All Eyes on Rafah (tarjimasi „Barchaning nigohi Rafahda) – ijtimoiy mediada, ayniqsa Instagramda katta eʼtibor qozongan ibora[1][2]. Bu ibora Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Gʻazo va Gʻarbiy Sohil boʻyicha vakili Richard „Rik“ Peppercornning izohlaridan olingan[3][4]. Peppercorn ushbu iborani Isroil–Hamas urushi boshlanganidan keyin 2024-yil fevral oyida ishlatgan[5].

Maʼnosi va kelib chiqishi

tahrir

Ibora Gʻazo sektorining eng janubiy shahri, Misr bilan chegaradosh Rafahdagi vaziyatga ishora qiladi. Isroilning Gʻazoga qarshi urushi boshlanganidan soʻng, Isroil shimoldan uni bombardimon qila boshladi. 2024-yilning fevraliga kelib, Isroil Rafahda quruqlikdan operatsiya boshlash rejasini eʼlon qilganida, Gʻazoning 2,3 millionlik aholisining deyarli yarmi Rafahga koʻchirilgan edi. Isroilning bu rejasi butun dunyoda qoralandi[5].

Virusli tendensiya

tahrir

Bu iborani 40 milliondan ortiq Instagram foydalanuvchisi tomonidan Instagram qolipi oʻlaroq hikoyalarga joylashtirdi. #alleyesonrafah xeshtegi TikTok’da millionlab marta koʻrilgan videolarda aks etdi[5][6]. Ushbu tendensiyaning yoyilishida taniqli shaxslar, jumladan Bella Hadid va Nicola Coughlan[7] kabi bir nechta platformalar inflyunserlari muhim rol oʻynadi[1]. Sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan tasvir qorli choʻqqilarga oʻxshagan tartibli chodirlar qatoriga oʻrnatilgan lagerning havodan koʻrinishini koʻrsatadi[8]. Orasida bir nechta ochiq rangdagi chodirlar „All Eyes on Rafah“ yozuvi bilan tartiblangan[5].

Bahslar

tahrir

Bollywood bir qancha mashhurlari ijtimoiy tarmoqlarda "All Eyes on Rafah" posterini baham koʻrganlaridan soʻng, „Bollywoodni boykot qilish“ Twitter’da trend boʻla boshladi. Aktrisalardan tashqari Alia Bhatt, Kareena Kapoor, Richa Chadda, Priyanka Chopra, Sonam Kapoor, Malaika Arora, Triptii Dimri, Sonakshi Sinxa, Varun Dhawan, Bhumi Pednekar, Rashmika Mandanna, Swara Bhaskar kabi koʻplab mashhurlar All Eyes on Rafah koʻrishgan[9].

Shu munosabat bilan Twitter'da „Bollywoodni boykot qilish“ tendensiyasi boshlandi, unda hind aktyorlaridan nima uchun boshqa mamlakatlarda, shu jumladan Pokistonda hindularga nisbatan vahshiylik haqida gapirmasliklari soʻraldi[10].

Manbalar

tahrir