Anar
Anor | |
---|---|
Asl ismi | Anor Rzayev |
Tavalludi |
14-mart 1938 |
Ijod qilgan tillari | ozarbayjoncha |
Fuqaroligi | Ozarbayjon SSR, Ozarbayjon Respublikasi |
Yoʻnalish | Nasr (proza) |
Faoliyat yillari | 1960-yillardan hozirgacha |
Janr | Romannavislik, qissanavislik, ssenariynavislik |
Mukofotlari |
Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976) Ozarbayjon Davlat mukofoti (1980) “Istiglal” ordeni (1998) |
Anor Rasul oʻgʻli Rzayev (ozarbayjoncha: Anar Rəsul oğlu Rzayev) Anor nomi bilan tanilgan (1938-yil 14-mart, Boku, Ozarbayjon SSR) — ozarbayjonlik yozuvchi, dramaturg, kinorejissyor, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi. Anor asosan romannavis va qissanavis ijodkor bo‘lsa-da, o‘tmishda u ssenariylar muallifi va filmlarga rejissyorlik qilgan, shuningdek, filmlarda rol o‘ynagan[1].
Oilasi
tahrirAnorning otasi shoir Rasul Rzo, onasi shoira Nigar Rafibeyli. Onasi tomonidan Anor Ozarbayjonning taniqli ijtimoiy va davlat arbobi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasining birinchi sogʻliqni saqlash vaziri va Ganja general-gubernatori Xuddatbey Rafibeylining nabirasi. Otasi tomondan Mammadxonlar oilasidan. Bu familiyalar uning bobosi Chiy va bir necha qishlog‘ining mulkdori Mammadyor o‘g‘li Mammadxon bilan bog‘liqligini anglatadi. 19-asr oʻrtalarida rus askarlari bilan toʻqnashuvdan soʻng bayat qabilasidan boʻlgan Mammadxon zindonga tashlanib, zaharlab oʻldirilgan. Mammadxonning vorisi, Rasulning otasi Ibrohim Mammadxonli Go‘ychoyda savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. 1915-yilda Bokuda vafot etgan, Chambarakandda dafn etilgan[2][3].
1913-yil 29-iyun kuni Ganja shahrida tug‘ilgan Nigar Rafibeyli xonim Ozarbayjondagi mashhur Rafibeylar avlodidan. Uning otasi tomonidan bobosi Alakbarbey Rafibeyli oqsoqol, pedagog, Ozarbayjondagi birinchi siyosiy partiya „Difai“ning asoschilaridan biri.
Alakbarbeyning yolg‘iz o‘g‘li, Nigorxonimning otasi Xudodatbey Ozarbayjondagi ilk oliy maʼlumotli jarrohlardandir. U Xarkov tibbiyot universitetini tamomlab, 17 yil Ganja kasalxonasi bosh shifokori, shifokorlar uyushmasi raisi lavozimlarida ishlagan.
1918-yilda Ganjada mustaqil Ozarbayjon Xalq Respublikasi tashkil etilgach, Xudodatbey Rafibeyli Fatalixon Xoyskin hukumatida birinchi sogʻliqni saqlash vaziri, bir yildan soʻng esa Ganja general-gubernatori lavozimiga tayinlandi. 1920-yil apreldagi bolsheviklar toʻntarishidan soʻng u hibsga olinib, Ganja qoʻzgʻolonini uyushtirganlikda ayblanib, otib tashlandi.
U musiqashunos, sanʼat fanlari doktori Zemfira Safarova bilan turmush qurgan[4]. Ularning ikki nafar farzandi bor bo‘lib, o‘g‘li Tural arabshunos olim, diplomat, Ozarbayjonning Jazoirdagi favqulodda va muxtor elchisi, qizi Gunel turkshunos, jurnalist va yozuvchi, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[5].
Yoshligi va faoliyati
tahrirDastlab Bokudagi 10 yillik musiqa maktabini kumush medalga bitirgan. Turmush o‘rtog‘i Zemfira Safarova bilan maktabda birga tahsil olgan. Boku davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Keyinchalik u Moskvada ekran yozish va prodyuserlik kurslarini tamomlagan[3].
