Alishar-xyoyuk — Anadolu (Tur-kiya)dagi arxeologik qatlamli tepa. Yozgat sh.dan qariyb 50 km janubi-sharqda joylashgan. Qazilma ishlari 1927-32 yillarda olib borilgan. Bu yerda ilk marotaba Kichik Osiyo platosi uchun arxeologik madaniyatlarning mil. av. 4-ming yillikdan to mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarigacha boʻlgan tadrijiy rivojlanish bosqichlari aniqlandi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil