Anıtkabir
Bu maqola ayni damda FreetimeeditorII tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 16:32, 17-dekabr 2024 (UTC) (67 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Anıtkabir — Turkiyaning poytaxti Anqara shahrining Çankaya tumanida joylashgan Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürkning qabri joylashgan maydon. Meʼmorlari Emin Onat va Orhan Arda boʻlgan ushbu majmuaning qurilishi 1944-yil 9-oktabr kuni boshlanib, 1953-yil oktabrda tamomlangan. 1953-yil 10-noyabr, Mustafa Kemal Atatürkning vafot etgan kunida rasmiy ochilish marosimi oʻtkazilgan. Majmua turli inshootlar va yodgorliklardan, xususan, birinchi prezident maqbarasidan, shuningdek, Tinchlik parki (Barış Parkı) deb nomlangan oʻrmonli hududdan iborat[1].
Anıtkabir | |
---|---|
Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürkning maqbarasi Anıtkabirning koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Maqbara |
Shahar | Anqara |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 39°55′30″N 32°50′13″E / 39.92500°N 32.83694°E |
Qurilishi boshlangan | 1944-yil 9-oktabr |
Qurilishi tugagan | 1953-yil 10-noyabr |
Egasi | Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi |
Boshqa oʻlchamlari | 72 × 52 × 17 m (maqbara binosi) |
Texnik holati | |
Material | Beton, marmar va ohaktoshli tuf |
Binoning ichki maydoni | 750.000 m2 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor |
Emin Onat Orhan Arda |
anitkabir.tsk.tr | |
Anıtkabir |
Prezident Mustafa Kemal 1938-yil 10-noyabr kuni vafot etganidan soʻng, uning jasadi Anqarada biror maqbara qurilgunga qadar Turkiya etnografiya muzeyida saqlanishi eʼlon qilindi. Maqbara qurilishi kerak boʻlgan hududni aniqlash uchun hukumat tomonidan alohida komissiya tuzildi. Tayyorlangan hisobotga koʻra, Respublika Xalq partiyasi deputatlar guruhining 1939-yil 17-yanvardagi yigʻilishida maqbara majmuasini Rasattepeda qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan soʻng 1941-yil 1-martda binoning loyihasini tayyorlash uchun xalqaro loyiha tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilindi va maqbara qurilishi kerak boʻlgan hududlarda qurilishga qadar boʻlgan tekshiruv ishlari oʻtkazildi. 1942-yil 2-martda tanlov yakunlandi va baholashlar natijasida Emin Onat va Orhan Ardaning loyihasi baʼzi oʻzgarishlar bilan amalga oshirilishiga qaror qilindi va qurilish 1944-yil 9-oktabrda oʻtkazilgan tamal toshi qoʻyish marosimi bilan boshlandi. Maqbara qurilishi toʻrt qismga boʻlib amalga oshirildi va baʼzi muammolar va kamchiliklar tufayli rejalashtirilgan vaqtdan kechroq, 1953-yil oktabr oyida yakunlandi. Xatto, qurilish ishlari davom etayotgan bir vaqtda ham, loyiha rejalari bir necha marta oʻzgartirildi. 1953-yil 10-noyabrda Atatürkning jasadi ushbu majmua hududiga koʻchirib kelindi va maqbaraga dafn etildi. Keyinchalik boshqa siyosatchilar ham ushbu majmuaga dafn etilishdi. Jumladan, 1966-yilda Cemal Gürsel, 1973-yilda İsmet İnönü va boshqa shaxslar. Ammo 1988-yil Kenan Evren „Anıtkabir Atatürk uchun, qabriston boʻlishi mumkin emas“, deb aytdi va Cemal Gürsel va 1960-1963-yillarda dafn etilgan yana oʻn bir kishining jasadlari Anıtkabirdan olib tashlandi[2].
Anitkabir majmuasining asosiy qismi Şeref Holü deb ataladi va u yerda Atatürkning qabr toshi joylashgan boʻlib, Mustafa Kemalning jasadi ushbu qabr toshning ostida joylashgan. Majmuaga kirish "Aslanlı Yol" deb nomlangan ikki tomoniga daraxtlar ekilgan yoʻldan boshlanadi va bu yoʻl marosimlar oʻtkaziladigan toʻrtburchaklar maydonga olib boradi. "Aslanlı Yol"ning toʻrt tomoni marosim maydonining chiqish qismi va burchaklari, 10 ta minora, 2 ta haykallar majmuasi va Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyidan iborat. Anıt Bloku (maqbara bloki) deb nomlangan ushbu inshootlarning barchasi Tinchlik parki (Barış Parkı) deb nomlangan oʻrmonli maydon bilan oʻralgan. Maqbaraning temir-betonli qismida marmar va ohaktoshli tufdan keng foydalanilgan. Ikkinchi milliy arxitektura harakati uslubida qurilgan binoda, bugungi Turkiya hududida mavjud boʻlgan tarixiy Xett podsholigi, Qadimgi Yunoniston, Saljuqiylar va Usmonlilar davlatlari meʼmoriy maktabidan foydalanilgan[3].
Anitkabirdagi barcha xizmat va ishlarning olib borilishi Turk Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga tegishli boʻlib, majmuada oʻtkaziladigan faoliyatlar qonun bilan tartibga solinadi. Har yili Turkiyada milliy bayramlar va Ataturk vafoti munosabati bilan 10-noyabr kuni hukumat tomonidan Anitkabirda rasmiy xotirlash marosimlari oʻtkaziladi. Anitkabir chet el hukumati vakillarining Turkiyaga rasmiy tashriflarida vaqti-vaqti bilan tashrif buyuriladigan va rasmiy marosimlar oʻtkaziladigan joydir[4].
Tarix
tahrirMaqbara joylashuvini aniqlash
tahrir1938-yil 10-noyabrda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürk Dolmabahçe saroyida vafot etganidan soʻng, matbuotda uning dafn etiladigan joyi haqida koʻplab munozaralar boshlanib ketdi. Hukumat tomonidan 13-noyabr kuni amalga oshirilgan matbuot yigʻilishida, Atatürk uchun maqbara qurilganiga qadar uning jasadi Turkiya Etnografiya muzeyida qolishi haqida qaror qabul qilingani eʼlon qilindi. Uning janozasi 19-noyabr kuni Anqara shahriga olib borildi va 21-noyabr kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosim bilan muzeyga qoʻyildi[5].
Maqbaraning joylashishini aniqlash uchun tuzilgan komissiya xorijlik arxitektorlar hayʼatining fikrini oʻrganib, hisobot tayyorladi[6][7]. 24-dekabr kuni Vazirlar Kengashi mazkur hisobotni tekshirish uchun Respublika Xalq partiyasi deputatlik guruhiga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi[7][8]. 1939-yil 3-yanvarda boʻlib oʻtgan parlament guruhi yigʻilishida tegishli hisobotni tekshirish vazifasi yuklangan 15 kishidan iborat Respublika Xalq partiyasidan komissiyasi tuzildi[9][10]. Koʻplab hududlarda tekshirishlarni amalga oshirgan hay’at, maqbaraning qurilish joyi sifatida Anqara shahrining Çankaya tumanida joylashgan Rasattepeni belgiladi[11]. Birinchi bosqichda maqbara quriladigan yerning bir qismi xususiy shaxslarga tegishli boʻlganligi sababli, 1939-yil iyun oyida hududni davlat hisobiga sotib olish boshlandi[4].
Loyiha bosqichi
tahrirRespublika Xalq partiyasi deputatlaridan tashkil topgan va Anitkabir quriladigan yerlarni oʻzlashtirish vazifasi yuklangan hay’at 1939-yil 6-oktabrda Anitkabir loyihasini amalga oshiradigan meʼmorlarni aniqlash uchun xalqaro loyiha tanlovi tashkil etishga qaror qildi[4]. Hay’at tomonidan 1941-yil 18-fevralda eʼlon qilingan bildirishnoma bilan 1941-yil 31-oktabrda yakunlanadigan loyiha tanlovini tashkil etishga qaror qilinganligi eʼlon qilindi[4]. Tanlov 1941-yil 1-mart kuni boshlandi. Shartnomaga koʻra, kamida uch kishidan iborat hakamlar hay’ati birinchi oʻrin uchun hukumatga uchta loyiha taklif qiladi va hukumat shu loyihalardan birini tanlaydi[4]. Ushbu tanlov reja boʻyicha 1941-yilning oktabr oyida tamomlanishi kerak edi, ammo hakamlar hay’ati loyihani kim yutganligini baholay olmagani uchun 25-oktabrda loyiha 1942-yil 2-martga qadar uzaytirildi[4]. Tanlov davom etayotgan vaqtda Ivar Tengbom, Károly Weichinger va Paul Bonatz hakamlar hay’atiga qoʻshilgan boʻlsa, Arif Hikmet Holtay, Muammer Çavuşoğlu va Muhlis Sertel tanlov yakunlanganidan soʻng, hakamlar hay’atiga qoʻshilgan[4].
Ushbu tanlovga Turkiyadan 25 ta, Germaniyadan 11 ta, Italiyadan 9 ta, Avstriya, Chexoslovakiya, Fransiya va Shveysariyadan 1 ta jami 49 ta loyiha yuborildi[4]. Turli sabablarga koʻra diskvalifikatsiya qilingan loyihalardan soʻng, 1942-yil 11-martda hakamlar hay’atiga baholanishi kerak boʻlgan 47 ta loyiha taqdim etildi. 21-mart kuni oʻz ishini yakunlagan hakamlar hay’ati baholarini oʻz ichiga olgan hisobotni Vazirlikka taqdim etdi[4]. Hukumat taklif etilgan hisobotdan Johannes Krüger, Arnaldo Foschini va Emin Onat bilan Orhan Ardaning loyihalarini tanlab oldi[4]. Har uchala loyiha ham toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish uchun mos emasligi, ularni qayta koʻrib chiqish va ayrim oʻzgartirishlar kiritish zarurligi taʼkidlandi[4]. Shuningdek, Hamit Kemali Söylemezoğlu, Kemal Ahmet Arû bilan Recai Akçay, Mehmet Ali Handan bilan Feridun Akozan, Giovanni Muzio, Roland Rohn va Giuseppe Vaccaro bilan Gino Franzining loyihalariga ham faxriy yorliqlar berish kerakligi aytib oʻtildi[4]. Tayyorlangan hisobotning qisqacha mazmuni 23-mart kuni Vazirlik tomonidan jamoatchilikka bildirildi[4].
Prezident İsmet İnönü raisligida 7-may kuni yigʻilgan Vazirlar Kengashida Onat va Ardaning loyihasi tanlov gʻolibi sifatida eʼlon qilindi. Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan tavsiya etilgan qolgan ikkita loyiha ikkinchi oʻringa loyiq deb topilgan boʻlsa, yana beshta loyiha faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ammo hukumat hech bir loyiha amalga oshirilmasligini aytib oʻtdi. Hukumatning 9-iyun kungi bayonoti bilan bu qaror oʻzgartirildi va Onat va Ardaning loyihasi baʼzi oʻzgarishlardan soʻng amalga oshirilishi maʼlum qilindi. Ammo koʻplab tanqidlar ham boʻlib oʻtdi. 1943-yil 5-aprelda Bosh vazirlik Onat va Ardaga hakamlar hay’atining tanqidiga binoan olti oy ichida yangi loyiha tayyorlashlari kerakligini maʼlum qildi. Bosh vazirlik Anitkabir komissiyasi 1943-yil 18-noyabrdagi qarori bilan ikkinchi loyiha amalga oshirilishiga qaror qilindi. Qurilish ishlarini olib borish vazifasi 20-noyabr kuni Jamoat ishlari vazirligiga berildi[4]. Ushbu qarordan keyin Onat va Arda tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar bilan yaratilgan uchinchi loyiha, 1944-yil 4-iyulda meʼmorlar va vazirlik oʻrtasida imzolangan shartnoma bilan amalga oshirish bosqichini boshladi[4].
