Almería
(Almeriyadan yoʻnaltirildi)
Almeriya — Ispaniya janubidagi shahar va Oʻrta dengiz sohilidagi port. Andalusiya muxtor viloyatida. Almeriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chetga joʻnatiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati korxenalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan arablar qurgan Al-Qasaba qal’asi (VIII-XI asrlar), shuningdek XV asrda qurilgan sobor saqlangan[1].
Almería | |
---|---|
shahar | |
36°50′0″N 2°27′0″W / 36.83333°N 2.45000°W | |
Mamlakat | Ispaniya |
Avtonom jamoat | Andalusiya |
Провинция | Almería |
Hukumat | |
• Alkald | Luis Rogelio Rodríguez-Comendador Pérez |
Asos solingan | 955 |
Avvalgi nomlari | Ursi |
Maydon | 295 km2 (114 kv mi) |
Balandlik NUM | 23 m |
Aholisi (2010) |
190 013 |
Zichligi | 616 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 04001-04009 |
|
Almería Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 295 km2. Aholisi — 190013 kishi (2010).
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2018-07-04 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |