Aleksandr Hartmann Bah (9-dekabr 1997-yilda tavallud topgan) - Daniyalik professional futbolchi, u Primeira Liga klubi bo'lgan Benficada va Daniya milliy jamoasida to'p suradi.

Alexander Bah
Bah Benfika jamoasi uchun 2022-yildan beri o'ynamoqda Benfica
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexander Hartmann Bah[1]
Tavallud sanasi 9-dekabr 1997-yil (1997-12-09) (26 yosh)
Tavallud joyi Årslev, Denmark
Boʻyi 1.83 m[2]
Ampluasi o'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Benfica
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998–2011 Aarslev Boldklub
2011–2013 B 1913
2013–2014 Næsby
2014–2015 Ikast FS
2015–2016 Næsby
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Næsby 17 (0)
2016–2018 HB Køge 59 (8)
2018–2020 SønderjyskE 58 (6)
2021–2022 Slavia Prague 43 (4)
2022– Benfica 47 (3)
Milliy terma jamoa
2017 Denmark U20 4 (0)
2018–2019 Denmark U21 2 (0)
2020– Denmark 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (19-iyun uchun)

Næsby yoshlar akademiyasidan kelganidan so'ng, u 2016-yilda asosiy tarkibga ko'tarildi va keyinchalik Daniyalik HB Køge jamoasida o'z faoliyatini davom ettirdi va Daniya Superligasidagi SønderjyskE jamoasi bilan ikki yil o'tkazdi. 2021-yil yanvar oyida Bah Slavia Praga jamoasi tarkibiga qo'shildi, u erda u 2021 -yilda Chexiya birinchi ligasi va Chexiya kubogini qo'lga kiritdi va 2022-yilda Chexiya birinchi ligasi mavsum himoyachisi deb topildi, so'ngra 8 million yevro evaziga Benficaga o'tdi.

Daniyaning turli klublarida to'p surib, tajriba orttirganidan so'ng, Bah 2020-yil noyabr oyida birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiriladi. U Shvetsiyaga qarshi xalqaro debyutida gol urdi va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida jamoa tarkibida ishtirok etdi.

Futbolchi hayoti

tahrir

Bah Daniyaning Funen orolidagi Årslevda tug'ilgan, kelib chiqishi Daniyalik va Gambiyaliklar bilan bog'liq[3][4]. O'z o'qishini Ikast shaxridagi ISI Idrætsefterskoleda boshladi, u erda u mahalliy Ikast FS jamoasi tarkibida o'ynadi [5][6].

Klubdagi faoliyat

tahrir

Faoliyatini boshlanishi

tahrir

Bah futbol karyerasini mahalliy klub Aarslev Boldklubda boshladi[7], u yerda u B 1913 jamoasiga qo'shilgunicha bo'lgan o'n yil muddat ichida o'ynadi[8][9]. U uch yil o'tgach, 2013-yilning bahorida Næsby Boldklub klubiga qo'shildi, chunki klub Bahga o'xshagan yosh iste'dot egalarini yig'ishi va ularni yaxshi futbolchi qilib yetishtirishi bilan mashhur edi[10]. Bundan tashqari, uning yoshlik murabbiyi Andreas Bech ham Næsby Boldklubga o'tdi, bu ham Bahning bu klubni tanlashiga muhim omil bo'ldi. 2014-2015- yillarda Ikastdagi ISI Idrætsefterskoleni tugatganidan so'ng, u Næsbyga qaytdi [11].

Næsby Boldklub

tahrir

Bah 2016-yilning bahorida Næsby Boldklub klubining asosiy tarkibida o'ynay boshladi va muhlislarda yaxshi ta'surot uyg'otdi [10]. U mavsumning birinchi uch o'yinida zahiradan maydong atusha boshladi,bu bilan u ikkinchi tarkib o'yinchisi vazifasida qolib ketayotgandi. U 2016-yil 2-aprel kuni Avarta jamoasiga qarshi o'zining to'rtinchi o'yinida birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va Næsby o'z uy stadioni bo'lgan ALPI Arena Næsbyda 4-0 hisobida zafar quchdi[12]. U 2016-yil bahorida asosiy tarkib o'yinchisi sifatida maydonga tusha boshladi, u Daniya ikkinchi diviziyasida jami 16 marta maydonga tushib, oltita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

