Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻi — AQShning milliy bayrogʻi, shuningdek, yulduzli-chiziqli bayroq (ingliz tilida Stars and Stripes) sifatida tanilgan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining rasmiy davlat ramzi hisoblanadi.

Amerika Qo'shma Shtatlari bayrog'i
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
Mutanosibligi 10:19
Qabul qilindi 4-iyul 1960-yil (50 ta yulduz)

Bu bayroq gorizontal holatda, teng oʻlchamda joylashgan yettita qizil va oltita oq chiziqli toʻrtburchak shakldagi chiziqlarni aks ettiradi. Bayroqning tepa burchagida toʻq koʻk rangli kvadrat shakldagi qismi boʻlib, unda 50 ta besh qirrali oq yulduz bor. Bayroqdagi 13 ta chiziq mustaqil davlatni yaratgan 13 ta Britaniya koloniyalarini (Delaver, Pensilvaniya, Nyu-Jersi, Jorjiya, Konnektikut, Massachusets, Merilend, Janubiy Karolina, Nyu-Xempshir, Virjiniya, Nyu-York, Shimoliy Karolina, Rod-Aylend) bildiradi. Koʻk rang ittifoq ramzidir. Koʻk rang ichidagi yulduzlar soni shtatlar soniga toʻgʻri keladi (hozirda 50 ta). Qizil rang chidamlilik va jasoratni ifodalaydi; toʻq koʻk — mehnatsevarlik, adolat, hushyorlik; oq — begunohlik va poklik. Bayroq kengligining uzunligiga nisbati 10:19 ni tashkil qiladi.

Bayroq vaqt oʻtishi bilan Ittifoqni tashkil etgan davlatlar soniga qarab oʻzgarib turdi. Yangi shtat ittifoqqa qoʻshilganidan soʻng, 4-iyul kuni bayroqqa yangi yulduz qoʻshiladi[1]. Boʻlaklar soni oʻzgarishsiz qoladi; yagona istisno boʻlgan holat — bu 1795—1818-yillar bayrogʻida boʻlgan edi, unda ikkita yulduz bilan birga yana 2 ta chiziq qoʻshilgan (keyinchalik olib tashlangan).

Dizayn

tahrir

Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻi undagi koʻk rang boshqa shtatlarning bayroqlarida qoʻllaniladigan koʻk rangga qaraganda ancha quyuqroq ekanligi bilan ajralib turadi. Rasmiy ravishda, koʻkning bu soyasi Navy Blue (Dengiz qurolli kuchlarining rangi) deb ataladi. Bu amaliy nuqtai nazardan tushunarli holatdir: XVIII asrda hali doimiy boʻyoqlar yoʻq edi va „oddiy“ koʻk rang tezda och koʻk rangga aylanib qolar edi; qalin quyuq koʻk rangga boʻyalgan bayroq esa uzoq vaqt davomida oʻz xususiyatlarini saqlab qolar edi. Xuddi shu sababga koʻra, Amerika bayrogʻidagi qizil rang boshqa mamlakatlar bayroqlaridagi qizil rangga qaraganda toʻqroq boʻyaladi.

Tarixi

tahrir
 
Kontinental bayroq

Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi bayrogʻi 1775-yil 3-dekabrda leytenant John Paul Johnson tomonidan Filadelfiya portida „Alfred“ kemasida koʻtarilgan Qit'a bayrog'i hisoblanadi[2]. 1776-yildan boshlab shu bayroq kontinental armiya tomonidan qoʻllanila boshladi.

„Alfred“ uchun bayroq Margaret Menni tomonidan yaratilgan. Bu bayroqda Britaniya bayrogʻi tushirilgan boʻlib, 13 ta qizil va oq rangli teng gorizontal chiziqlardan iborat edi.

1776-yildan 1777-yilgacha 13 ta chiziqli bayroq ishlatilgan, soʻngra 1777-yilning 4-iyul sanasida milliy bayroq tasdiqdan oʻtgan — bu kun endi Bayroq kuni sifatida nishonlanadi.

Bayroq birinchi marta qabul qilinganidan beri 26 marta oʻzgargan. 48 yulduzli bayroq eng uzoq vaqt — 47 yil davomida ishlatilgan, 2007-yil 4-iyulda hozirgi 50 yulduzli bayroq qabul qilingan.

