Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari

Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari“ – Sovet oʻzbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehraning[1] birinchi ishi (ikkinchi hamkorlikdagi ishi 1984-yilda suratga olingan „Muhabbat haqida afsona“ filmidir.[2]

Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari
Rejissyor(lar) Latif Fayziyev, Umesh Mehra
Ssenariynavis(lar) Boris Saakov, Shanti Prakash Bakshi
Bastakor(lar) Raxul Dev Burman
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1979
Davomiyligi

130 min. (SSSR)

153 min. (Hindiston)
Mamlakat OʻzSSR
Til ruscha hindcha

Filmning qisqacha mazmuni

tahrir

Mazkur film „Ming bir kecha“ ertaklari asosida melodrama, komediya va myuzikl koʻrinishadagi ertakka asoslanib ishlangan. Filmning asosiy gʻoyasi bechorahol oʻtinchi Alibobo haqida boʻlib, u qaroqchilarning gʻorida mislsiz boylik topib oladi. Akasi Qosim esa ochkoʻzligi tufayli halok boʻladi.

Asl manbalardagi farqlar

tahrir

Ushbu filmda bir qancha timsollar, lavhalar „Alibobo va 40 qaroqchilar“ arab tili ertagida boʻlmagan joylari: Gulobod shahri aholisi va hukmdor va xalq oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar, shaharda ichimlik suvi savdosi tufayli suv taʼminotidagi muammolar, bumerang va kabutarlardan xat tashuvchi sifatida foydalanish, Hindistonning chekka hududlarida fitna va saroy toʻntarilishi, poroxni portlovchi modda sifatida ishlatishi ifodalangan. Shahar hukmdori va qaroqchilar boshligʻining gʻarazli manfaatlari – bir kishining ikki xil qiyofada (ham Gulobod hukmdori, ham Abu Hasan) ochib beriladi.

Adabiyot manbalarida keltirilishicha, barcha voqealar jarayoni Eronda boʻlib oʻtadi, Marjona esa faqat joriya qiz boʻlib, asar yakunida Alibobo uyini qaroqchilardan qutqarib, oilaga singil sifatida qabul qilinadi.

Rollarda

tahrir
  • Dharmendra (sovet talqini titrlarida – Darmendra) – Alibobo
  • Hema Malini – Marjona
  • Rolan Bikov – qaroqchilar boshligʻi Abu Hasan / Gulobod hukmdori
  • Zikir Muhamedjonov – Yusuf, Aliboboning otasi
  • Sofiko Chiaureli – Zamira, Aliboboning onasi
  • Yoqub Ahmedov – Aliboboning akasi – Qosim
  • Zinat Aman – Fotima
  • Xoʻjadurdi Narliyev – Hamid
  • Frunzik Mkrtchyan – Mustafo karvonboshisi
  • Hamza Umarov – Ahmad Kallakesar
  • Javlon Hamroyev – Muhammad – pichoq uloqtiruvchi
  • Yelena Sanayeva – gʻor parisi
  • Madan Puri – Fotimaning otasi
  • Prem Chopra – Roja Shamshir tigʻyogʻlamachi (filmning sovet versiyasi titrlarida Prem Chopra va Pinchu Kapur rollari qorishib ketgan)
  • Pinchu Kapur – Roja, Marjonaning otasi (filmning sovet talqini titrlarida Prem Chopra va Pinchu Kapur rollari qorishib ketgan)
  • R.Anand – shifokor
  • S.Divanov, K.Abduraimov – Ali boboning doʻstlari

Filmning yaratilishi va tarixi

tahrir

Ushbu film Markaziy Osiyoning choʻl va meʼmoriy shahar manzaralari, hind qoʻshiqlari, raqslari va jang sahnalari bilan toʻldiriladi. Mazkur filmdagi voqealar SSSR hududida va Hindistonda suratga olingan. Suratga olish ishlarining 70 foizi asosan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan. Asosiy syujetga boy sahnalar Buxoro, Toshkent va qoʻshni Dushanbeda suratga olinadi. Bosh rollarni turli millat vakillaridan tashkil topgan hind, rus, arman, oʻzbek, gruzin, turkman va qirgʻiz sovet kinosi yulduzlari ijro etgan.

Soundtrek

tahrir

Hindiston kino sanʼatida shakllangan anʼanaga koʻra, sahna ortida hindistonlik qoʻshiqchilar Lata Mangeshkar va uning singlisi Asha Bhosle, shuningdek, taniqli hind kino aktyori va qoʻshiqchisi Kishore Kumar tomonidan qoʻshiqlar ijro etiladi. Filmning sovet talqinida 3 ta, hindchasida 5 ta qoʻshiq ijro etilgan.

NomiИсполнителиDavomiyligi
1.„Jadugar Jadoo Kar Jayega“Кишор Кумар, Аша Бхосле5:25
2.„Khatouba“Аша Бхосле6:29
3.„Sare Shahar Mein“Лата Мангешкар, Аша Бхосле4:45
4.„Aaja Sar-E-Bazar“Лата Мангешкар5:04
5.„Qayamat“Лата Мангешкар5:21

Mukofotlar

tahrir
  • 1980-yil – Dushanbeda boʻlib oʻtgan Butunittifoq 13-kinofestivalida taqdim etilgan va mukofotlarga sazovor boʻlgan[3]

(rassomlar ishi uchun mukofot)

  • 1981-yil – Belgrad kinofestivalida.

Filmning ikki talqini

tahrir

Hindistonda ishlab chiqarilgani Sovet talqinidan 24 daqiqaga koʻproq. Hindchasida qaroqchilar sehrli gʻordan chiqib ketishi va ularning dasht boʻylab yugurishi bilan boshlanadi. Sovet talqinida („Asrlar davomida saqlanib qolgan afsonalar, bizga olislardan kirib keladi…“) muallif ovozi bilan boshlanadi, soʻng savdo karvoni choʻl boʻylab oʻtayotgan epizodga singib ketadi. Hind variantida koʻproq jang sahnalar va portlashlar mavjud.

Qiziqarli faktlar

tahrir
  • Filmdagi asosiy ayol rollari dastlab 2 ta boʻlgan: Fotima va Marjona. Lekin Rolan Bikov ayniqsa rafiqasi uchun uchinchi rolni oʻylab topadi: gʻor parisi. Bu qaroqchilar boshligʻiga soʻzsiz i toat etadigan goʻzal ayol qiyofasidagi pari. Ayni shu gʻor parisi (ruhi) asosiy rolni oʻynagan.
  • Qaroqchilarning boshligʻi Abu Hasan deb ataladi, bu arabchadan soʻzma-soʻz tarjimada Hasanning otasi degan maʼnoni anglatadi. Arab anʼanalariga koʻra, toʻngʻich farzand tugʻilgandan soʻng, ota-onalar uni Abu (ota) va Umm (ona) prefikslari bilan uning ismi bilan chaqira boshlaydilar. Shuning uchun ismga qarab, qaroqchilar boshligʻida Hasan ismli oʻgʻli borligi maʼlum boʻladi. Lekin na filmda, na kitobda bu haqda ogʻiz ochilmagan.

Manbalar

tahrir
  1. Umesh Mexra
  2. PRIKLYuChYeNIYa ALI-BABI I SOROKA RAZBOYNIKOV (1979) Kino-teatr.ru
  3. KINO: Ensiklopedicheskiy slovar, glavniy redaktor S. I. Yutkevich, M. Sovetskaya ensiklopediya, 1987, s.83

Tomosha qilish uchun

tahrir

Priklyucheniya Ali Babi i soroka razboynikov Youtube.com