarga sotildi[15][16][17]. U 16-iyul kuni „Inter Miami“da „Sharlotta“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[18]. 13-avgust kuni „New York City“ga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ safidagi ilk gollarini dubl bilan urdi[19].

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Real Betis Balompié "B"   Ispaniya 2010-2012 42 16
Real Betis Balompié   Ispaniya 2011-2013 33 3
Swansea City   Ruminiya 2013-2014 36 2
Rayo Vallecano   Ispaniya 2014-2015 13 1
K. R. C. Genk   Belgiya 2015-2019 175 25
Toronto F. C.   Kanada 2019-2022 27 11
Inter de Miami   AQSh 2022-

Manbalar tahrir

  1. Alejandro Pozuelo // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Alejandro Pozuelo Melero // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  3. POZUELO alejandro melero // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. „Реал Бетис VS. Леванте 0:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 2-oktyabr). 2018-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  5. „Атлетико Мадрид VS. Реал Бетис 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 18-dekabr). 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  6. „Swansea City sign Alejandro Pozuelo from Real Betis“ (en). BBC Sport (2013-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  7. „Тоттенхэм Хотспур VS. Суонси Сити 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-avgust). 2018-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  8. „Pozuelo completes Rayo Vallecano switch“ (en). Swansea City (2014-yil 24-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  9. „Райо Вальекано VS. Эльче 2:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-sentyabr). 2018-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  10. „Pozuelo ficha por el Genk“ (es). Marca (31/08/15). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.
  11. „Генк VS. Мехелен 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-sentyabr). 2018-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  12. „Генк VS. Остенде 4:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-mart). 2018-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  13. „Генк VS. Астра 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-fevral). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  14. „Мальмё VS. Генк 2:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 29-noyabr). 2018-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  15. Jonathan Sigal. „Inter Miami acquire former MLS MVP Alejandro Pozuelo in trade with Toronto FC“ (en). MLSsoccer.com (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  16. „Inter Miami CF Acquires 2020 MLS MVP Alejandro Pozuelo“ (en). Inter Miami CF (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  17. „Toronto FC trade Alejandro Pozuelo to Inter Miami CF for guaranteed and conditional allocation money“ (en). Toronto FC (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  18. Mauricio Venegas, Michael Franca. „MATCH RECAP: Inter Miami CF Earns Late Win Over Charlotte FC“ (en). Inter Miami CF (2022-yil 16-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  19. Michael Franca. „MATCH RECAP: Inter Miami CF Earns Crucial 3-2 Home Win Over New York City FC“ (en). Inter Miami CF (2022-yil 13-avgust). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.