Alisher Hamroyev (1976-yil, 2-yanvar, Kogon, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR — 2005-yil may, Kogon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taniqli kino va teatr aktyori. „Dilxiroj“, „Notanish polvon“, „Marjona“, „Yodgor“[1] kabi filmlardagi rollari bilan muxlislar eʼtiboriga tushgan[2].

Alisher Hamroyev
Tavalludi
Alisher Hamroyev

2-yanvar 1976-yil
Vafoti 2005-yil may
Kogon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari ?—2005
Otasi Usmon Toirov
Onasi Munavvar Saidova
Turmush oʻrtogʻi Dilnavoz Hamroyeva
Bolalari Madina Hamroyeva
Iskandar Hamroyev

Marhum aktyor „Ostona“ serialida ijro etgan roli uchun 21 yildan soʻng mukofotlangan[3].

Tarjimayi holi tahrir

Alisher Hamroyev 1976-yil 2-martda Oʻzbekiston SSR Buxoro viloyatining Kogon shahrida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand edi. Kogon shahridagi 7-sonli maktabni bitirgach Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining drama va kino aktyorligi boʻlimini tamomlagan. Oliygohda u taniqli aktyor Uchqun Tillayev bilan kursdosh boʻlgan. Oliygohni tamomlagach, aktyorlik faoliyatini Oʻzbek milliy akademik drama teatrida boshlagan va oʻnlab spektakllarda ishtirok etgan. Sanʼat yoʻlidagi ilk ustozi Shamsiddin Yoʻlliyev. Unga Yoqub Ahmedov ham ustozlik qilgan[4].

Alisher Hamroyev tomoshabinlarga asosan kinodagi obrazlari orqali tanilgan. Kinodagi ilk rolini 1999-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida suratga olingan „Baxt qadri“ filmidagi epizodik rol bilan boshlagan. Uni kinoaktyor boʻlib shakllanishida Yusuf Roziqovning hissasi katta boʻlgan. U Bollywood va Hollywood aktyorlari bilan bir qatorda ishlashni orzu qilgan. Oʻzini „Alisherxon“ nomi bilan tanilishini istagan[4].

„Vatan ostonasi“ nomli filmning 2022-yilda boʻlib oʻtgan ilk ochiq premyerasida „Ostona“ serialida fidoyi chegarachi rolini ijro etgan marhum aktyor Alisher Hamroyev nomi ham eʼtirof etilib, u DXX chegara qoʻshinlari rahbaryati tomonidan taqdirlangan. Mukofotni marhum aktyorning farzandlari qabul qilib olishgan[3].

Filmografiyasi tahrir

Film
Yil Film Rol Izoh
1988 Kandidat Epizod
1999 Baxt qadri[4] Epizod
Quyoshi botmaydigan yurt[4] Prodyusser Serial
Yangi oy chiqqan kecha[4] Qosim
Ostona[4] Kapitan Serial
1997 Charxpalak[4] Yusuf qassob Serial
1998 Shaytanat Epizod Serial
2002 Dilxiroj Toshtemir Videofilm
Oʻrtoq Boykenjayev Veteranning qarindoshi Videofilm
2003 Yodgor Bosh rol Videofilm
Nebo i zemlya (Небо и земля) Chingiz Videofilm
2004 Egizaklar Militsioner Yuldashev Videofilm
Marjona Yosh loʻli Asad Videofilm
2010 Qabrdan qaytgan umr Videofilm

Vafoti tahrir

Alisher Hamroyev 2004-yilda kasal boʻlgan va 2005-yilning may oyida 29 yoshida oyog‘idan saratonga chalinganligi sababli vafot etgan[2].

Oilasi tahrir

Alisher Hamroyev 2001-yilda uylangan. Uning rafiqasi Dilnavoz Hamroyeva aktyorning oʻlimidan 3 yil oʻtib oqqon kasalligiga chalinib vafot etgan[2]. Ulardan Madina Hamroyeva va Iskandar Hamroyev dunyoga kelishgan. Bolalar ota-onalari vafot etganidan soʻng xolasi Guloyim Mahmudova vasiyligiga berilib, uning qaramogʻida yashab kelishyapti[2][5].

Manbalar tahrir