Kichkina odamlar
"Kichkina odamlar" — Hotam Fayziyev filmi.
Kichkina odamlar | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Hotam Fayziyev |
Ssenariynavis(lar) | Hotam Fayziyev, Abduqayum Yoʻldoshev |
Rollarda |
Poʻlat Saidqosimov[1] Dias Rahmatov Dilnoza Kubayeva[2] Alisher Uzoqov Matyoqub Matchonov Fatxulla Maʼsudov Furqat Fayziyev Boir Xolmirzayev Muhammadjon Rahimov Gavhar Sharipova Baxtiyor Ixtiyorov |
Bastakor(lar) | Mustafo Bafoyev |
Kinematografiya |
Najmiddin Gʻulomov Alisher Umrzoqov |
Muharrir(lar) | Olga Morova |
Distribyutor | Vatan kinostudiyasi |
Chiqarilgan sanasi | Toshkent, 2008-yil |
Davomiyligi | 78 daqiqa. |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbek tilida |
Tavsifi
tahrirFilm 3 qisqa hajmli filmlardan iborat:
- Kutilmagan omad. Qishloqlik yigit shaharga aylangani kelib, kutilmaganda lotereyadan avtomobil yutib oladi. Bu yutuq uni toʻgʻri yoʻlga sololmayotgan otasi va akasiga juda qimmatga tushadi.
- Hazil. Sodiq ismli kirakash oʻz doʻstini gʻirt mast holda koʻchada uxlab yotganini koʻrib, hazillashmoqchi boʻladi va uning tilla taqinchoqlarini yechib oladi. Doʻsti undan tilla buyumlarni topishda yordam berishini soʻraydi. Bunga rozilik bergan Sodiq kutilmaganda Qamchiq dovonida nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻldirib ketiladi. Yonidan doʻstining tilla buyumlari militsiya xodimlari tomonidan topiladi.
- Kichkina odamning katta tanishi. Mixliboy uzoq yillar qishloqdagi maktabda oʻqituvchilik qilib, nafaqaga chiqqan. Bir kuni oʻquvchilaridan biri — Xolboyning „shaharda katta mansabdor boʻlib ketgani“ haqidagi gap qishloqda tarqaladi. Qishloq ahli Mixliboyning oldiga oʻquvchisidan yordam soʻrab berishini iltimos qilib, koʻplab xatlar bilan kelishadi. U xatlarni va sovgʻalarni olib, Xolboyning oldiga boradi. Xolboy esa oʻz ustozini tanimaydi.
Manbalar
tahrir