Alisher Uzoqov (25-avgust 1984-yilda tugʻilgan) – oʻzbek film aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi[1] Uzoqov 2009-yil olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozonadi. Undan keyingi yillarda aktyor bir necha kinokomediyada rol ijro etdi. Uzoqov faoliyati davomida bir necha qoʻshiqlar ham kuylagan.

Alisher Uzoqov
Tavalludi 25-avgust 1984-yil (1984-08-25) (39 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissor, qoʻshiqchi va futbolchi
Faoliyat yillari 2001–bugun

Uzoqov oʻzini rejissor sifatida ham sinab koʻrdi. U hozirgacha uch filmga, yaʼni „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Endi dadam boʻydoq?“ (2012) hamda „Kuzda gullagan daraxt“ (2015) filmlariga rejissorlik qildi. 2013-yil aktyor filmlarda boshqa rol ijro etmasligini eʼlon qildi[2], lekin undan keyingi yillarda bir necha filmda rol oʻynadi.

Alisher Uzoqov 2012-yildan beri Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi „Istiqlol“ futbol klubida oʻynab keladi. 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi[3].

Hayoti

Alisher Uzoqov 1984-yil 25-avgustda Toshkentda tugʻilgan.[4] Uzoqov taniqli mumtoz qoʻshiqchi Maʼmurjon Uzoqovning nevarasidir. Otasi Muhammadjon Uzoqov aktyor va qoʻshiqchidir.[5] Onasi Shohida Uzoqova ham aktrisa boʻlib, oʻgʻli bilan bir necha filmda, jumladan, „Soʻnggi lahza“ (2009), „Tundan tonggacha“ (2009), „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Uchrashuv“ (2011), „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ (2012) hamda „Tundan tonggacha davom etadi…“ (2012) filmlarida birga rol ijro etgan. Uzoqov oilali boʻlib, bir oʻgʻli va bir qizi bor.

Filmografiyasi

Aktyor

Film
Yil Film Rol Izoh
1984 Kunda Goʻdak Videofilm
2003 Velikan Qisqametrajli film
2006 Seni sevdim Akrom
Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi Ovoz bergan xolos
2007 Faqat gʻalaba Maktab oʻquvchisi
Kechir Ovoz bergan xolos
2008 Kichkina odamlar Gʻozivoy
Telba Moʻmin
2009 Mister hech kim Alisher
Keragimsan Davron
Kirakash Bobur
Qalbaki dunyo Samad
Soʻnggi lahza Akmal
Tundan tonggacha Umid
Uylanish Javohir
Xavfli sarguzasht Jamol
2010 Farishta Rustam
Kichkina xoʻjayin Rustam
Men talabaman! Sherzod
Qorakoʻz Sarvar
2011 Hay-fay bolakay Aziz
Ishonch Sobir
Challari
Mening akam boʻydoq! Shamshod
Nafs Oʻzi
Oling quda, bering quda Gʻanisher
Omadli yigitlar Avaz
Oʻxshatmasdan uchratmas Aziz/Farhod
Uchrashuv Alisher
Zamonaviy sovchilar Sanjar
2012 Aql va yurak Farhod
Akajon xizmatingizdamiz Davron
Dunyo
Endi dadam boʻydoq? Shamshod
Oʻgay ona Elnur
Sevgi farishtasi Jasur
Soʻnggi qoʻngʻiroq Said
Super qaynona
Tundan tonggacha davom etadi… Umid
Uch, ikki, bir. Doʻst, dunyo, imkon Javohir
Vafodorim
Yolgʻizginam Jamshid
2013 Bevalar Akbar
Jannatdagi boʻri bolasi
Lafz Ulugʻbek
Mening doʻstim jin Oʻzi Kameo
Sen ketma Oʻzi Kameo
Sensiz
Sevgi farishtasi 2 Jasur
Tasodif Ergash/Sayfi
Zamonaviy sovchilar 3 Sanjar
2014 Angel of Death (Oʻlim farishtasi) Oʻzbekistonda va AQShda suratga olingan
Sensiz hayot zerikarli
Qorbobo Korporeyshn
2015 Kuzda gullagan daraxt
2016 Hayotda
2019 Muzlagan
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
2001 Ostona Doston
2007 Zastava Ismailov Oʻzbekistonda va Rossiyada suratga olingan
Dil payvandi Ahror
2008 Tutash taqdirlar Jahongir
Zebuzar Mahmud
Kliplar
Yil Qoʻshiq nomi Artist
2008 „Bilaman“ Manzura
„Ota-ona“ Mirjamol Mirzaahmedov
2009 „Leylam“ Shohruhxon
2010 „Sensiz yashay olaman ishon“ Ulugʻbek Rahmatullayev
„Yor-yor“ Sardor Rahimxon
2011 „Nima uchun?“
2012 „Aylanib ketoyin“
„Nega endi?“ Rayhon
2013 „Qani?“
„Judayam sogʻindim“ Manzura
„Oʻzingda“ Ziyoda Qobilova
2016 „Chin sevaman“ Nilufar Usmonova

Rejissor

Yil Nom Izoh
2011 Mening akam boʻydoq!
2012 Endi dadam boʻydoq?
2015 Kuzda gullagan daraxt
2019 Muzlagan

Ssenariy muallifi

Yil Nomi Izohlar
2015 Kuzda gullagan daraxt
2019 Muzlagan

Diskografiyasi

Kliplari

Yil Qoʻshiq Rejissor
2009 „Nahotki“
2010 „Qorakoʻz“
„Kichkina xoʻjayin“ (Ziyoda bilan)
2011 „Hay-fay bolakay“
„Oshno“
„Oshiq yurak“
„Yonimda“
2012 „Yonayoturman“
2013 „Tilim qursin“ (Nilufar bilan)

Futbolchilik faoliyati

Uzoqov 2012-yildan beri Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi Istiqlol futbol klubida oʻynab keladi. 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Manbalar

  1. „Alisher Uzoqov“ (Russian). Kinopoisk. Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  2. „Is Alisher Uzoqov Planning on Quitting Acting?“ (Uzbek). RFE/RL's Uzbek Service. 18-sentabr 2013-yil. Qaraldi: 10-oktabr 2014-yil.
  3. „Alisher Uzoqov is the First Vice President of the Andijan Province Football Federation“ (Uzbek). Championat Asia (27-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 22-fevral 2016-yil.
  4. „Good-Bye, Acting! Hello, Football?“ (Uzbek). Daryo. 18-sentabr 2013-yil. 2014-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2014-yil.
  5. „Alisher Uzoqov“ (Russian). Kino-teatr. Qaraldi: 25-yanvar 2013-yil.

Havolalar