Anneli Jäätteenmäki
Anneli Tuulikki Jäätteenmäki (1955-yil 11-fevralda tugʻilgan) — finlandiyalik siyosatchi. 2003-yil 17-apreldan 2003-yil 24-iyungacha Finlandiyaning birinchi ayol Bosh vaziri[1] 2004-yildan 2019-yilgacha u Finlandiyadan Yevropa Parlamenti (MEP) aʼzosi boʻlib ishlagan.
Anneli Jäätteenmäki | |
---|---|
Finlandiya bosh vaziri | |
Finlandiyaning 39-prime ministri | |
Mansab davri 2003-yil 17-aprel – 2003-yil 24-iyun | |
Prezident | Tarja Halonen |
Oʻtmishdoshi | Paavo Lipponen |
Vorisi | Matti Vanhanen |
Adliya vaziri | |
Mansab davri 1994-yil 1-may – 1995-yil 13-aprel | |
Oʻtmishdoshi | Hannele Pokka |
Vorisi | Sauli Niinistö |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Anneli Tuulikki Jäätteenmäki 1955-yil 11-fevral Lapua, Finlandiya |
Fuqaroligi | Finlandiya |
Turmush oʻrtogʻi | Jorma Melleri |
Bolalari | 2 |
Alma mater | Xelsinki universiteti |
Vebsayti | annelijäätteenmäki.net |
Faoliyati
tahrirJäätteenmäki Finlandiyadagi Ostrobotniya hududidagi kichik fermada tugʻilgan. Bu ferma uning akasiga meros qoladi. Hech qanday meros ololmagani uchun oilaning qizlarini maktabda oʻqitishga berishadi. Jäätteenmäki Markaz partiyasiga aʼzo boʻldi va talabaligadayoq siyosatda faol ishtirok etdi. U 1980-yilda huquq boʻyicha magistr darajasini oldi va 1981-yildan 1987-yilgacha Finlandiya parlamentiga (Eduskunta) saylangunga qadar partiyaning parlament guruhida huquqshunos boʻlib ishladi. Jaatteenmäki 1994-yildan 1995-yilgacha Adliya vaziri boʻlgan[2], keyin uning partiyasi muxolifatning bir qismiga aylandi. U 2000-yil 18-iyundan 2003-yil 5-oktyabrgacha Finlandiya Markazi partiyasining raisi etib saylangan.
Bosh Vazir
tahrirSakkiz yillik muxolifatdan soʻng uning Finlandiya Markazi partiyasi 2003-yilgi parlament saylovlarida sobiq eng yirik partiya Finlandiya Sotsial-demokratik partiyasi ustidan kichik gʻalabaga erishdi. Ushbu saylovdan keyin birinchi marta kuchga kirgan yangi konstitutsiyaga koʻra, unga yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish uchun birinchi imkoniyat berildi. Sotsial-demokratlar va Shvetsiya Xalq partiyasi bilan muvaffaqiyatli koalitsiya muzokaralaridan soʻng, u asosan oʻzidan oldingi Paavo Lipponenning ikkinchi Vazirlar Mahkamasi yoʻnalishida davom etgan koalitsiya kabinetiga rahbarlik qildi. Ammo iqtisodiyotni ragʻbatlantirish boʻyicha yangi chora-tadbirlar, jumladan, soliqlarni kamaytirish choralarini kiritdi.
Oʻzining qisqa muddatida Finlandiya ayol bosh vazir va prezidentga ega boʻlgan dunyodagi yagona davlat boʻldi. Buni uning Vazirlar Mahkamasining yarmi ayollar boʻlganligi bilan ham bilish mumkin. Shu qatori yana bir davlat Yangi Zelandiyada davlat boshligʻi qirolicha Yelizaveta II (1952-yildan hozirgi kungacha), uning Yangi Zelandiya vakili general-gubernator Silvia Kartrayt (2001-6 yil lavozimida), Bosh vazir Xelen Klark. (1999—2008-yillarda) va Bosh sudya Sian Elias (1999—2019-yillarda) hammasi ayol rahbarlardan iborat edi. (Anneli Jaatteenmakining Finlandiya Bosh vaziri sifatidagi qisqa muddati Finlandiya tarixidagi eng qisqa muddat emas. Salafiyning vafoti yoki kasalligi tufayli tayinlangan muvaqqat kabinetlar va muvaqqat bosh vazirlar bilan bir qatorda, Juxo Xeykki Vennola Lapua harakatining shov-shuvli qarshi chiqishi munosabati bilan 1931-yil fevral-mart oylarida bir oydan sal koʻproq davom etgan Vazirlar Mahkamasini boshqargan.)
Isteʼfo
tahrirAnneli Jaattinmäki 2003-yil 18-iyun kuni saylov kompaniyasi paytida siyosiy maqsadlarda foydalangan tashqi ishlar vazirligining maxfiy hujjatlarini qanday qilib qoʻlga kiritgani haqida parlament va jamoatchilik oldida yolgʻon gapirganlikda ayblanib, bosim ostida isteʼfoga chiqdi. Hujjatlarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jorj Bush va Finlandiya Bosh vaziri Paavo Lipponen oʻrtasidagi uchrashuvdan olingan diplomatik maʼlumotlar, Finlandiyaning AQShning Iroq urushi boʻyicha pozitsiyasi haqida soʻz borgan. Jäätteenmäki bu maʼlumotlardan uning raqibi, sotsial-demokratlar lideri Paavo Lipponenga qarshi foydalanmoqchi boʻlgan. Paavo Lipponenga Finlandiyaga AQSh boshchiligidagi koalitsiyani yashirin ravishda qoʻllab-quvvatlash taklifi tushgan. Bu Finlandiya tashqi siyosatida rasmiy betaraflik nizomini jiddiy ravishda buzganligini va shu tariqa Finlandiyani koʻpchilik davlatlar siyosati bilan bogʻlaganini taxmin qilish uchun foydalangan. Finlar Iroq urushini noqonuniy bosqinchilik urushi deb hisoblashgan. Jäätteenmäki Finlandiya xavfsizlik siyosati ortidagi anʼanaviy birlik va sukunatni buzdi. Saylovlar yaqinlashib qolgani sababli, magʻlubiyatga uchragan sotsial-demokratlar uning noanʼanaviy kompaniya taktikasi natijani aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻluvchi asos topdilar. Bu esa ikki asosiy koalitsiya hamkorlari oʻrtasidagi munosabatlarni buzdi.
Mart oyida sizib chiqqan hujjatlar bir nechta gazetalarda eʼlon qilinganidan soʻng, politsiya „ Rasmiy sirlar toʻgʻrisida“ gi qonun asosida jinoiy ish qoʻzgʻatdi. 11-iyun kuni bosh vazir Jaattinmaki politsiya tomonidan guvoh sifatida tinglandi, bu esa unga maʼlumotlarning sizib chiqishidagi rolini ochiq aytishi uchun bosimning kuchayishiga olib keldi. Oʻsha haftada, Markaz partiyasi rahbarlarining yigʻilishining ayblovchi bayonnomalari, keyinroq maʼlum boʻlishicha, Markaz partiyasi raisining ikkinchi oʻrinbosari Xannu Takkula orqali matbuotga oshkor qilindi. 16-iyun kuni prezident yordamchisi, Markaz partiyasiga aloqador Martti Manninen tashqi ishlar vazirligi hujjatlarini oshkor qilgani maʼlum boʻldi. 18-iyun kuni Jaattinmaki parlamentga „toʻliq tushuntirish“ berdi va prezidentdan uzr soʻradi va u hujjatlarni soʻramasdan faks orqali yuborilganini va ularning maxfiyligini bilmasligini daʼvo qildi. Parlament uning bu soʻzlaridan qoniqmadi va bir marta Manninen (oʻsha kuni tushdan keyin) Jäätteenmaki maʼlumotni qatʻiy kuch bilan soʻraganini va u buni isbotlay olishini daʼvo qilganida, uning koalitsiyadagi sheriklari ularda hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytishdi. Oʻsha kuni kechqurun u siyosiy ishonch yoʻqligini va hech qanday qonunbuzarlikni tan olmasdan isteʼfoga chiqdi.
Shunday qilib, u 24-iyun kuni Markaz partiyasi rahbari lavozimini tark etishini eʼlon qildi. Matti Vanxanen 5-oktyabr kuni partiyaning yangi rahbari etib saylandi va u uning oʻrniga Bosh vazir lavozimini egalladi.
2003-yil 19-dekabrda maʼlumotlar oshkor etilishi boʻyicha politsiya tergovi Jäätteenmäki qonunga zid ravishda davlat sirlarini oshkor qilishda Manninenga yordam bergani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak degan xulosaga keldi. Biroq, 2004-yil 19-martda Xelsinki okrug sudi Jäätteenmäkini barcha moddalar boʻyicha oqladi.
Yevropa parlamenti aʼzosi
tahrirJäätteenmäki Yevroparlamentdagi Markaz partiyasi deputati sifatida ishlagan. 2004-yilgi Yevropa parlamentiga saylovlarda u 140 000 dan ortiq ovoz oldi, bu eng yuqori individual ovoz va barcha berilgan ovozlarning taxminan 8 foizini tashkil etdi.
2006-yil aprel oyida Jäätteenmäki Finlandiya ommaviy axborot vositalariga koʻkrak bezi saratoni tufayli parlament ishidan biroz vaqt chetlashmoqchi ekanligini eʼlon qildi. Ammo tuzalib ketganidan keyin u siyosatga qaytdi. Finlandiya milliy siyosatiga qaytish taklifiga qaramay, u 2007-yilda Finlandiya parlamentiga saylovda nomzod boʻlishdan bosh tortdi. U 2009-yilgi Yevroparlament saylovlarida Finlandiyada Timo Soinidan keyin ikkinchi eng yuqori ovoz bilan Yevroparlamentga qayta saylangan.[3]
U 2014-yilda uchinchi marta va oxirgi muddati uchun Yevropa parlamentiga qayta saylandi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ministerikortisto“. Valtioneuvosto. 3-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Edustajamatrikkeli“. Eduskunta. 12-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2019-yil.
- ↑ „European Elections 2009 in Finland – Elected candidates“. YLE. Qaraldi: 17-iyul 2010-yil.[sayt ishlamaydi]