Anor, anorgul — anor ko‘rinishidagi islimiy naqsh turi; kulollik, naqqoshlik, kashtachilikda keng qo‘llaniladi. A. tasviri qadimdan to‘qchilik va to‘kin-sochinlikni ifodalagan. A. gohida aynan o‘zi, gohida uslublashtirib ifodalanadi. Ba’zan uning kesimi va ichidagi donalari ham tasvirlanadi. Bunda idishning shakliga mos tushgan yorqin bo‘yoqli naqsh nafis ko‘rinadi, nur ta’sirida sir tovlanib, 535 jonli manzara hosil bo‘ladi. Har bir bezakning shakli va qayerda ishlatili-shi ustalarning noziq didiga bog‘liq. A. tasviri xalq amaliy san’atining boshqa turlarida ham qo‘llaniladi. Jum-ladan A. naqsh sifatida o‘zbek milliy to‘qimachiligida 19-asrning 2-yarmida keng tarqaldi. Masalan, dasturxon va shu kabu buyumlar guli anorsimon gul shaklida bo‘yalgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil