Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna (1986-yil 22-noyabrda tavallud topgan) — oʻzbek kino va teatr aktrisasi. Dilnoza Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi.[1] Kubayeva „Kelgindi kelin“, „Telba“ „Kechikkan hayot“, „Farzandim“, „Hijron“ va „Ko'rgim keladi“ filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2012-yilda "Shuhrat medali" bilan mukofotlangan. Milliy teatrda 2007-yildan buyon faolifat yuritib kelmoqda. Dilnoza Kubayeva teatr sahnasida namoyish etilgan spektakllarda 30-ga yaqin turli xarakterdagi katta-kichik rollarni yaratdi. Dilnoza Kubayeva nihoyatda isteʼdodli aktrisa. Unda teatrning ertasi boʻladigan salohiyat bor. Porloq feʼlu atvorli, jiddiy odam. Jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga chin koʻngildan yondoshadi. 2010-yil "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Dilnoza Kubayeva |
---|
[[Fayl: Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna |200px|alt=|]] |
Asl ismi |
Dilnoza Kubayeva |
---|
Tugʻilishi |
22-noyabr 1986-yil (1986-11-22) (35 yosh) |
---|
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston |
---|
Kasbi |
Aktrisa |
---|
Faoliyat yillari |
2004 - hozirgi vaqtgacha |
---|
Yoʻnalish |
Aktrisa Актриса |
---|
Mukofotlari |
"M&TVA" (2007, 2008)
"O'zbekiston belgisi" (2010)
"Eng ulug', eng aziz" (2010)
"Shuhrat medali" (2012) |
---|
IMDb |
ID 4860465 |
---|
Sayt |
fb.com/dilnozakubayevauzb |
---|
Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 22-noyabr kuni, Toshkent shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1993-1996-yillarda u Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 255-o’rta maktabning, 1996-2000-yillari Sirg’ali tumanidagi 3-o’rta maktabning, 2000-2003-yillarda Alisher Navoiy Nomidagi Respublika “Nafis san’at” lisseyining o’quvchisi bo’lgan. 2003-2007-yillari Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining (dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati bo’limi) talabasi. Bakalavr darajasi berilgan. 2007-yildan O’zbek milliy akademik drama teatrida aktyorlik vazifasida ishlab keladi. 2010-yil "Ozbekiston belgisi" ko'krak nishoni, shu yilning o'zida "Eng ulug', eng aziz" Respublika ko'rik tanlovida 2-o'rin bilan, 2012-yil "Shuhrat" medali" va 2021-yil "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" kabi mukofotlar va estalik nishonlari bilan taqdirlandi. 2009-yili turmush o’rtog’i vafot etgan. Farzandi - Ahmadaliyev Muhammadamin 2009-yil 28-martda Toshkent shahrida tug’ilgan. Dilnoza Kubayeva nufuzli davlat tadbirlarida, taqdirlash marosimlari, madaniy-ma’rifiy kechalar hamda taniqli honandalarning konsert dasturlarida davrani olib boruvchi sifatida ham faol ishtirok etib keladi.
Teleseriallar
Yil
|
Serial nomi
|
Rol
|
---|
2005
|
Qadah
|
Mohinur
|
2008
|
Kaminaning oilasi
|
Bahora
|
2008
|
Muhabbatim-qismatim
|
Malika
|
2010
|
Mehribonginam
|
Tabassumxon
|
2018
|
Omonat
|
Mastura
|
2020
|
Sevgi
|
Jamila
|
Kliplar
Qoʻshiq nomi
|
Qoʻshiqchi
|
---|
Yomgʻir
|
Shohjahon Joʻrayev
|
Tut qo'limdan
|
Yulduz Usmonova
|
Dilozor
|
Gulsanam Mamazoitova
|
Sevgi
|
Via Marakand
|
Farishtam
|
Shuhrat Zokirov
|
Yil
|
Spektakl
|
Rol
|
---|
2005
|
Andishali kelin
|
Kelin - Olmaxon
|
2006
|
Omonat dunyo
|
Zulayho
|
2007
|
Birqanotlilar
|
Nilufar
|
2008
|
Bevalar
|
Dildora
|
2010
|
Sizsiz oʻtmas kunlarim
|
Iroda
|
2010
|
Rustam
|
Qumri
|
2010
|
Ogoh boʻling, odamlar
|
Mavjuda
|
2011
|
Omon boʻlgin azizim
|
Mehmon ayol
|
2015
|
Oʻtkan kunlar
|
Kumushbibi
|
2014
|
Uyqusiz kecha
|
Shoira
|
2013
|
Senga bir gap aytaman
|
Jurnalist qiz
|
2015
|
Quyoshni sen uygʻotasan
|
Shabnam
|
2016
|
Alisher Navoiy
|
Guli
|
2016
|
Mirza Ulugʻbek
|
Firuza
|
2017
|
Oʻjarlar
|
Qorakoʻz
|
2017
|
Semurgʻ
|
Semurgʻ
|
2007
|
Hasrat bog'i
|
Kotiba
|
2008
|
Uvaysiy
|
Poshaxon
|
2012
|
Mehr-u muhabbatli sakkiz ayol
|
Syuzon
|
2018
|
Abay
|
Hojar
|
2018
|
Keldi-yu ketti
|
Humora
|
2019
|
O'n ikki oy
|
O'gay qiz
|
2020
|
Boborahim Mashrab
|
Tamara
|