Alixan Asxanovich Smailov (qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va siyosiy arbobi, sobiq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022—2024).

Alixon Asxanovich Smayilov
qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов
 12-Qozogʻiston Respublikasining Bosh vaziri
Mansab davri
11-yanvar 2022
(v.b 5 – 11-yanvar 2022, 29 – 30-mart 2023) – 6-fevral 2024-yil
Prezident Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Asqar Mamin
Vorisi Roman Sklyar
Oʻljas Bektenov
 Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
18-yanvar 2021-yil – 11-yanvar 2022-yilgacha
Prezident Qosim-Joʻmart Toqayev
Bosh vazir Asqar Mamin
Vorisi Roman Sklyar
 Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri
Mansab davri
18-sentabr 2018-yil – 18-may 2020-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Baxt Sultanov
Vorisi Jamaubayev Erulan
 Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi
Mansab davri
noyabr 1999-yil – fevral 2003-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-dekabr 1972-yil (1972-12-18) (51 yosh)
Almati shahri,
Qozoq SSR, SSRI
Onasi Anarkul Tayjanova
Otasi Smayilov Asxan Smayilovich
Mukofotlari
Ostonaning 20 yilligi medali QR mustaqilligining 25 yilligi medali1-darajali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun medali "Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi" medali

Biografiyasi

tahrir

1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda esa Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogʻiston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini „Davlat boshqaruvi magistri“ darajasini olgan. 2022-yil 5-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 11-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.

Karyerasi

tahrir
  • „A-Invest“ investitsiya va xususiylashtirish fondi xodimi (1993-1995)[1];
  • Almati shahar hokimligi savdo-sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi (1995-1996);
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy xoʻjalik kengashi stajyori (1996);
  • Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika agentligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi (1996-yil avgust – 1998-yil mart);
  • Qozogʻiston Respublikasi Statistik rejalashtirish va islohotlar agentligining statistika va tahlil qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1998-yil mart – 1998-yil aprel);
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh eksperti, sektor mudiri (1998-1999);
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy-nazorat boʻlimi davlat inspektori (1999-yil avgust – noyabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (1999-yil noyabr – 2003-yil fevral);
  • Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2003-yil fevral – 2003-yil);
  • Eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash davlat sugʻurta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2003-2006);
  • Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2006-yil fevral – 2007-yil yanvar);
  • „Kazagro“ Milliy xoldingi AJ prezidenti (2007-yil yanvar – 2008-yil noyabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2008-yil 21-noyabr – 2009-yil oktyabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (2009-yil 27-oktabr – 2014-yil 13-avgust);
  • Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qoʻmitasi raisi (2014-yil avgust – 2015-yil dekabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2015-yil 11-dekabr – 2018-yil 18-sentabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri (2018-yil 18-sentabrdan boshlab)
  • Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022-yil 11-yanvardan)

Mukofotlari

tahrir
  • Medallar: „Mashaqqatli mehnati uchun“, „Qozogʻiston mustaqilligiga 10 yil“, „Qozogʻiston Konstitutsiyasiga 10 yil“, „Ostona shahriga 10 yil“, „Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun“, II darajali (05/08/2015).
  • Orden „Parasat“ (2020)[2].

Oilasi

tahrir
  • Otasi: Smailov Asxan Smailovich, Almati shahridagi 17-sonli poliklinikaning sobiq bosh shifokori[3].(1948-yil 17-iyunda tugʻilgan)
  • Onasi: Anarkul Tayjanova (1947-yil 4-noyabrda tugʻilgan)

Alixan Smailov uylangan va uch farzandi bor: Asxan Ayizere Alixanqizi (2013-yil 1-martda tugʻilgan), Asxan Janiya Alixanqizi (2015-yil 20-iyulda tugʻilgan), Asxan Alisulton Alixanuli (2018-yil 10-sentabrda tugʻilgan)

  • Xotini: Smailova Baljan Duanbekovna (1987-yil 1-sentyabrda tugʻilgan)
  • Opasi: Abildaeva Toʻlqin Asxanovna (1969-yil 29-iyunda tugʻilgan)
  • Ukasi: Smailov Erjan Asxanovich (1983-yil 10-sentyabrda tugʻilgan)[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Досье: Смаилов Алихан Асханович“. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  2. „Накануне Дня Независимости ряду казахстанцев присуждены государственные награды“. akorda.kz (2020-yil 14-dekabr). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  3. „Мотивационная встреча главного специалиста Управления молодежной политики“ (ru-RU). Новости КазНМУ (2019-yil 4-oktyabr). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  4. „Источник“ (deadlink). 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.

Havolalar

tahrir

Andoza:Alixan Smailovning vazirlar mahkamasi