Andrey Oleksiyovich Lunin (ukraincha: Андрій Олексійович Лунін Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ukraina milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.

Andriy Lunin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andriy Oleksiyovich Lunin
Tavallud sanasi 11-fevral 1999-yil (1999-02-11) (25 yosh)
Tavallud joyi Krasnograd, Ukraina bayrogʻi Ukraina
Boʻyi 192 sm
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2015 Metalist Kharkiv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2016 Dnepr (0)
Milliy terma jamoa
2018-  UKR Ukraina milliy futbol terma jamoasi (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Lunin „Metalist“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiyi Aleksandr Xrabrov) va „Dnepr“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiy Kostyantyn Pavlyuchenko) jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Dnepr tahrir

2016-yilning yozidan boshlab, oʻsmirlar sport maktabini tugatgandan soʻng, u „Dnepr“ zaxira jamoasida oʻynadi. Lunin 17 yoshida asosiy tarkib futbolchisi sifatida 2016-yil 16-oktyabr kuni Ukraina Premer-ligasida Lvovning „Karpaty“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[1]. Mavsumning qolgan qismida „Dnepr“ning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, jamoa safida liga va klub musobaqalarida jami 25ta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq mavsum yakunida moliyaviy tartibsizliklar tufayli „Dnepr“ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukraina Ikkinchi ligasiga (futbolning uchinchi darajasi) tushib ketdi va koʻplab oʻyinchilar, jumladan, Luninga ham klubni tark etishga ruxsat berildi[2].

Zorya Lugansk tahrir

Lunin 2017-18-yilgi mavsumni „Zorya Lugansk“ klubi tarkibida oʻtkazib, u yerda ham qisqa muddat ichida oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. 2017-yilning 14-sentyabrida Lunin Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Arena Lvov“ oʻyingohida „Östersunds“ga qarshi bahsda (0:2) Yevropadagi debyutini oʻtkazdi. U oʻsha mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda, shu jumladan, Zoryaning Yevropa Ligasidagi oltita oʻyinida maydonga tushdi.

Real Madrid tahrir

 
Lunin Ispaniya kubogi doirasida CD Leganésga qarshi oʻyinda.

2018-yilning 19-iyunida Madridning „Real“ klubi Zorya Lugansk bilan Lunin transferi yuzasidan 8,5 million yevro va 5 million bonuslar evaziga kelishuvga erishdi[3]. Toʻrt kundan soʻng shartnoma imzolandi va u klub tarixidagi birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi[4]. 2018-yilning 27-avgustida u La Liganingboshqa bir jamoasi CD Leganesga ijaraga berildi[5][6]. Chempionatning yarmida u Ivan Kuelyarning oʻrinbosari boʻlishidan mamnun ekanligini va shartnomasini yakunlashini aytdi[7].

2019-yil 13-avgustda u 2019/20 yilgi mavsum uchun „Real Valyadolid“ ga ijaraga berildi[8][9]. 2019-yil 15-oktyabrda Lunin 2019-yilgi Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 20 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritildi[10].

2020-yilning 15-yanvarida „Real Valyadolid“ bilan shartnoma bekor qilindi. Oʻsha kuni Real Oviedo Luninni 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi[11][12].

U 2020-21-yilgi Ispaniya Kubogi doirasida Alkoyanoga qarshi 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning qoʻshimcha boʻlimida maydonga tushib „Real Madrid“ safidagi ilk debyutini oʻtkazdi[13]. Madridliklar 2021-22 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirganidan soʻng, Lunin 2022-yil 8-may kuni Madrid derbisida „Real“ 1:0 hisobida "Atletiko"ga gʻalabani boy bergan oʻyinda La Ligadagi debyutini amalga oshirdi[14]. 2022-yil 15-may kuni u „Kadis“ga qarshi oʻyinda harakat qilib, penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi va jamoani mehmondagi magʻlubiyatdan asrab qoldi (1:1)[15][16][17].

Xalqaro maydondagi karyerasi tahrir

Lunin Ukraina terma jamoasidagi debyutini 19 yoshida, 2018-yilning 23-mart kuni Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) oʻtkazdi[18].

