Aleksandr Vyacheslavovich Shadrin (1988-yil 4-sentabr, Muborak, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2014 -yil 21-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — rus millatiga mansub oʻzbek futbolchisi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi.

Aleksandr Shadrin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1988-yil
Tavallud joyi Muborak, USSR, SSSR
Vafot sanasi 21-iyun 2014-yil(2014-06-21)
(25 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Ampluasi Hujumchi

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 23-iyun uchun)

Faoliyati tahrir

Aleksandr Shadrin professional faoliyatini 2006-yilda „ Mash’al“ jamoasi tarkibida boshlagan. Shadrin „Gasoviks“ tarkibida oraliqda uch mavsum oʻynagan va shu vaqt ichida u 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2011-yilning bahorida u Namanganning " Navbahor " klubiga oʻtgan va mavsum davomida oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan. Shadrinning „Navbahor“dagi oʻyini chogʻida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari, xususan, Vadim Abramov eʼtiborini unga qaratgan.

2012-yil boshida Aleksandr Shadrin Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu uning faoliyatidagi soʻnggi klubi boʻlgan. „Lokomotiv“ tarkibida u ikki yarim mavsumda oʻttiz yettita oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2011-yil 1-iyun kuni Aleksandr Shadrin futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2012-yilning 29-fevral kuni terma jamoadagi soʻnggi oʻyinida 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida Yaponiya terma jamoasi darvozasiga birinchi va soʻnggi golini kiritib, Oʻzbekiston terma jamoasiga Yaponiya termasi ustidan muhim gʻalabani olib kelgan. Umuman olganda, Aleksandr Shadrin terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa
1 2012-02-29 Toyota stadioni Yaponiya   Yaponiya 0-1 0-1 2014 FIFA jahon chempionati saralashi

Oʻlim tahrir

2014-yil 21-iyundan 22-iyunga oʻtar kechasi Aleksandr Shadrin Toshkentdagi klinikalardan birida vafot etgan[1]. Maʼlumotlarga koʻra, oʻlimga oshqozon yarasi yoki pankreatit sabab boʻlgan[2][3].

Yutuqlar tahrir

  • 2  Oʻzbekiston chempionati kumush medal sohii : 2013-yil

Manbalar tahrir