Qurilish bosqichi
tahrirBirinchi va ikkinchi bosqich
tahrirAnıtkabir qurilgunga qadar Rasattepe daraxti boʻlmagan taqir yer edi. Qurilish poydevori qoʻyilmasidan oldin, 1944-yil avgust oyida hududni oʻrmonlashtirish uchun 80,000 liralik suv taʼminoti yaxshilash ishlari olib borildi. Anitkabir va uning atrofini landshaft rejalashtirish ishlari 1946-yilda Sadri Aran rahbarligida boshlangan[4][12]. Aran tomonidan tayyorlangan reja asosida olib borilgan koʻkalamzorlashtirish ishlari doirasida daraxt oʻstirish, tuproqni tekislash, koʻchat oʻtqazish ishlari olib borilib, 1953-yilda maqbara ochilganidan keyin ham daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari muntazam davom ettirildi[4].
Xayri Kayadelenga tegishli Nurhayr kompaniyasi 1944-yil 4-sentabrda Jamoat ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan qurilishning birinchi qismi uchun tenderda gʻolib chiqdi va qurilish maydonchasidagi tuproq tekislash ishlarini va koʻkalamzor devor qurilishini oʻz ichiga oladi. 1944-yil 9-oktabrda oʻtkazilgan Anitkabirning poydevor qoʻyish marosimida bosh vazir, vazirlar, fuqarolar va harbiy byurokratlar ishtirok etdi[13]. 12-oktabr kuni hukumat Anitkabir qurilishi uchun mablagʻ ajratish qonun loyihasini tayyorladi. Vazirlik tomonidan 1-noyabr kuni parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasiga koʻra, Jamoat ishlari vazirligiga 1945-1949-yillar oraligʻida har yili 2.500.000 liragacha mablagʻ ajratildi[14]. Parlamentning Byudjet qoʻmitasida 18-noyabr kuni muhokama qilingan va qabul qilingan qonun loyihasi 22-noyabr kuni parlament Bosh assambleyasida qabul qilingan va T.C. Resmî Gazeteda eʼlon qilinganidan keyin kuchga kirdi[15].
Dastlab qurilishning nazorati va muhandislik xizmatlari Jamoat ishlari vazirligiga qarashli Qurilish ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa-da, 1945-yil may oyi oxirida Orhan Ardaga qurilishni nazorat qilish va davomli qurilish ishlarini boshqarish vazifasi yuklatildi. Dastlab qurilish boshligʻi sifatida Ekrem Demirtaş keltirildi. U ishdan olingach, Ekremning vazifasi Sabiha Güraymanga topshirildi[16]. 1945-yilda qurilishning birinchi qismi yakunlanar ekan, Turk tarixi uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan qazishmalarda koʻp tarixni boshidan kechirgan Rasettepe hududidan Friglar davriga oid arxeologik topilmalarga duch kelindi[17].
Rar Turk nomli shirkat maqbara va tantanalar maydoni atrofidagi binolarni oʻz ichiga olgan qurilishning ikkinchi bosqichi uchun 1945-yil 18-avgustda oʻtkazilgan tenderda gʻolib chiqdi. 1945-yil 20-sentabrda vazirlik va shirkat oʻrtasida shartnoma imzolandi[18]. Qurilish yerida tuproq ishlari, poydevor qismini boshlash, temir-beton ishlari amalga oshirilib, ikkinchi bosqich kechroq, 1947-yilda boshlandi[18]. Anitkabir qurilishida foydalaniladigan tosh va marmarlar mamlakatning turli hududlaridan keltirildi. Qurilish uchun mamlakatda yetarli darajada tosh ishlab chiqarish mavjud emasligi sababli, butun Turkiya boʻylab yangi karerlar qidirildi va aniqlangan karerlarni ochish bilan bir qatorda toshlarni qazib olish uchun ham ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi[19].
Jamoat ishlari vazirligining 18-dekabrdagi qaroriga koʻra, Hamdi Peynircioğlu 1945-yil 23-yanvarda Anitkabir majmuosining zilzila va tuproq mexanikasi tadqiqotlari uchun Qurilish ishlari boshqarmasi tomonidan ochilgan tenderda gʻolib chiqdi. Ushbu tadqiqotlarning hisoboti 1945-yil 20-may kuni, tuproq va yer osti suvlarining kimyoviy xossalarini oʻz ichiga olgan tahlil hisoboti esa 1945-yil 1-dekabr kuni eʼlon qilindi[20]. Hisobotda binoning poydevor tizimini oʻzgartirish kerakligi haqidagi yozilgan edi va ushbu fikrdan kelib chiqib, Jamoat ishlari vazirligi ushbu bino poydevorini oʻzgartirishni talab qildi[21]. Hisobotdan keyin loyihada amalga oshiriladigan oʻzgarishlar, Onat bilan Arda va vazirlik oʻrtasida qonuniy belgilab qoʻyildi[22]. Poydevorni oʻzgartirish qarori qabul qilingani uchun meʼmorlar tomonidan yangi bir loyiha yaratildi[23]. Bu oʻzgarishdan soʻng, Rar Turk shirkati meʼmorlar kerak boʻlgandan koʻproq material sotib olganliklari va keyinchalik duch kelingan byurokratik muammolar tufayli zarar koʻrganliklarini aytib, oʻz xizmat narxlarini oshirdilar. Shu sababli, qurilish 1948-yilning mayigacha toʻxtab qoldi[4].
1950-yil 14-mayda Turkiyadagi saylovlardan keyin hokimiyatga kelgan Demokratik partiya hukumati qurilishni tezroq yakunlash va baʼzi oʻzgartirishlar kiritish bilan bir oz tejamkorlik qilish maqsadida maxsus komissiya tuzdi[24]. Loyihaga kiritilishi moʻljallangan oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan komissiya hisoboti 1950-yil 29-noyabrdagi Vazirlar Kengashi yigʻilishida qabul qilindi[25].
Uchinchi va toʻrtinchi bosqich
tahrirHali ikkinchi bosqich davom etayotgan vaqtda uchinchi bosqichni amalga oshiradigan shirkatni aniqlash uchun tender eʼlon qilindi. Tender 1950-yil 11-sentabrda yakunlandi va uchinchi bosqichni tenderda gʻolib boʻlgan Amaç Ticaret shirkati amalga oshiradigan boʻldi. Inshootning bu bosqichida Anitkabirga olib boradigan yoʻllar, Aslanlı Yoli, marosim maydonining tosh yotqizish ishlari, maqbara binosining yuqori qavatining tosh qoplamasi, zinapoyalarni qurilishi va maqbara toshi oʻrnatilishi amalga oshirilishi kerak edi[26]. 1951-yil 6-iyunda amalga oshirilgan qurilishning toʻrtinchi va yakuniy bosqichi boʻyicha tenderda Muzaffer Budak shirkati gʻolib chiqdi. Qurilishning toʻrtinchi bosqichi Şeref Holü (Sharaf zali) va uning atrofini qurish va marmar ishlarini olib borishdan iborat edi. Ushbu bosqichda ishlatilgan mahsulotlar Kayseri, Hasandere, Hatay, Afyonkarahisar, Çanakkale, Adana, Haymana, Polatlı ve Gavur Dağlarıdan keltirilgan[27][28].
Anitkabirdagi muzey boʻlimiga kiritiladigan haykallar, relyef, yozuvlar va buyumlarni aniqlash uchun tuzilgan komissiya, 1951-yil 31-avgustdagi yigʻilishida Ataturkning hayoti va Kurtuluş Savaşı va Ataturk inqiloblari bilan bogʻliq harakatlarini hisobga olgan holda muzeyga kiritiladigan narsalarni tanlash kerakligi haqida qaror qilindi. Yozuvlar va haykallarni, shuningdek, relyefni aniqlashtirish uchub ikkita boshqa kichik komissiya tuzuldi[29]. 1951-yil 1-sentabrdagi yigʻilishda Anitkabirdagi minoralar, yozuvlar, haykallar va boʻrtmalarning qanday xususiyatga ega boʻlishi kerakligi belgilab olindi[30]. 1952-yil 7-yanvarda boʻlib oʻtgan yi’gilishda, yozuvlardan mas’ul boʻlgan komissiya majmuadagi matnlarga faqat Ataturkning soʻzlarini kiritishga qaror qilinganligini eʼlon qildi[31].
