Alfred Martinovich Mirek (1922-yil 21-noyabr, Toshkent – 2009-yil 28-iyun, Moskva) – sovet va rus olimi. Shuningdek, cholgʻuchi, oʻqituvchi – akkordeonchi va A. Mirek nomidagi rus garmoni muzeyi asoschisi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1987), professor (1989), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (1995).

Alfred Martinovich Mirek
Tavalludi 1922-yil 21-noyabr
Toshkent
Vafoti 2009-yil 28-iyun
Moskva Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi musiqashunoslik
Ish joylari SSSR Rossiya

Hayoti tahrir

1922-yil 21-noyabrda Toshkent shahrida asli chex oilasida tugʻilgan. 1923-yilning boshida oilasi bilan Odessaga koʻchib oʻtgan. U yerda 5 yoshidan boshlab pianino chalishni oʻrgangan. 1930-yilda Moskvada E. F. Gnessina maktabiga oʻqishga kirib, uni 1937-yilda tugatgan. Elektrchi kasbini egallab, 1938-yildan qurilishda ishlay boshlagan. Kechqurun esa pianinochi-kompanist boʻlib ishlagan.

1942-yilda Alfred Mirek kontrrevolyutsion tashviqotda ayblanib hibsga olinib, 7 yilga qamalgan. Unjlagga yuborilgan va u yerda daraxt kesishda ishlagan. Ogʻir kasallik va nogironligi tufayli 1944-yilda erta ozod qilingan. 1956-yilda reabilitatsiya qilingan[1].

Alfred Mirek 2009-yil 28-iyunda vafot etgan. U Moskvadagi Shcherbinskoye qabristoniga dafn etilgan[2].

Oilasi tahrir

Otasi – Martin Mixaylovich Mirek (1886-yil 16-oktyabr – 1942-yil 25-iyul), muhandis-quruvchi. Germaniyada taʼlim olgan. U SSSRda – Kavkazda, Ukrainada va Uzoq Sharqda koʻplab muhim davlat ob’ektlari qurilishini boshqarishda ishtirok etgan. Ximki Shimoliy daryo stansiyasi qurilishida usta boʻlib ishlagan. 1937-yilda hibsga olinib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 3-sonli kontslagerga (Solikamsk yaqinidagi Vishera) yuboriladi. U yerda 1942-yil 25-iyulda 54 yoshida vafot etgan[3][4].

Birinchi rafiqasi (1945-yildan 1982-yilgacha) – Lidiya Vladimirovna Elxovskaya (1924-yil 9-mart – 2000-yil 3-mart).

Ikkinchi rafiqasi – Natalya Aleksandrovna Mirek (Voronenko), 2000-yildan boshlab A. Mirek rus harmonika muzeyi mudiri boʻlib, 2017-yilda A. N. Skryabin muzeyiga qoʻshilgan (hozirda tegishli boʻlim mudiri[5]).

Mukofotlari tahrir

  • 1987-yil – sanʼatshunoslik fanlari doktori.
  • 1989-yil – musiqa va cholgʻu asboblari tarixi va nazariyasi professori.
  • 1995-yil – Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti (1995-yil 25 aprel) – sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun[6].
  • 2003-yil – Moskva hukumatining Faxriy yorligʻi (2003-yil 15-aprel) – poytaxtning tarixiy va madaniy merosini saqlash va rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun[7].

Manbalar tahrir