1991-yil mart oyida Anor Ozarbayjon yozuvchilarining IX qurultoyida bir ovozdan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi etib saylandi. 1997-yil 30-oktyabrda boʻlib oʻtgan X qurultoyda bir ovozdan qaytadan rais etib saylandi[6].
Anor 1995 va 2000-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati etib saylangan. Milliy Majlis madaniyat komissiyasining raisi boʻlgan. Ushbu komissiya tomonidan Anor raisligida tayyorlangan madaniy, tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni muhofaza qilish, kinematografiya va boshqa sohalarga oid qonun loyihalari parlament tomonidan qabul qilingan.
1995-yilda Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi aʼzosi boʻldi.
2014-yilda Turkiyaning Eskishehir shahrida bo‘lib o‘tgan Turk dunyosi adabiy jurnallarining VI qurultoyi qarori bilan Anor Turkiy tilli mamlakatlar yozuvchilar uyushmasining birinchi prezidenti etib saylangan.
XX asrning 60-yillaridan buyon yozuvchining 50 dan ziyod asarlari kitob holida chop qilingan[7].
Ijodi
tahrirAnor o‘z ijodini o‘tgan asrning 60-yillarida boshlangan. Asarlari: „Bayram sogʻinchi“ (Bayram həsrətində), „Yomgʻir toʻxtadi“ (Yağış kəsdi), „Oq port“ (Ağ Liman), „Insonning insoni“ (Adamın adamı), „Besh qavatli uyning oltinchi qavati“ (Beşmərtəbəli evin altıncı mərtəbəsi) keyinchalik Tahmina filmi, „Imkoniyat“ (Macal), „Men senga keldim“ (Sizi deyib gəlmişəm), „Sensiz“, „Shaharning yoz kunlari“ (Şəhərin yay günleri), „Mehmonxona xonasi“ (Otel Otağı) va „Men, sen, u va telefon“ (Mən, Sən, O və Telefon).
Turli filmlar, xususan, „Tuproq. Dengiz. O‘t. Samo. (“Torpaq. Dəniz. Od. Səma"), "Kun o‘tdi" ("Gün Keçdi") va Dədə Qorqud filmlari uchun ssenariylar yozgan. Anor „Uzeyirning hayoti“ ("Uzeyir Ömrü") filmiga ssenariy muallifi hamda prodyusserlik qilgan[1].
Mukofotlari
tahrir- Ozarbayjon Ozarbayjon Respublikasining Xalq yozuvchisi
- Ozarbayjon „İstiqlal“ ordeni
- Ozarbayjon „Şöhrət“ ordeni
- Ozarbayjon „Şərəf“ ordeni
- Ozarbayjon Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining shaxsiy stipendiyasi
- Ozarbayjon „Haydar Aliyev mukofoti“
- Ozarbayjon „Humay“ mukofoti
- Ozarbayjon Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomi
- Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkilotining (TÜRKSOY) „Şərəf“ medali
- „Üzeyir Hacıbəyli“ medali[8]
- „Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi (1141-2021)“ esdalik nishoni[9]
Anor Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi prezidenti, bir necha bor Oliy Kengash va Milliy Majlis deputati bo‘lgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Anar, born to be writer“ (en). AzerNews.az (2015-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 Me, You, Him and the Telephone. Azerbaijan International. Spring 2004, #12.1
- ↑ 3,0 3,1 Afsana Latifova. Poets and Writers of Azerbaijan. Baku, 2006
- ↑ „Azerbaijani writer Anar in photos - PHOTO“ (2014-yil 19-fevral). 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
- ↑ „Prezidentin səfir təyin etdiyi Tural Rzayev kimdir? - DOSYE“ (2022-yil 17-oktyabr). 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
- ↑ „Pamuk: "Kültürel etkileşimden korkmamak gerekir"“ (2004-yil 18-may). 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
- ↑ „Yazıçı Anar kimdir?“ (2021-yil 23-dekabr). 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Bəstəkarlar İttifaqı Anarı "Üzeyir Hacıbəyli" medalı ilə təltif edib“. 2022-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
- ↑ „"Kaspi"nin əməkdaşına mükafat verilib“ (az). www.kaspi.az (2021-yil 28-dekabr). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.