Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi


Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — Andijon shahridagi muzey. Viloyat qishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi asosida tashkil etilgan (1934). Muzeyda Fargʻona vo-diysidagi xalq tarixi, madaniyati, vo-diyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xoʻjaligi yutuqlari, viloyat mehnat va iqtisodiy aloqalarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar, muhim tarixiy hujjat va ashyoviy dalillar, 300 ga yaqin tas-viriy sanʼat asarlari, 1000dan ziyod amaliy sanʼat buyumlari va boshqa bor. Mu-zeyda oʻlka tabiati, moddiy-maʼnaviy madaniyati tarixini oʻzida aks ettir-gan 30 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi (2000). Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi oʻ.m.ning tumanlar (Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa, Ulugʻnor, Jalaquduq va boshqalar)da boʻlimlari mavjud. Muzey 1982-yilda barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy binoga koʻchib oʻtdi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil