Alexander Huber (talaffuzi: Aleksandr Xuber; 1985-yil 25-fevral) — tojikistonlik nafaqadagi professional futbolchi. Himoyachi sifatida oʻynagan.

Alexander Huber
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksander Khuber
Tavallud sanasi 25-fevral 1985-yil (1985-02-25) (39 yosh)
Tavallud joyi Xoʻjand, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993 Khujand
1993-1999 VfL Neustadt
1999-2004 Eintracht Frankfurt
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2006 Eintracht Frankfurt 10 (0)
20051899 Hoffenheim (ijara) 11 (0)
2007 Eintracht Braunschweig 17 (0)
2007-2008 Hamburger SV II 25 (0)
2008-2011 Kickers Offenbach 90 (4)
2011-2016 FSV Frankfurt 158 (1)
Milliy terma jamoa
2004-2005 Germaniya U20 9 (1)
2006 Germaniya B 1 (0)
2017 Tojikiston milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yoshligi tahrir

Huber Sovet Ittifoqining Leninobod shahrida tugʻilgan va 1989-yilda Germaniyaning Marburg hududi, Neustadt shahriga kelgan[1].

Klublardagi faoliyati tahrir

Huber oʻz faoliyatini 1993-yilda Khujand klubida boshlagan. Shuningdek 1993-yil oxirida VfL Neustadtda oʻynay boshlagan. 1999-yilning yozida Eintracht Frankfurt jamoasi tomonidan sotib olingan va 2004-yilda asosiy jamoaga oʻtgan. 2. Bundesligadagi birinchi mavsumida yettita oʻyindan soʻng, 2006-yilning yanvarida Regionalliga West/Südwes vakli TSG 1899 Hoffenheimga ijaraga berildi[2]. Mavsum oxirigacha „Hoffenheim“ safida oltita o‘yin o‘tkazdi. 2006-yilning yozida Frankfurtning „Eintracht“iga qaytdi va 2006-yilning dekabrigacha jamoada oʻynadi, Keyin Eintracht Braunschweigga oʻtdi[3]. Braunschweig quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, oʻzining sobiq klubi Eintracht Frankfurtda mashgʻulotlar oʻtkazdi va Hamburger SV zaxira jamoasi bilan shartnoma imzoladi[4]. Hamburger SV II bilan bir yil oʻynagach, 2008-yil yozida Kickers Offenbach bilan shartnoma imzoladi.

2017-yilning yozida Huber futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

Huber Germaniya U20 terma jamoasi safida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urdi. Gollandiyada boʻlib oʻtgan 2005-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida jamosi safida oʻynadi[6] va keyinchalik Germaniya B terma jamoasi bilan 2006-yilda bitta oʻyinda ishtirok etgan. Shuningdek, Huber Tojikiston pasportiga ham ega.

2017-yil 2-iyun kuni Huber ilk bor Tojikiston terma jamoasiga 2017-yil 13-iyun kuni Osiyo Kubogi—2019 saralashining 3-bosqichi doirasida Filippinga qarshi o‘yinga chaqirildi. Oʻyinning birinchi boʻlimida toʻliq oʻynadi, tanaffusda zaxiraga olindi[7][8].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubda tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Eintracht Frankfurt 2004—2005 2. Bundesliga 7 0 0 0 7 0
2005—2006 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
2006—2007 3 0 1 0 1 1 5 1
Jami 10 0 1 0 1 1 12 1
1899 Hoffenheim (ijara) 2005—2006 Regionalliga Süd 11 0 0 0 11 0
Eintracht Braunschweig 2006—2007 2. Bundesliga 17 0 0 0 17 0
Hamburger SV II 2007—2008 Regionalliga Nord 25 0 0 0 25 0
Kickers Offenbach 2008—2009 3. Liga 37 1 2 0 39 1
2009—2010 37 2 1 0 38 2
2010—2011 16 1 1 0 17 1
Jami 90 4 4 0 94 4
FSV Frankfurt 2011—2012 2. Bundesliga 28 0 2 0 30 0
2012—2013 32 0 1 0 33 0
2013—2014 33 1 2 0 35 1
2014—2015 33 0 2 0 35 0
2015—2016 31 0 1 0 32 0
Jami 157 1 8 0 165 1
Jami faoliyati 310 5 13 0 1 1 324 6

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[9]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Tojikiston 2017 1 0
Jami 1 0

Manbalar tahrir

  1. Kilchenstein. „Die verzweifelte Suche des Alexander Huber“ (German). fr-online.de (2007-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-iyul.
  2. „Huber auf Leihbasis nach Hoffenheim“ (German). rp-online.de (2005-yil 30-dekabr). 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  3. „Alles oder nichts!“ (German). kicker.de (2007-yil 1-fevral). Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  4. „Huber, Alexander“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 31-iyul.
  5. „Alexander Huber beendet seine Karriere als Profi-Fußballer“ (German). op-online.de. op online (2017-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
  6. „U20-Junioren bei WM ausgeschieden“ (German). handelsblatt.com (2005-yil 24-iyun). Qaraldi: 2011-yil 31-iyul. [sayt ishlamaydi]
  7. „АЛЕКСАНДР ХУБЕР ВЫЗВАН В СБОРНУЮ ТАДЖИКИСТАНА“ (Russian). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2017-yil 2-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
  8. „Tajikistan 3-4 Philippines“. the-afc.com. The AFC (2017-yil 13-iyun). Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  9. Alexander Huber at National-Football-Teams.com

Havolalar tahrir