Alisher Kurmanov
Alisher Anvarovich Kurmanov (1965-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina va Moldova davlatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi[2][3][4][5][6].
Alisher Anvarovich Kurmanov | |
---|---|
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning (oʻngda) Vinnitsa viloyati vakillari bilan uchrashuvi | |
Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi | |
Mansab davri 2020-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Alisher Abdualiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-oktyabr 1965-yil Toshkent[1] |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrir1990-yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik, 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Rus, ingliz va arab tillarini biladi.
1987-1989 — „Soyuztransgaz“ ittifoqining tarjimoni (Liviya).
1991-2000 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.
2000-2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i.
2007-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2011-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Avstraliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2013-2014 — O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2014-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2014-2015 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
2015-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2017-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.
2020-yil iyun oyidan O‘zbekiston Respublikasining Ukraina va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2020-yil 11-dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Manbalar
tahrir- ↑ KURMANOV Alisher Anvarovich | TsentrAziya
- ↑ Alisher Kurmanov naznachen zamestitelem ministra inostrannix del
- ↑ „З Узбекистану в Україну прибули 155 громадян України – посольство“. 26 вересня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 грудня 2020.
- ↑ „Посольство Республіки Узбекистан в Україні“. 14 липня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 грудня 2020.
- ↑ „Україна зацікавлена у розвитку діалогу та партнерства з державами, які поділяють демократичні цінності — Президент під час вручення вірчих грамот новопризначеними послами“. 11 грудня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 грудня 2020.
- ↑ „З Узбекистану в Україну прибули 155 громадян України – посольство“. 26 вересня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 грудня 2020.