1952-yil 19-yanvarda faqat turk haykaltaroshlari qatnashgan 19 ta haykal va relyeflar yasash boʻyicha oʻtkazilgan tanlov oʻz nihoyasiga yetdi. 1952-yil 26-yanvarda eʼlon qilingan natijalarga koʻra, majmuaga kirishdagi erkak va ayol haykallar guruhi va ikki tomoni daraxt bilan qoplangan yoʻldagi sher haykallarini Hüseyin Anka Özkan, maqbaraga kirish yoʻlidagi zinapoya atrofidagi Sakarya jangiga oid qabartma naqshni İlhan Koman, chap tomonda joylashgan Başkomutanlık jangiga oid qabartma naqshni va İstiklâl, Mehmetçik va Hürriyet minoralaridagi qabartmalarni Zühtü Müridoğlu, notiqlik minbari va bayroqning ustuni ostidagi qabartmalarni Kenan Yontunç, İnkılap, Barış, Müdafaa-ı Hukuk va Misak-ı Millî minoralaridagi qabartmalarni Nusret Suman amalga oshirishiga qaror berildi. Cumhuriyet va Zafer minoralari uchun „mavzuni muvafaqqiyatli ifodalab beradigan“ asar mavjud emasligi uchun minoralarga qabartma qilinishidan voz kechildi[32].
1953-yil 26-oktabrda Anıtkabir majmuasi qurilish ishlari tamomlanganligi ommaga eʼlon qilindi[4][33]. Qurilish oxirida loyihaning umumiy qiymati taxminan 20 million liraga yetdi va loyiha uchun ajratilgan 24 million liralik byudjetdan taxminan 4 million lira iqtisod qilib qolindi[34]. 1953-yil 10-noyabr kuni ertalab Etnografiya muzeyidan olingan Ataturk jasadi solingan tobut tantanali ravishda majmuaning maqbara binosiga dafn etildi[4][12]. Inshoot tamomlangan vaqtda uning umumiy maydoni 670,000 m2 boʻlgan boʻlsa, 1964-yil va 1982-yillarda amalga oshirilgan kengaytirishlardan soʻng, Anitkabir majmuasi hududi bugungi kungi holatga keldi[4].
Keyingi yillardagi oʻzgarishlar
tahrir1960-yil 3-iyun kuni Milliy birlik qoʻmitasi tomonidan chiqarilgan bildirishnoma bilan 1960-yil 28-apreldan 27-maygacha boʻlgan „ozodlik namoyishlari“ („özgürlük uğruna yaptıkları gösteriler“) chogʻida halok boʻlgan 5 nafar „Ozodlik shahidi“ („Hürriyet Şehidi“) 1960-yil 10-iyun kuni Anitkabirga dafn qilindi[4]. 1963-yil 20-maydagi harbiy toʻntarish chogʻida yuz bergan toʻqnashuvlarda halok boʻlgan hukumatga bogʻliq 6 kishi Milliy xavfsizlik kengashining 1963-yil 23-maydagi yigʻilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, 1963-yil may oyida Anitkabirga dafn etildi[4]. Turkiyaning toʻrtinchi prezidenti Cemal Gürsel 1966-yil 14-sentabrda vafot etganidan soʻng, 1966-yil 15-sentabrdagi Vazirlar Kengashi qaroriga muvofiq 18-sentabr kuni Cemal Gürselning jasadi Anitkabirdagi „Hürriyet Şehitliği“ hududiga dafn etildi[4]. 1973-yil 25-dekabr kuni Turkiyaning ikkinchi prezidenti İsmet İnönü vafot etdi va 28-sentabrda tashkillashtirilgan davlat marosimida Anitkabir majmuasiga dafn etildi[4].
1980-yil 12-sentabrdagi davlat toʻntarishidan soʻng hukumat tepasiga kelgan Kenan Evren tashabbusi bilan qonun ishlab chiqildi. 1981-yil 10-noyabrda kuchga kirgan qonun bilan Anitkabirda Otaturkdan tashqari faqat Inönüning qabri qolishi kerakligi belgilab qoʻyildi[4][35]. Qonun tayyorlanayotgan vaqtda Inönüning jasadi Davlat qabristoniga koʻchirilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, İnönü oilasi jasadning Anitkabirda qolishi kerakligi haqidagi fikrini bildirganidan soʻng, qonun shu fikrga tayanib qabul qilingan[36]. Anitkabirda 1960-yil 27-maydan 1963-yil 21-mayga qadar dafn etilgan 11 kishining qabri 1988-yil 24-avgust kuni ochilib, jasadlar Cebeci Askerî Şehitliği qabristoniga, Cemal Gürselning qabri 1988-yil 27-avgust kuni ochilib, 30-avgust kuni Devlet Mezarlığıga dafn qilindi[4].
1977-yilda Şeref Holü romlariga oyna oʻrnatildi[28]. Ataturk tavalludining 100 yilligiga toʻgʻri kelgan va 1981-yilda Turkiyaning 67 viloyati bilan bir qatorda Kiprdan olib kelingan tuproqlar Ataturkning qabr toshi atrofidagi mis vazalarga qoʻyildi. Viloyatlar soni ortgan sayin tuproq bilan toʻldirilgan mis vazalar soni ham ortib, Ozarbayjondan kelgan tuproq bilan bu raqam vaqt oʻtishi bilan 83 taga yetdi[12]. Shu yili, Şeref Holüning ichki qismiga, eshikning oʻng tomonidagi devorga Mustafa Kemalning turk qoʻshiniga soʻnggi xabari, chap tomonidagi devorga esa İnönüning Ataturk vafot etganidan soʻng, 1938-yil 21-noyabr kuni turk millatiga bildirgan taʼziya xabari matni yozildi[12].
Munozaralardan keyin, maqbara ostidagi hudud muzey sifatida tashkil etilishi belgilandi va 2002-yil 26-avgust kuni Atatürk ve Kurtuluş Savaşı nomi bilan muzey tashkil etildi[37].
Meʼmoriy uslubi
tahrirMajmuoning joylashuvi va rejasi
tahrirAtatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ The list (Wayback Machine saytida 2013-10-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ Boran 2011a, s. 151.
- ↑ Boran 2011a, s. 154.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 4,25 4,26 Boran 2011b.
- ↑ Boran 2011a, ss. 149–150.
- ↑ Anıt-Kabir yerini tespit hazırlığı (8 aralık 1938), s. 1.
- ↑ 7,0 7,1 Wilson, Christopher S. (2009). „Representing National Identity and Memory in the Mausoleum of Mustafa Kemal Atatürk“. Journal of the Society of Architectural Historians. Berkeley, Kaliforniya: University of California Press. 224–253-bet. JSTOR 10.1525/jsah.2009.68.2.224.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|cilt=
ignored (|volume=
suggested) (yordam); Unknown parameter|month=
ignored (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam) - ↑ Boran 2011a, ss. 158–161.
- ↑ Atatürk Anıt-Kabri. Anadolu Ajansı (25 aralık 1938), s. 2.
- ↑ Atatürk kabrı. Anadolu Ajansı (25 aralık 1938), s. 2.
- ↑ Boran 2011a, s. 157.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 Wilson 2015.
- ↑ Boran 2011b, ss. 128.
- ↑ Boran 2011b, ss. 129.
- ↑ Boran 2011b, ss. 129, 131.
- ↑ Boran 2011b, ss. 149–150.
- ↑ Boran 2011a.
- ↑ 18,0 18,1 Boran 2011b, ss. 150–151.
- ↑ Boran 2011b, ss. 152–153.
- ↑ Boran 2011b, ss. 136–138.
- ↑ Boran 2011b, ss. 138–139.
- ↑ Boran 2011b, ss. 140–141.
- ↑ Boran 2011b, ss. 141–146.
- ↑ Boran 2011b, ss. 165–166.
- ↑ Boran 2011b, ss. 166–167.
- ↑ Boran 2011b, s. 190.
- ↑ Boran 2011b, s. 194.
- ↑ 28,0 28,1 Genelkurmay 1994.
- ↑ Boran 2011b, s. 171.
