Ankilostomidoz — odam ichagida parazitlik qiladigan yumaloq chuvalchanglar — ankilostomidlar qoʻzgʻatadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. Asosiy belgilari kasallik yuqqanidan 2-3 oy keyin namoyon boʻladi. Asosan meʼda-ichak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, baʼzan ogʻir shakldagi kamqonlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, bolalarda jismoniy va aqliy jihatdan oʻsishning orqada qolishi va boshqalar kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil