Anatoliy Bishovets
Anatoliy Fyodorovich Bishovets (ruscha: Анатолий Фёдорович Бышовец, ukraincha: Анато́лій Фе́дорович Бишове́ць; 1946-yil 23-aprelda tugʻilgan) – asli ukrainalik boʻlgan sovet va rossiyalik futbol murabbiyi, sobiq sovet terma jamoasi hujumchisi. U butun professional faoliyatini Kiyevning „Dinamo“ klubida oʻtkazgan. 1988-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Sovet terma jamoasi bilan murabbiy sifatida Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgan. Anatoliy SSSR, Rossiya va Janubiy Koreya terma jamoalarini ham boshqargan. 1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga ham murabbiylik qilgan. Bishovets eng muvaffaqiyatli zamonaviy rus murabbiylaridan biri.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anatoliy Fyodorovich Bishovets | ||
Tavallud sanasi | 23-aprel 1946-yil | ||
Tavallud joyi | Kiyev, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi | ||
Boʻyi | 1.76 m | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Dinamo Kiyev | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1963–1973 | Dinamo Kiyev | 139 | (49) |
Milliy terma jamoa | |||
1966–1972 | Sovet Ittifoqi | 39 | (15) |
Boshqargan klublari | |||
1982–1985 | Sovet Ittifoqi (Yoshlar jamoasi) | ||
1986–1988 | Sovet Ittifoqi (olimpiya) | ||
1988–1990 | Dinamo Moskva | ||
1990–1992 | Sovet Ittifoqi / MDH | ||
1992–1993 | AEL Limassol | ||
1994 | Janubiy Koreya (maslahatchi) | ||
1994–1995 | Janubiy Koreya | ||
1995–1996 | Janubiy Koreya (Olimpiya) | ||
1997–1998 | Zenit Sankt Peterburg | ||
1998 | Rossiya | ||
1998–1999 | Shakhtar Donetsk | ||
2003 | Marítimo | ||
2005 | Tom Tomsk | ||
2006–2007 | Lokomotiv Moskva | ||
2009 | Kuban Krasnodar (Maslahatchi) | ||
2011 | Ufa (Maslahatchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirBishovets dastlab „Dinamo Kiev“ yoshlar jamoasida, keyinchalik esa 1963—1973-yillarda asosiy jamoa tarkibida oʻynagan. Bishovets Kiyevliklar tarkibida toʻrt marta (1966, 1967, 1968, 1971) Sovet Ittifoqi chempionligini va ikki marta (1964, 1966) Sovet Kubogini qoʻlga kiritgan. Bishovets 1970-yilgi Jahon chempionatida Sovet Ittifoqi tarkibida oʻynab, toʻrtta gol muallifi boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini 1973-yilda yakunlagan Bishovets Kiyevning „Dinamo“ futbol maktabida ish boshlagan. 1988-yilda Sovet terma jamoasi bilan Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u turli klublar va uchta terma jamoani (SSSR, Rossiya va Janubiy Koreya) boshqargan[1].
Bishovets shuningdek, Mahachqalʼaning „Anji“ klubida maslahatchi (2003), „Ximki“ jamoasida vitse-prezident (2003-2004) va „Hearts“ klubida (2004-2005) sport direktori boʻlgan. U 1994-yilda Janubiy Koreya terma jamoasining birinchi xorijlik murabbiyiga aylangan.
2005-yil Tom jamoasini tark etganidan soʻng, bir yil ishsiz boʻlganidan soʻng, Bishovets Rossiya Premyer-ligasining „Lokomotiv“ klubiga murabbiy boʻlgan. 2007-yilda „Lokomotiv“ Bishovets bilan Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan, bu Byshovetsga matbuotda ham, muxlislarda ham ijobiy imidj keltirgan[2]. Ammo Byshovets qoʻl ostida klub Chempionlar ligasi ambitsiyalariga qaramay, „Lokomotiv“ Rossiya Premyer-ligasida muvaffaqiyat qozona olmagan. 2007-yilgi mavsum tugaganidan keyingi kuni u ishdan boʻshatilgan.
2009-yil oktyabr oyida u FK Kuban Krasnodar tomonidan maslahatchi sifatida ishga qabul qilingan. U bir oydan koʻproq vaqt oʻtgach, 2009-yil 17-noyabrda Kubanni tark etgan va keyinchalik klub tarqatib yuborilgan.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiomborda Anatoliy Bishovets haqida turkum mavjud |
- „Rossiya jamoasidagi profil“ (ru). 2012-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- zenit-history.ru saytidagi profil
- „LiveJournal profili“. 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.