Anatoliy Vasilevich Gogolkin (1951-yil 18-dekabrda tavallud topgan) SSSR futbolchisi, pozitsiyasi hujumchi va murabbiy boʻlib ishlagan.

Anatoliy Gogolkin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anatoliy Vasilevich Gogolkin
Tavallud joyi Sugʻd (viloyat) Tojikiston SSR SSSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971 Politodel - (-)
1973-1974 Yangiyer - (6)
1974-1975 Paxtakor 11 (0)
1975Yangiyer - (10)
1976 Paxtakor 3 (0)
1977 Yangiyer - (16)
1978 FC Spartak Semey - (16)
1979-1980 Dinamo Samarqand - (29)
1979 FC Spartak Semey - (17)
Boshqargan klublari
1989 FC Spartak Semey
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Anatoliy Gogolkin 1951-yil 18-dekabrda Tojikiston SSRning Leninobod viloyati (hozirgi Tojikistonning Sugʻd (viloyat)) Sotsgorod qishlogʻida tugʻilgan.

U hujumchi sifatida futbol oʻynagan. Faoliyatini 1971-yilda Toshkentning „Politodel“da ikkinchi ligada o‘ynagan.[1]

1973-1974-yillarda "Yangiyer" safida ikkinchi ligada o‘ynab, har mavsumda 3 tadan gol urgan.[1]

1974-yilgi mavsumda u oliy ligada toʻp surgan Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtdi, lekin uning tarkibida faqat 1975-yilda debyut qildi, SSSR chempionatida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. U 1975-yilgi mavsumning bir qismini yana Yangiyerda oʻtkazdi va 1ta gol urdi.[1]

1976-yilda u birinchi ligaga tushib ketgan „Paxtakor“da oʻynashni davom ettirdi, ammo atigi 4 ta oʻyin oʻtkazdi.[1]

Faoliyatining qolgan qismini ikkinchi ligada o‘tkazib, yuqori o‘yin ko‘rsatdi: 1978 va 1979-yillarda u Semipalatinskning „Spartak“ klubi safida mos ravishda 12 va 17 tadan gol urdi. U 79-mavsumning bir qismini Samarqandning "Dinamo" jamoasida o‘tkazgan, 1980-yilda ham o‘ynagan va 31 ta o‘yinda 16 ta gol urgan.[1][2]

1989-yilda Semipalatinskning „Spartak“ jamoasini boshqargan.[1]

Oʻlim sanasi nomaʼlum.

Katta akasi — Aleksandr Vasilevich Gogolkin (1950-yilda tugʻilgan),[3] sovet futbolchisi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir