Aleksandr Miller

rus diplomati, sharqshunos, sobiq davlat maslahatchisi.

Aleksandr Yakovlevich Miller (1868-yilda tugʻilgan — 1940-yil 16-mart, Levallois-Perret, Fransiyada vafot etgan) — rus diplomati, sharqshunos, sobiq davlat maslahatchisi.

Aleksandr Yakovlevich Miller
 Buxoro amirligida siyosiy agent-
Mansab davri
1916-yil – 1917-yil
Monarx Nikolay II
Oʻtmishdoshi Aleksey Belyayev
Vorisi Lavozim bekor qilingan
 Rossiya imperiyasining Ulan-Batordagi bosh konsuli-
Mansab davri
1915-yil – 1916-yil
Monarx Nikolay II
Oʻtmishdoshi Vladimir Lyuba
Vorisi Arkadiy Orlov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1868-yil
Vafoti 1940-yil 16-mart
Levallois-Perret

Tarjimayi holi tahrir

Aleksandr shifokor oilasida tugʻilgan[1][2]. 1893-yildan boshlab tashqi ishlar vazirligida xizmat faoliyatini olib borgan.

1894—1899-yillarda Buxoroda siyosiy idoraning dragomani, 18991905-yillarda Seyistonda vitse-konsul, 1906-yilda Tehronda dragomanning birinchi missiyasi, 1907—1908-yillarda Liverpulda konsul, 1908—1910-yillarda Astrabadda konsul, 1910-yil oktyabr — 1913-yil yanvarda Tabrizda bosh konsul, 19131915-yillarda Ulan-Batorda diplomatik agent (Mo'g'uliston), 1915—1916-yillarda Ulan-Batorda bosh konsul sifatida faoliyat olib borgan. 1916-yil mart oyidan boshlab Buxoro amirligida istiqomat qilgan. 1916-yil oktyabridan Buxoro amirligida siyosiy agent sifatida oʻz xizmat faoliyatini oʻtay boshlagan.

U 1917-yilning mart oyida Buxoro amirligining siyosiy muxtoriyat maqomini buzmagan holda amalga oshirgan islohot loyihasining tashabbuskori va rahbari edi. Diplomat oʻsha yilning apreligacha rahbar lavozimda qolgan.

Fuqarolar urushi davrida Yager polki safida, Rossiya Janubiy Qurolli Kuchlarida (RJQK) va Rossiya armiyasida Qrim evakuatsiyasiga qadar koʻngilli askar sifatida xizmat qilgan. Evakuvatsiya jarayoni „Buyuk Gersog Aleksandr Mixaylovich“ kemasida amalga oshirilgan. Fransiyada muhojir, Afg'onistonda elchixona tarjimoni, shuningdek Yager polkining qutqaruvchilar assotsiatsiyasi aʼzosi. U imperator Nikolay II xotirasiga bagʻishlangan Zelotlar ittifoqining rasmiy aʼzolaridan biri boʻlgan. 1926- va 1927-yillarda Parijdagi Sharqni oʻrganish boʻyicha Rossiya jamiyatining yigʻilishlarida maʼruzalar oʻqigan. 1927-yilda Sharqshunoslar jamiyati majlisining raisi sifatida tayinlangan[3] .

Aleksandr Miller Osiyo mamlakatlari tarixiga oid qator asarlar muallifi hisoblanadi. U 1940-yilning 16 mart sanasida Parij yaqinidagi Levallois-Perretda vafot etgan[3]. Uning singlisi Natalya (1875—1962)[2] mashhur moʻgʻul olimi A. Simukovning onasidir[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Симуков А. Д. Труды о Монголии и для Монголии Том 3 (часть 2). // Senri Ethnological Reports, 75“. 2014-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  2. 2,0 2,1 Симукова Н. А. Андрей Дмитриевич Симуков, жизнь и труды.“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  3. 3,0 3,1 Российское зарубежье во Франции 2010.

Adabiyotlar tahrir

  • Miller Aleksandr Yakovlevich // Rossiyskoe zarubeje vo Fransii, 1919—2000 : biogr. slov. : v 3 t. / pod obщ. red. L. Mnuxina, M. Avril, V. Losskoy. — M. : Nauka : Dom-muzey Marini Tsvetaevoy, 2010. — T. 2 : L—R. — S. 186. — 684 s. — 1000 ekz. — ISBN 978-5-02-036267-3. — ISBN 978-5-02-036896-5 ; ISBN 978-5-93015-115-2(t. 2).
  • Aleksandr Yakovlevich Miller 1868—1940
  • Buxara v 1917 godu. Dokumenti // Krasniy arxiv. — 1927, № 1.
  • Shoxrat Kadirov. Rossiysko-turkestanskiy istoricheskiy slovar. Tom 2. Oslo, 2004. (Rukopis).
  • Nekrolog // Poslednie novosti. Parij, 1940. — 17 marta. — № 6929.