HB Køge

tahrir

2016-yilning avgust oyida Bah HB Køge jamoasiga transfer qilinganini e'lon qilindi va u klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi [13]. Bah klub safidagi debyutini Daniya kubogida jamoaning asosiy tarkib o'yinchisi sifatida o'tkazdi, jamoasi 0-2 hisobida Karlslunde IF ustidan g'alaba qozongan o'yinda 60-daqiqagacha jamoasi uchun maydonda harakat qildi, undan so'ng o'rnini Ahmed Hassanga bo'shatib berdi. 2017-yil noyabr oyida u hakamlar hayati tomonidan "Yilning talanti" deb topildi , shuningdek, "Danske Bank mukofoti"ga ham sazovor bo'ldi[14].

SønderjyskE

tahrir

2018-yil 7-avgust kuni Bah Daniya Superliga klubi hisoblangan SønderjyskE bilan besh yillik shartnoma imzoladi [15] [16]. U klubga o'ng qanot hujumchisi sifatida kelgan, ammo o'ng qanot xujumdan ham ko'ra orqaroqda ko'proq yaxshi o'yin ko'rsatgan, bu use uni, SønderjyskEni Daniya kubokining qo'lga kiritishiga va Daniya milliy jamoasida xalqaro musobaqalarda asosiy tarkibda maydonga tushishiga katta hissa qo'shdi.. U 2020-yil noyabr oyida Superliganing oy o'yinchisi nomzodlari orasida edi, ammo mukofot Brøndby IF klubi a'zosi Jesper Lindstrøm berildi [17].

Benfica

tahrir

2022-yil 7-iyun kuni Bah Primeira Liga jamoasi Benfica bilan 8 million yevrolik evaziga besh yillik shartnoma imzoladi va klubda o'zining sobiq jamoadoshi bo'lgan Petar Musa bilan bir safda to'p sura boshladi[18][19]. U klubda 5-avgust kuni debyutini qildi, Gilbertoning o'rniga 63-daqiqada Primeira Liga doirasidagi Arouca ustidan mehmondagi g'alabada Rafa Silvaga golli uzatma beradi va o'yinni 4-0 hisobida yakunlanishiga sababchi bo'ladi[20].

Futbolchining statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqa bo'yicha ko'rinish va gollar
Klub Moshba Liqa Milliy Kubog Liga kubogi Kontinental Boshqa Umumiy
Liga O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Næsby 2015–16 Daniya ikkinchi diviziyasi 16 0 0 0 16 0
2016–17 Daniya ikkinchi diviziyasi 1 0 0 0 1 0
Umumiy 17 0 0 0 17 0
HB Køge 2016–17 Daniya birinchi diviziyasi 27 4 4 0 31 4
2017–18 Daniya birinchi diviziyasi 30 3 3 1 33 4
2018–19 Daniya birinchi diviziyasi 2 1 0 0 2 1
Umumiy 59 8 7 1 66 9
SønderjyskE 2018–19 Daniya Superliga 21 2 3 1 2 0 26 3
2019–20 Daniya Superliga 29 1 5 0 34 1
2020–21 Daniya Superliga 12 4 0 0 1 0 13 4
Umumiy 62 7 8 1 1 0 2 0 73 8
Slavia Praga 2020–21 Chexiya birinchi ligasi 17 1 3 0 6 0 26 1
2021–22 Chexiya birinchi ligasi 26 3 1 0 15 3 42 6
Umumiy 43 4 4 0 21 3 0 0 68 7
Benfica 2022–23 Primeira Liga 28 1 3 0 1 0 10 0 42 1
2023–24 Primeira Liga 19 2 3 0 0 0 9 0 1 0 32 2
Umumiy 47 3 6 0 1 0 19 0 1 0 74 3
Umumiy faoliyati 228 22 25 2 1 0 41 3 3 0 298 27

Xalqaro

tahrir
2023-yil 19-iyungacha bo'lgan ma'lumotlar asosida
Milliy jamoadagi uchrashuvlar va gollar soni
Milliy jamoa Yil O'yinlar Gollar
Daniya 2020 1 1
2021 1 0
2022 4 0
2023 3 0
Umumiy 9 1
List of international goals scored by Alexander Bah
No. Date Venue Cap Opponent Score Result Competition
1 11 November 2020 Brøndby Stadium, Brøndbyvester, Denmark 1   Shvetsiya 2–0 2–0 O'rtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

tahrir

SønderjyskE

  • Daniya kubogi: 2019-20[21]

Slavia Praga

  • Chexiya birinchi ligasi: 2020-21[22]
  • Chexiya kubogi: 2020-21[23]

Benfica

  • Primeira Liga: 2022-23[24]
  • Supertaça Cândido de Oliveira: 2023[25]

Shaxsiy

  • Daniya 1-diviziyasining Yilning iste'dodlari: 2017[26]
  • Chexiya birinchi ligasi mavsum himoyachisi: 2022

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Denmark (DEN)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „Bah“. S.L. Benfica. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  3. Kragh Iversen, Jens. „Bah hat noch keine Eile“ (da). Der Nordschleswiger (2019-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  4. Dalgaard. „18-årige Bah i HB Køge: Vil være stamspiller hurtigst muligt“ (2016-yil 12-sentyabr).
  5. „Det siger tidligere elever“ (da). isi.dk. ISI Idrætsefterskole. — „"Jeg valgte ISI på grund af skolens gode omdømme i forhold til at udvikle fodboldspillere og alle de gode faciliteter – både sportsligt og som efterskolelev."“. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  6. „Ikast FS - Aabenraa BK“. dbu.dk. Danish Football Association. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  7. Abildtrup, Niels. „Årslev stolt over Bahs debut“ (da). Fyens Stiftstidende (2018-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  8. „Alexander Bah: På vej mod store eventyr“ (da). Næsby Boldklub (2021-yil 24-yanvar).
  9. Abildtrup, Niels. „Gang i sagerne og sang i gaderne i fynsk fodbold - Dalum og OKS størst, mens OB på Ærø kæmper hårdt“ (da). Fyns Amts Avis (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Interview med Alexander Bah“ (da). Næsby Boldklub (2018-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  11. „Alexander Bah, um dinamarquês que vem de Praga para ser a nova solução do Benfica para um problema antigo“ (pt). Observador (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  12. „Næsby - Avarta, 2. Division Nedrykningsspil 2015/2016“. bold.dk. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  13. Larsen, Michael Patrick. „HB Køge henter Bah i Næsby“ (da). D'Bold (2016-yil 10-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  14. „Alexander Bah, um dinamarquês que vem de Praga para ser a nova solução do Benfica para um problema antigo“ (pt). Observador (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  15. Ravn, Jacob. „SønderjyskE henter profil i HB Køge“ (da). SønderjyskE Fodbold (2018-yil 7-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  16. Møller Karlsen, Nanna. „SønderjyskE snupper Alexander Bah“ (da). bold.dk (2018-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  17. Dehn, Anders. „Brøndby-bombere og Bah: Her er de nominerede til Superliga-pris“ (da). Tipsbladet (2020-yil 2-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.
  18. „Alexander Bah is a Benfica player!“. S.L. Benfica (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  19. „Águias Confirmam Contratação de Bah“ (pt). A Bola (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  20. „Rafa bisa frente ao Arouca“. A Bola (2022-yil 5-avgust).
  21. „SønderjyskE vinder Sydbank Pokalen efter dramatisk finale“ (da). TV3 Sport (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  22. „Návrat ztracených synů! Souček, Coufal, Král či Škoda budou čestnými hosty při předání poháru Slavii“. Ruik (2021-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  23. „Viktoria Plzen vs. Slavia Praha“. Soccerway (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  24. Kundert. „Benfica crowned champions of Portugal“. PortuGOAL (2023-yil 27-may). Qaraldi: 2023-yil 27-may.
  25. Vaza. „Benfica soube mudar para ganhar a Supertaça“ (pt). Público (2023-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  26. „Alexander Bah, um dinamarquês que vem de Praga para ser a nova solução do Benfica para um problema antigo“ (pt). Observador (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.

Tashqi linklar

tahrir