2019-yilda u Ukraina U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasiga erishdi[19]. U jamoaning yettita oʻyinidan oltitasida maydonga tushdi, Serbiya va Lyuksemburgga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi oʻyinlarida Ukrainaning asosiy tarkibiga chaqirilgani uchun Kolumbiyaga qarshi chorak final uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[20][21]. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final oʻyinidan soʻng (3:1) Lunin turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida „Oltin qoʻlqop“ bilan taqdirlandi[22].

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 15-may holatiga ko'ra[23]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Mintaqaviy Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dnepr 2016-17 Ukraina Premer-ligasi 22 0 3 0 25 0
Zorya Lugansk 2017-18 Ukraina Premer-ligasi 29 0 1 0 6 0 36 0
Real Madrid 2018-19 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 La Liga 0 0 1 0 0 0 1 0
2021-22 La Liga 2 0 2 0 0 0 4 0
2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 3 0 0 0 5 0
Leganes (ijara) 2018-19 La Liga 5 0 2 0 7 0
Valyadolid (ijara) 2019-20 La Liga 0 0 2 0 2 0
Oviedo (ijara) 2019-20 Segunda divizioni 20 0 20 0
Karyera jami 78 0 11 0 6 0 95 0

Xalqaro tahrir

202-yil 8-iyun holatiga ko'ra[24]
Ukraina
Yil Oʻyin Gol
2018 4 0
2019 1 0
2020 1 0
2022 1 0
Jami 7 0

Sovrinlari tahrir

Real Madrid

Ukraina U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019[19]

Individual

  • Ukrainaning oltin isteʼdodi: 2017-yil
  • FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin qoʻlqop: 2019[29]

Manbalar tahrir

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (uk). UPL Official Web Site (16-oktabr 2016-yil). 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  2. „ФФУ скоро решит, кто займет место Днепра в Первой лиге - Первая лига Украины“ (ru). SPORTARENA.com (13-iyun 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  3. Real Madrid sign goalkeeper Andriy Lunin, UNIAN (20 June 2018)
  4. „Official Announcement: Andriy Lunin“. Real Madrid C.F. (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  5. „El joven portero Andriy Lunin firma por el C.D. Leganés cedido por el Real Madrid“. CD Leganés (27-avgust 2018-yil). 22-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
  6. „Official Announcement: Lunin“. Real Madrid C.F. (27-avgust 2018-yil). Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
  7. „On loan Andriy Lunin opposed to January Bernabéu return“. Diario AS (31-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  8. „El Pucela obtiene la cesión de Lunin“. realvalladolid.es (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
  9. „Official Announcement: Lunin“. realmadrid.com (13-avgust 2019-yil). 13-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
  10. Rathborn. „Golden Boy 2019: Mason Mount, Matthijs De Ligt and Joao Felix included in 20-man shortlist“. Independent (15-oktabr 2019-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
  11. „Official Announcement“. realmadrid.com. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  12. „Real Madrid send Lunin to Oviedo“. Marca.com (15-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  13. „Alcoyano 2–1 Real Madrid: Third division side cause huge upset“. bbc.com (21-yanvar 2021-yil).
  14. „Atletico beat champions Real in Madrid derby“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  15. „Lunin impresses for Real Madrid and exacts revenge against Sergio Gonzalez“. www.marca.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  16. „Cadiz 1-1 Real Madrid: Lunin show causes hosts to drop into relegation zone“. www.stadiumastro.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  17. „Brilló en Cádiz: Lunin estuvo exigido y detuvo hasta un penalti con un paradón“. www.defensacentral.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  18. „Saudi Arabia vs. Ukraine - 23-mart 2018-yil - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  19. 19,0 19,1 Spirited comeback earns Ukraine first U-20 title; FIFA.com, 15 June 2019.
  20. „Лунин попрощался с молодежной сборной и отправился в национальную“ (ru). Евро 2020 на football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  21. „Лунин вернулся в расположение молодежной сборной Украины“. football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  22. FIFA.com. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 - News - Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“. www.fifa.com. 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  23. Andriy Lunin Soccerway saytida. Qaralgan sana: 1 March 2021.
  24. „Andriy Lunin“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  25. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  26. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  27. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  28. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  29. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 – Award“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 3-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.