Alohun Jumaboyev
Alohun Jumaboyev (1896-yil 16-fevral, Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) Oʻsh tumanidagi Dehqon-qishloq qishlogʻi – 1976-yil Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) – paxtakor, Qorasuv tumani, „Qizil-Sharq“ kolxozining brigadiri, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR va 1951-yil 15 fevralda Sotsialistik Mehnat Qahramoni ordeni bilan taqdirlangan[1].
Alahun Jumaboyev | |
---|---|
Tavalludi |
1896-yil 16-fevral Oʻsh okrugi Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1976-yil Qorasuv tumani , Qirgʻiziston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya SSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAlohun Jumaboyev 1896-yilda Oʻsh tumani (hozirgi Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) Dehqon-Qishloq qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Yoshligidan mardikorlik qilgan. Kollektivlashtirish davrida birinchilardan boʻlib kolxozga qoʻshilgan. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan, „Stalingrad mudofaasi uchun“, „Kenigsberg ishgʻol qilingani uchun“ medallari bilan taqdirlangan. Demobilizatsiyadan soʻng oʻz vataniga qaytib keldi va yerda 1945-yilda Qorasuv viloyatidagi „Qizil-Sharq“ kolxozining paxtakorlik brigadasiga rahbarlik qilgan[2].
1950-yilda Alohun Jumaboyev brigadasi 50 gektar maydondan 46,66 sentner paxta olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 20-martdagi farmoni bilan Lenin ordeni, Oʻroq va Bolgʻa oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[3].
Nafaqaga chiqqandan soʻng oʻz qishlogʻida yashagan.
Vafoti
tahrirAlohun Jumaboyev 1976-yil Qorasuv tumanida vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
- Lenin ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali
- „Kenigsberg ishgʻol qilingani uchun“ medali
Manbalar
tahrir- ↑ „Герои страны Алохун Жумабоев“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyun.
- ↑ „Герои страны Алохун Жумабоев“.
- ↑ „Алохун Жумабоев“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- «Кыргызстан». Улуттук энциклопедия: 3-том. Башкы ред. Асанов Ү. А., К 97. — Бишкек: Мамлекеттик тил жана энциклопедия борбору, 2011. — 784 с. ISBN 978 9967-14-074-5
- Энциклопедия. Ошская область. — Фрунзе: Академия Наук Киргизской ССР, 1987.
- Борбугулов М., Ош тарыхы энциклопедия. — Фрунзе, 1989
- «Во имя процветания Кыргызстана». Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана / Под рук. Жураева Б. Ж. — город Ош: «Ризван», 2017. — 336 с.