Birinchi bayroq 1776-yil 4-iyulda Mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan paytda Qoʻshma Shtatlarda rasmiy davlat bayrogʻi boʻlmagan. Buyuk Ittifoq bayrogʻi anʼanaviy ravishda „Birinchi milliy bayroq“ deb ataladi, garchi u hech qachon rasmiy maqomga ega boʻlmagan, lekin Jorj Vashington tomonidan Inqilobiy urushda ishlatilgan va AQShning birinchi rasmiy bayrogʻi dizayni uchun asos boʻlib xizmat qilgan.

Bayroq evolyutsiyasi

tahrir
Yulduzlar soni Rasmi Yangi qoʻshilgan shtatlar nomi Foydalanilgan sanasi Davomiyligi:
yillarda
(oylarda)
0 0   Buyuk Britaniya mustamlakasiga qarshi, mustaqillik uchun kurash paytida foydalanilgan bayroq koʻrinishi 3-dekabr 1775 — 14-iyun 1777 1,5
(18)
1 13  
 
 
 
 
 
Delaver, Pensilvaniya, Nyu-Jersi,
Jorjiya, Konnektikut, Massachusets,
Merilend, Janubiy Karolina, Nyu-Gempshir,
Virginiya, Nyu-York, Shimoliy Karolina,
Rod-Aylend
14-iyun 1777 — 1-may 1795 18
(215)
2 15  
 
Vermont, Kentukki 1-may 1795 — 3-iyul 1818 23
(278)
3 20  
 
Tennessi, Ogayo, Luiziana,
Indiana, Missisipi
4-iyul 1818 — 3-iyul 1819 1
(12)
4 21   Illinoys 4-iyul 1819 — 3-iyul 1820 1
(12)
5 23   Alabama, Men 4-iyul 1820 — 3-iyul 1822 2
(24)
6 24   Missuri 4-iyul 1822 — 3-iyul 1836 14
(168)
7 25  
 
 
Arkanzas 4-iyul 1836 — 3-iyul 1837 1
(12)
8 26  
 
Michigan 4-iyul 1837 — 3-iyul 1845 8
(96)
9 27   Florida 4-iyul 1845 — 3-iyul 1846 1
(12)
10 28   Texas 4-iyul 1846 — 3-iyul 1847 1
(12)
11 29  
 
Ayova 4-iyul 1847 — 3-iyul 1848 1
(12)
12 30   Viskonsin 4-iyul 1848 — 3-iyul 1851 3
(36)
13 31   Kaliforniya 4-iyul 1851 — 3-iyul 1858 7
(84)
14 32   Minnesota 4-iyul 1858 — 3-iyul 1859 1
(12)
15 33  
 
 
 
Oregon 4-iyul 1859 — 3-iyul 1861 2
(24)
16 34  
 
Kanzas 4-iyul 1861 — 3-iyul 1863 2
(24)
17 35  
 
G'arbiy Virginiya 4-iyul 1863 — 3-iyul 1865 2
(24)
18 36  
 
Nevada 4-iyul 1865 — 3-iyul 1867 2
(24)
19 37  
 
 
Nebraska 4-iyul 1867 — 3-iyul 1877 10
(120)
20 38  
 
Kolorado 4-iyul 1877 — 3-iyul 1890 13
(156)
21 43   Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Montana,
Vashington, Aydaxo
4-iyul 1890 — 3-iyul 1891 1
(12)
22 44   Vayoming 4-iyul 1891 — 3-iyul 1896 5
(60)
23 45   Yuta 4-iyul 1896 — 3-iyul 1908 12
(144)
24 46   Oklaxoma 4-iyul 1908 — 3-iyul 1912 4
(48)
25 48   Nyu-Meksiko, Arizona 4-iyul 1912 — 3-iyul 1959 47
(564)
26 49   Alyaska 4-iyul 1959 — 3-iyul 1960 1
(12)
27 50   Gavayi 4-iyul 1960 — hozirgi vaqtgacha 64
(771)

Manbalar

tahrir
  1. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  2. „arxiv nusxasi“. 2011-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.