Ali ibn Abdulaziz Marg'inoniy
Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy (arabcha: على بن عبد العزيز المرغيناني — Ali ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq Zahiriddin Kabir Margʻinoniy) — faqih.
Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
506/1112-13 yili vafot etgan. |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | fiqh |
Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy XI asr oʻrtalarida Margʻinonda muhaddis Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy xonadonida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulaziz Margʻinoniydan olgan.
Ustozlari
tahrirKeyinchalik Sayyid ibn Shujoʼ, Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza va Burhoniddin Kabir Abdulazizlar huzuriga borib, fiqh boʻyicha taʼlimini davom ettirgan.
Shogirdlari
tahrirAli ibn Abdulaziz Margʻinoniydan fiqh borasida oʻgʻli Abulmahosin Zahiriddin Hasan ibn Ali, Qivomuddin Ahmad ibn Abdurrashid va Tohir ibn Ahmadlar taʼlim olgan.
Vafoti
tahrirAli ibn Abdulaziz Margʻinoniy 506/1112-13 yili vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016.
Manbalar
tahrir- ↑ Qoriev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniy. — B. 57.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |