Andrei Vladimirovich Karpovich (talaffuzi: Andrey Vladimirovich Karpovich) (1981-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda „Aktobe“ klubida murabbiylik bilan shugʻullanmoqda. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Andrei Karpovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrei Vladimirovich Karpovich
Tavallud sanasi 18-yanvar 1981-yil (1981-01-18) (43 yosh)
Tavallud joyi Semey, Qozogʻiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aktobe (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2000 Elimay 54 (6)
2001 Irtish 24 (0)
2002—2003 Rostov 42 (1)
2004—2006 Qayrat 68 (3)
2007—2008 Dinamo Moskva 23 (0)
2009 Lokomotiv Astana 23 (2)
2010 Aktobe 30 (2)
2011 Astana 9 (0)
2012—2013 Ordabasi 50 (3)
2014 Atirau 25 (2)
Milliy terma jamoa
2001—2014 Qozogʻiston 55 (3)
Boshqargan klublari
2018 Qayrat (murabbiy)
2019—2020 Okzhetpes
2021—2022 Kizljar
2022 Qozogʻiston
2022- Aktobe
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Karpovich oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan Semey shahrida mahalliy „Elimay“ klubida boshlagan. Mahalliy klubda oʻzini koʻrsatgandan soʻng karpov bir qator nomdor jamoalarda oʻynagan. shundan soʻng nihoyat, 2007-yilda Rossiya Premyer Ligasining „Dinamo Moskva“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2009-yilning fevral oyida u Qozogʻiston Premyer ligasining „Lokomotiv Astana“ jamoasi bilan shartnmoa imzolagan va jamoa tarkibiga borib qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Karpovich Qozogʻiston UEFA chempionatiga qoʻshilganidan soʻng Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan. Karpovich Qozogʻistonning UEFA chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qilgan. Oʻyin 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ukrainaga qarshi boʻlib oʻtgan. Karpov Futbol boʻyicha Qozogʻiston terma jamoasi safida jami 49 ta xalqaro oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2018-yilning 15-oktyabr kuni Karlos Alos oʻzaro kelishuvga koʻra ketganidan soʻng, Karpovich "Qayrat" klubiga vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangan va oʻzining taktikalari bilan jamoani yuqori pogʻonolarga koʻtarishga harakat qilgan[1]. Klubga yangi murabbiy tayinlangach Karpovich vazifasidan ozod etilgan.

2019-yil 3-yanvar kuni Karpovich Qozogʻiston Premyer-ligasining 2019-yilgi mavsumi uchun „Oqjetpes“ klubi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilingan[2]. „Oqjetpes“ jamoasidagi muvaffaqiyatli mavsumidan soʻng Karpovich Qozogʻiston grandlarining eʼtiborini oʻziga tortgan. Karpovich yangi mavsumda Aktobe jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ularning murabbiyi sifatida ish boshlagan. Karpov ayni damda ham Aktobe jamoasini boshqarib kelmoqda.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Xalqaro maydondagi gollari

tahrir
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2004-yil 28-aprel Markaziy stadion, Olmaota, Qozogʻiston   Ozarbayjon 2-3 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik
2. 2004-yil 8-sentyabr Markaziy stadion, Olmaota, Qozogʻiston   Ukraina 1-2 Magʻlubiyat 2006-yilgi jahon chempionati saralashi
3. 2010-yil 11-avgust Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston   Ummon 3-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik

Manbalar

tahrir
  1. „НДРЕЙ КАРПОВИЧ – ИСПОЛНЯЮЩИЙ ОБЯЗАННОСТИ ГЛАВНОГО ТРЕНЕРА“ (ruscha). fckairat.com. FC Kairat (15-oktabr 2018-yil). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.
  2. „Андрей Карпович – новый главный тренер "ФК Окжетпес"“ (ruscha). okzhetpes.kz/. FC Okzhetpes (3-yanvar 2019-yil). 2019-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.