Andries Jonker (1962-yil, 22-sentyabrda tugʻilgan) — Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va sobiq futbolchisi.

Andries Jonker
Jonker 2010-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-sentyabr 1962-yil (1962-09-22) (61 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandiya Niderlandiya
Boʻyi 1.78 m
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Netherlands (ayollar)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Volendam
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
De Volewijckers
0000-1980 Volendam
1980- De Volewijckers
De Meer
0000-1988 ZFC
Boshqargan klublari
1988—1990 DRC Amsterdam II
1999—2000 Volendam
2001 Netherlands (women) (interim)
2002—2003 Barcelona (assistant)
2004—2006 MVV
2007—2009 Willem II
2011 Bayern Munich (caretaker)
2011—2012 Bayern Munich II
2012—2013 VfL Wolfsburg (assistant)
2017 VfL Wolfsburg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jonker Gollandiyaning Willem II, MVV va Volendam klublarini boshqargan, shuningdek, VfL Wolfsburg, FC Barcelona va Bayern Munich klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2014-yildan 2017-yilning fevraligacha u Arsenal akademiyasi rahbari lavozimini egalladi, soʻng u Wolfsburgga qaytib, asosiy jamoa boshqaruvchisi boʻldi[1][2][3][4][5].

Klubdagi faoliyati tahrir

Jonker futbolchi sifatida Gollandiyaning Volendam, De Volewijkers, De Meer va ZFC klublarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Jong Oranje tahrir

Jonker futbolchilik faoliyatini 1988-yilda DRC Amsterdam II jamoasida boshqarishdan boshlagan. Ikki yil oʻtgach, u Niderlandiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiy lavozimni egalladi. U bu lavozimni etti yil davomida egallab turdi.

FC Volendam tahrir

Jonker 1999-yil iyul oyidan keyingi yilning iyun oyi oxirigacha Volendam klubi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[5].

MVV Maastricht tahrir

2004-yil iyul oyida Jonker MVV Maastricht klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Sterrendragerliklarni 2006-yilgi KNVB kubogining chorak finaligacha olib chiqgan[4].

Willem II tahrir

Jonker 2006-07-yilgi mavsumda Willem II klubining bosh murabbiy yordamchisi etib tayinlangan. Keyingi mavsumda u Tricoloreslar boshqaruvini toʻliq egallagan. Bosh murabbiy sifatida Jonker yana bir mavsum klubni boshqardi va 2009-yilning fevralida jamoani tark etdi[3].

Bayern Munich tahrir

Keyinchalik Jonker 2009-yilning iyulida Louis van Gaalning yordamchisi sifatida Bayern Munichga oʻtdi. Yordamchi sifatida Jonker Bayern Munich klubi bilan Bundesliga va 2010-yilgi DFB-Pokal dublini qoʻlga kiritdi. Kegingi 2011-yilning aprelida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida mavsum oxirigacha jamoada ishladi[2]. Jonker 2011-yil iyun oyida Bayern Munich klubining yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilindi[6]. Jonker 2012-yilning iyun oyida klubni butunlay tark etdi[7].

VfL Wolfsburg tahrir

Jonker koʻp oʻtmay VfL Wolfsburgga qoʻshildi va shu tariqa Bundesligada qoldi. Shunday qilib, Volkswagen Arenada u bosh murabbiy yordamchisi lavozimini egalladi va u yerda Wolvesga 2013-yilgi DFB-Pokal yarim finaliga chiqishiga yordam berdi[8][9].

Arsenal tahrir

 
Jonker boshqa murabbiylar Thierry Henry va Jason Brown bilan Arsenal klubida, 2015-yil

Jonker 2014-15-yilgi mavsum oldidan Angliyaning Arsenal klubi akademiyasining yangi bosh mrabbiyi sifatida eʼlon qilindi[10]. Klubda Jonkers akademiyaning Hale End bazasini qayta loyihalash va qayta qurishda nufuzli va muhim qismni tashkil qilgan[11][12].

Wolfsburgga qaytish tahrir

Jonker 2017-yilning fevralida klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi uchun yana Wolfsburg bilan bogʻlandi[13] Jonker Wolfsburg klubida 2017-yil, 18-sentyabrda murabbiylik faoliyatini yakunladi[14].

Telstar tahrir

VfL Wolfsburgda yordamchi murabbiy sifatida birinchi tayinlanganidan roppa-rosa etti yil oʻtib, Jonker Eerste Divisie klubi SC Telstar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Velsen-Zuid klubida Jonker De Graafshapga ketgan Mike Snoei va Piet Buter oʻrniga bosh murabbiy va texnik direktor etib tayinlandi[15].

2022-yil iyun oyida Jonker Telstar bilan xayrlashdi[16].

Niderlandiya (ayollar) tahrir

2022-yil, 24-avgust kuni Jonker Gollandiya ayollar terma jamoasining Yevro-2022dagi yomon oʻyinidan soʻng ishdan boʻshatilgan Mark Parsons oʻrniga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Jonker Niderlandiya terma jamoasi bilan 2025-yilgacha shartnoma tushdi[17].

Bosh murabbiy sifatidagi statistikasi tahrir

2022-yil, 11-sentabr holatiga ko'ra
Jamoa Dan Gacha Natija
G W D L GF GA GD Yutuq%
Volendam 1999-yil 1-iyul[5] 2000-yil 30-iyun[5] 39 10 8 21 026
Netherlands Women 2001-yil 6-mart 2001-yil 9-oktyabr 8 5 1 2 060
Maastricht 2003-yil 1-iyul[4] 2006-yil 30-iyun[4] 118 33 34 51 028
Willem II 2007-yil 5-noyabr[3] 2009-yil 17-fevral[3] 49 15 8 26 031
Bayern Munich 2011-yil 10-aprel[2] 2011-yil 9-iyun[6] 5 4 1 0 0100
Bayern Munich II 2011-yil 9-iyun[6] 2012-yil 30-iyun[7] 34 8 10 16 024
VfL Wolfsburg 2017-yil 27-fevral 2017-yil 18-sentyabr 19 8 4 7 042
Telstar 2019-yil 28-iyun 2022-yil 20-iyun 91 28 27 36 031
Niderlandiya (ayollar) 2022-yil 24-avgust hozir 2 2 0 0 100
Karyera jami 365 113 93 159 031

Manbalar tahrir

  1. Labellarte. „Andries Jonker names Arsenal prodigy he's convinced 'could make it all the way' to the top“. The Boot Room. GRV Media Ltd. (3-aprel 2020-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „FC Bayern and Louis van Gaal part company“. FC Bayern Munich (10-aprel 2011-yil). Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Willem II » Manager history“. worldfootball.net. Qaraldi: 5-iyul 2017-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „MVV.:. Coaches from A-Z“. Worldfootball. Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „FC Volendam.:. Coaches from A-Z“. Worldfootball. Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Jonker back at work on the training ground“. FC Bayern Munich (10-iyun 2011-yil). Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
  7. 7,0 7,1 „Andries Jonker to leave FC Bayern“. FC Bayern Munich (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 15-fevral 2013-yil.
  8. „Jonker joins Magath at Wolfsburg“. SportingLife.com (30-aprel 2012-yil). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2016-yil.
  9. „Bayern-Express düst nach Berlin“ (olmoncha). kicker.de (16-aprel 2013-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2016-yil.
  10. „Andreas Jonker appointed academy manager“. Arsenal.com (20-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 5-avgust 2014-yil.
  11. „New Academy facility opens its doors“. Arsenal.com.
  12. „Andries Jonker: Feature“. Arsenal.com. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  13. „Andries Jonker neuer Trainer in Wolfsburg“ (olmoncha). BR24 (27-fevral 2017-yil). Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  14. „Vertrag bis 2019: Schmidt neuer Trainer in Wolfsburg“ (olmoncha). kicker.de (18-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2017-yil.
  15. Lambers. „Telstar heeft beet: Andries Jonker volgt Mike Snoei op als trainer“ (niderlandcha). Haarlems Dagblad (28-iyun 2019-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
  16. „Jonker stopt na drie jaar als trainer van Telstar en wil stap hogerop“ (niderlandcha). NU.nl (20-iyun 2022-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  17. „Andries Jonker nieuwe bondscoach OranjeLeeuwinnen“.