Amir Haydar madrasasi – Samarqand madrasasi. Madrasa 1813-yil Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar tomonidan bunyod etilgan. Madrasa Samarqand shahrining ichkarisida, Shayboniyxon madrasasining janubida, Sayyid Ahmadxoja madrasasining shimoliy tarafida boʻlgan. Abu Tohirxoja „Samariya“ asarida madrasani „Oliy madrasa“ sifatida tilga olgan va quyidagicha yozib qoldirgan: "Amir Sayyid laqabi bilan mashhur, sunnatlarga amal qiluvchi, ulamolar ustozi, moʻminlar amiri hazrat Amir Haydar uning vaqfini yigʻib, oʻsha qabrning shimolida kichik bir madrasa soldirdi. Hozirgi vaqtda dars oʻtiladi va hujralarida talabalar yashaydi". Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Tadqiqotchi Komiljon Kattayev ushbu madrasani Samarqand Arki ichkarisida va mamlakatning yangi hukmdori taxtga oʻtiradigan „Koʻktosh“ mavzesi qarshisida joylashgan deb yozgan. Madrasa hijriy 1228-yil (milodiy 1813-yil) bunyod etilgan. Madrasa Samarqand shahridagi 4-darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba yashagan. Amir Haydar Buxoro va Qarshida ham madrasalar qurdirgan. U bir qancha madralarni taʼmirlaydi va vaqf mulklarini tiklaydi[1]. Samarqand shahrini obodonlashtirish maqsadida koʻplab ishlar olib boradi. Amir Haydar taʼlim tizimining uzviyligini taʼminlash maqsadida oliy madrasalardagi oʻquv jarayoni va mudarrislar faoliyatini oʻz nazorati ostiga olgan. Amir Haydar koʻplab shogirtlar tarbiyalagan. Manbalarda qayd etilishicha, Amir Haydarning 400-500 nafar talaba shogirtlari boʻlgan[2]. Amir Haydar madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Madrasa
Amir Haydar madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Haydar
Homiylar Amir Haydar
Binokorlik 1813-yil—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Manbalar

tahrir
  1. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet. 
  2. Zamonov A. Oʻrta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim nomaʼlum sahifalari. Toshkent: Bayoz, 2020 — 144-bet.