Angelo Alessio

professional italiya futbolchisi

Angelo Alessio(talaffuzi: Anjelo Alessio) (1965-yil 29-aprelda Capaccioda tugʻilgan) italiyalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi hisoblanadi.

Angelo Alessio
Alessio 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-aprel 1965-yil (1965-04-29) (58 yosh)
Tavallud joyi Capaccio, Italiya
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1987 Avellino 48 (7)
1987—1992 Juventus F.C. 99 (11)
1988—1989Bologna (ijara) 29 (4)
1992—1995 Bari 77 (12)
1995—1997 Cosenza 57 (15)
1997 Avellino 5 (1)
1997—1998 Modena F.C. 18 (1)
Boshqargan klublari
2002 Napoli (yordamchi murabbiy)
2003 Napoli (yordamchi murabbiy)
2004—2005 Imolese
2006—2007 Massese
2008 SPAL
2010—2011 Siena (yordamchi murabbiy)
2011—2014 Juventus F.C. (yordamchi murabbiy)
2012 Juventus F.C. (yordamchi murabbiy)
2014—2016 Italiya milliy terma jamoasi (yordamchi murabbiy)
2016—2018 Chelsea F.C. (yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oʻyin faoliyati tahrir

Markaziy yarim himoyachi Alessio oʻzining professional faoliyatini 1984-yilda oʻsha paytdagi A Seriya klubi „Avellino“da boshlagan. Keyin Angelo Alessio 1987-yilda Italiyaning "Juventus" klubi bilan shartnoma imzoladi, u bilan 1992-yilgacha oʻynadi (1988—1989-yillarda „Bologna F.C.“da ijaraga olinganidan tashqari). Angelo Alessio Italiyaning "Juventus" klubi bilan 1990-yilda Italiya kubogini qoʻlga kiritgan[1]. Shundan soʻng Angelo Alessio B Seriyaning „Cosenza“ klubida oʻyin faoliyatini davom ettirdi. Keyin Angelo Alessio A Seriyaning „Bari“ klubiga oʻtdi. 1997-yilda Angelo Alessio „Avellino“ klubiga (hozirda C1 Seriya) qaytdi. Angelo Alessio 1998-yilda „Modena F.C.“dagi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Alessio „Napoli“ klubiga murabbiylar shtabi aʼzosi sifatida qoʻshildi (avvaliga yoshlar jamoalarini boshqardi, keyin esa asosiy jamoa yordamchisi sifatida). Keyin Angelo Alessio C2 seriyasining bir qator jamoalarida (Imolese, Massese, SPAL) bosh murabbiy sifatida ishlagan. Biroq „Siena“ klubida Antonio Conte bilan birgalikdagi oʻyinda uning isteʼdodlari haqiqatan ham koʻzga tashlandi.

„Siena“ klubi bilan Conte qoʻl ostida Angelo Alessio B seriyadagi oʻyinlardan soʻng, "Juventus" da oʻzining faoliyatini davom ettirdi. „Juventus“ klubida Alessio ketma-ket uch yil davomida A Seriyada uch marta chempionlik va ikki marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Angelo Alessio Italiya terma jamoasida oʻzining murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. Kontega qoʻshildi. Biroz muvaffaqiyatli muddatdan soʻng va Italiya terma jamoasi UEFA Yevropa chempionatidan chiqib ketganidan keyin, Alessio Italiya bilan xayrlashdi va „Chelsea“ klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi[2][3]. 2019-yil yanvar oyida Angelo Alessio bosh murabbiy sifatida shaxsiy faoliyatini boshlash niyatini tasdiqladi va shu bilan Conte bilan uzoq yillik hamkorligini samarali yakunladi.

2019-yil 16-iyun kuni Alessio Shotlandiya Premer-ligasining „Kilmarnock“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[4].

Oʻyin uslubi tahrir

Koʻp qirrali oʻyinchi, Alessio nafaqat yarim himoyaning istalgan joyida, balki butun maydonning deyarli har qanday pozitsiyasida oʻynashga tayyorligi bilan mashhur edi. Odatda Angelo Alessio faoliyatining asosiy qismida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan[5].

Boshqaruv statistikasi tahrir

Jamoa Millat Quyidagi sanadan

faoliyatini boshlagan

Quyidagi sanadan

faoliyatini tamomlagan

Rekord
G W D L GF GA G'alaba % Ref.
Imolese   2004-yil 1-iyun 2005-yil 30-iyun 10 16 16 39 47 −8 023.81
Massese   2006-yil 1-iyul 2007-yil 30-iyun 9 14 11 32 39 −7 026.47
SPAL   2008-yil 26-fevral 2008-yil 30-iyun 4 4 3 13 13 +0 036.36
Kilmarnock   2019-yil 16-iyun 2019-yil 17-dekabr 8 6 8 20 24 −4 036.36 [6]
Persija Jakarta   2021-yil 10-iyun 2022-yil 19-yanvar 7 8 5 23 19 +4 035.00
Umumiy 38 48 43 127 142 −15 029.46 -

Yutuqlar tahrir

Avellino
  • Torneo Estivo del 1986: 1986[7]
Juventus[5]
  • Italiya kubogi: 1989-90
  • UEFA kubogi: 1989-90

Manbalar tahrir

  1. Bedeschi. „Gli eroi in bianconero: Angelo ALESSIO“ (it). tuttojuve.com (2013-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
  2. „Men - Official Site - Chelsea Football Club“. ChelseaFC.
  3. „Backroom team unveiled - Official Site - Chelsea Football Club“. ChelseaFC.
  4. „Kilmarnock appoint Angelo Alessio as the club's new manager“. BBC Sport (2019-yil 16-iyun). Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
  5. 5,0 5,1 Bedeschi. „Gli eroi in bianconero: Angelo ALESSIO“ (it). tuttojuve.com (2013-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
  6. „Kilmarnock FC: Matches“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  7. Rota. „Italy - Torneo Estivo 1986“. RSSSF (2003-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.