- ↑ Boran 2011b, ss. 171–172.
- ↑ Boran 2011b, s. 172.
- ↑ Boran 2011b, ss. 172–176.
- ↑ Çakmakoğlu Kuru 2017.
- ↑ Boran 2011b, s. 168.
- ↑ „Devlet Mezarlığı Hakkında Kanun“ (10 kasım 1981), s. 3. 18-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Evren, Kenan. İnönü'nün durumu, s. 9.
- ↑ „Anıtkabir'e yeni müze“. Türkiye. 2020-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
tahrir- Alpat, İnönü. 50. Yılda 50 Eser. Ankara: Mattek Matbaa, Aprel 2007 — 40-47-bet.
- Elvan, Altan Ergut (10 Kasım 2009). "Anıtkabir Yapı Kompleksi". TMMOB Mimarlar Odası Ankara Şubesi Bina Kimlikleri Çalışma Grubu 4. Archived from the original on 23 Mart 2020. https://web.archive.org/web/20200323080610/http://www.mimarlarodasiankara.org/_media/6/5513.pdf.
- Boran, Tunç (2011). „Anıtkabir'in inşa edildiği Rasattepe'nin tespit edilme süreci ve morfolojik değişimi“. İdealkent. Ankara. 148–173-bet. ISSN 1307-9905.
{{cite magazine}}
: External link in
(yordam); Unknown parameter|arşivurl=
|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|arşivurl=
ignored (|archive-url=
suggested) (yordam); Unknown parameter|cilt=
ignored (|volume=
suggested) (yordam); Unknown parameter|kaynak=
ignored (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); Unknown parameter|ölüurl=
ignored (|url-status=
suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - Boran, Tunç (2011b). Mekân ve Siyaset İlişkisi Bağlamında Anıtkabir (1938-1973) (Thesis). Ankara: Ankara Üniversitesi Türk İnkılâp Tarihi Enstitüsü. 25 Ocak 2021da asl nusxadan arxivlandi.
{{cite thesis}}
: Unknown parameter|kaynak=
ignored (yordam); Unknown parameter|tip=
ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - Can Bilge, Nevin Aslı (2018). „Anıtkabir yarışması bağlamında Paul Bonatz'a dair bir okuma“. Art - Sanat Dergisi. 293–310-bet. ISSN 2148-3582. 31 Aralık 2019da asl nusxadan arxivlandi.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|kaynak=
ignored (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); Unknown parameter|ölüurl=
ignored (|url-status=
suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - Çakmakoğlu Kuru, Alev (2017). „Anıtkabir'deki renkli taş süslemeler -İkonografik bir yaklaşım-“. Sanat Tarihi Dergisi. 69–93-bet. doi:10.29135/std.290790. ISSN 1300-5707.
{{cite magazine}}
: External link in
(yordam); Unknown parameter|arşivurl=
|arşivtarihi=
ignored (|archive-date=
suggested) (yordam); Unknown parameter|arşivurl=
ignored (|archive-url=
suggested) (yordam); Unknown parameter|cilt=
ignored (|volume=
suggested) (yordam); Unknown parameter|kaynak=
ignored (yordam); Unknown parameter|month=
ignored (yordam); Unknown parameter|sayı=
ignored (|issue=
suggested) (yordam); Unknown parameter|ölüurl=
ignored (|url-status=
suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|archivedate=
(yordam) - Gülekli, Nurettin Can. Anıtkabir Rehberi. Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1973. ISBN 9789751712462.
- Anıtkabir Tarihçesi. Genelkurmay Basımevi, 1994.
- Kuban, Doğan „Erken Cumhuriyet Dönemi Mimarlığı“, . 100 Yılda İki Mimar: Emin Onat ve Sedad Hakkı Eldem Sempozyumu. İstanbul: Mimarlar Odası İstanbul Büyükkent Şubesi, 2010 — 100-106-bet. ISBN 9944898880.
- Andoza:Tez kaynağı
- Wilson, Christopher S.. Anıtkabir'in Ötesi: Atatürk'ün Mezar Mimarisi. Koç Üniversitesi Yayınları, 2015. ISBN 9786055250485.