Mardlar
(Amardlardan yoʻnaltirildi)
Mardlar, amardlar — miloddan avvalgi 1ming yillikda Kaspiy dengizining jan. sohillarida yashagan koʻchmanchi qad. xalq. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) ning yurishlari bayon qilingan asarlarda M. mamlakati qashshoq ekanligi tufayli axomaniylar nazariga tushmaganligi, uning mustaqil ekanligi bayon etilgan.
Dastlab, Aleksandrdan, keyinchalik milodiy 2-asrning 1-yarmida Parfiya podshohi Fraat I tomondan magʻlub boʻlgan M. Rey shahri atrofiga koʻchirilganlar. M. yashagan yerlar tapurlar tomonidan egallangan. Safidrud daryosi (Eron) M. nomidan Amard deb ham atalgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |