Aleksandr Svechnikov
Aleksandr Vladimirovich Svechnikov (tugʻ. 1998-yil 19-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yiligi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining chempioni, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempioni, Islom birdamlik oʻyinlari va Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi.
Aleksandr Svechnikov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Aleksandr Vladimirovich Svechnikov |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
19-may 1998-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Murabbiy(lar)i | Yelena Svechnikova |
Hayoti
tahrirAleksandr 1998-yil 19-mayda Toshkentda tugʻilgan. U ikkita Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi boʻlgan katta singlisi Anastasiya Svechnikova singari nayza uloqtirish bilan shugʻullana boshladi[1]. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandrga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi[2].
Faoliyati
tahrir10 yoshida onasi Yelena Svechnikova rahbarligida Toshkentda sport bilan shugʻullana boshlagan[1].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 65,69 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempioni[3][4][5].
2017-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida u F13 toifasida nayza uloqtirishda 71,01 m natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi[6]. Oʻsha yili Islom birdamlik oʻyinlarida ham nayzani 70 metrga uloqtirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].
2018-yilda Xitoyda ochiq chempionatida 66,96 metr natija bilan gʻolib chiqdi[8]. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Aleksandr Svechnikov - Athletics | Paralympic Athlete Profile“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ UzDaily. „Uzbek athletes win seven more medals in Rio“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Five countries who won historic golds at Rio 2016“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ https://www.paralympic.org/static/info/resLO2017/pdf/LO2017/AT/LO2017_AT_C73S_ATM710101.pdf
- ↑ „Торжественная встреча наших паралимпийцев из Лондона (Фото)“ (ru). usport.uz. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Александр Свечников установил мировой рекорд в метании копья“ (ru-UZ). Газета.uz (2017-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Пара-атлеты Узбекистана завоевали 6 медалей Открытого турнира в Пекине“ (ru). www.xabar.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ Kun uz. „Параосиё ўйинларида яна иккита олтин. Ўзбекистонлик спортчи Осиё рекордини ўрнатди“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.