Andrey Okunkov

rossiyalik matematik

Andrey Yuryevich Okunkov (ruscha: Андре́й Ю́рьевич Окунько́в) (1969-yil 26-iyulda tugʻilgan) – rossiyalik matematik. Gavdalantirish teoriyasi hamda uning algebraik geometriya, matematik fizika, ehtimollik nazariyasi hamda maxsus funksiyalar sohalariga tatbigʻi boʻyicha ishlari bilgan tanilgan. 2006-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Andrey Okunkov
Tavalludi 26-iyul 1969-yil (1969-07-26) (54 yosh)
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Columbia universiteti
Iqtisodiyot oliy maktabi
Princeton universiteti
California universiteti, Berkeley
Chicago universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Aleksandr Kirillov
Mukofotlari EMS mukofoti (2004)
Fields medali (2006)

Okunkov 1995-yil Moskva davlat universitetida doktoranturani tamomlagan. 2002–2010-yillarda Princeton universitetida ishlagan. 2010-yilda beri Columbia universitetida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, Berkeleydagi California universiteti hamda Chicago universitetida ham ishlagan. 2014-yildan beri Rossiyadagi Iqtisodiyot oliy maktabida ilmiy rahbar. Okunkov 2012-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi. 2016-yil Amerika Fan va madaniyat akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan.

Okunkov boshida gavdalantirish teoriyasini hamda tasodifiy matritsalarni oʻrgangan. Keyinchalik statistik fizika uslublari bilan kristallar sathlarini oʻrgangan. Shuingdek, cheksiz simmetrik guruhlar boʻyicha ishlari bilan ham tanilgan.