Aleksandr Mixaylovich Zaika — sovet askari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, „Shon-sharaf“ ordeni sohibi, 28-gvardiya otliq polkining 82 mm minomyot polki komandiri (6-gvardiya otliq diviziyasi, 3-chi gvardiya otliq korpusi 2-sonli Belarussiya fronti) qoʻriqchi serjanti.

Aleksandr Mixaylovich Zaika
Tavalludi 1917-yil 24-noyabr
Vafoti 1967-yil 18-avgust
Fuqaroligi SSSR
Faoliyat yillari 1942-1945-yillar
Mukofotlari „Shon-sharaf“ ordeni
"Jasorat uchun" medali

Biografiyasi tahrir

Aleksandr Mixaylovich Zaika Toʻrgʻay viloyati Kostryakov qishlogʻida (hozirda Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati Fedorov tumani) dehqon oilasida tavallud topgan. 1930-yilda oilasi bilan Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq qishlogʻiga koʻchib keladi. Maktabning 7-sinfini tamomlagach, davlat sugʻurta qoʻmitasida hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan[1].

Zaika 1941-yil iyul oyida Moʻynoq tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga, 1941-yil sentyabr oyidan esa Ikkinchi jahon urushiga chaqirtirilgan. 1942-yil sentyabr oyida frontda ogʻir jarohat olgan.

1944-yilning 10 yanvarida Vitebsk — Polotsk temir yoʻli yaqinidagi jangda 10 nafar dushman askarini yoʻq qilgani uchun gvardiya serjanti Zaika polk buyrugʻi bilan „Jasorat uchun“ medali bilan taqdirlangan.

1944-yil 19-iyulda Polshaning Lipsk shahri yaqinidagi jangda Zaika minomyotdan oʻq otib, dushmanning ogʻir pulemyotini yoʻq qilishga muvaffaq boʻladi. 1944-yil 29-iyulda jangda dushman bronetransportyorini bostirib, 10 nafar dushman askarini yoʻq qilgan va ushbu qahramonligi uchun 3-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil 29-avgustda diviziya buyrugʻi bilan ya bir karra „Jasorat uchun“ medali bilan mukofotlangan.

1945-yil 1-mayda Uollits (Rheinsberg shahridan 8 km shimoli-gʻarbda) va Grabov (Wittstock shahridan 10 km janubi-gʻarbda) aholi punktlarini bosib olish uchun kechgan janglarda dushmanning 3 ta pulemyotini yoʻq qilishga erishadi. Jangda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi farmoni bilan gvardiya serjanti Zaika 1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[2].

Gvardiya serjanti Aleksandr Mixaylovich Zaika 1945-yil iyul oyida yurtiga demobilizatsiya qilinadi. Yashash joyiga qaytib, bir fursat Mo‘ynoq qishlog‘ida hayot kechiradi, keyinchalik esa O‘zbekistonning Farg‘ona shahriga ko‘chib oʻtadi va u yerda „O‘zxladtorgmontaj“ bo‘linmalaridan birida ombor mudiri sifatida faoliyat yuritadi.

Aleksandr Zaika 1967-yil 11-avgustda Fargʻona viloyatida vafot etgan[3].

Adabiyotlar tahrir

  • Uch darajali „Shon-sharaf“ ordeni kavaleri: Biografi. lugʻat. — M .: Harbiy nashriyot, 2000 yil.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir