Antuan Valua-Fortier (fransuzcha: Antoine Valois-Fortier; 1990-yil 13 mart, Kvebek) — kanadalik yarim oʻrta vazn toifasidagi dzyudochi, 2011-yildan buyon Kanada terma jamoasida bellashib keladi. Londondagi yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempionatining kumush va bronza medali sovrindori, Panamerika oʻyinlarining bronza medali sovrindori, bir qancha milliy va xalqaro ahamiyatga molik turnirlar gʻolibi sanaladi.

Antuan Valua-Fortier
fransuzcha: Antoine Valois-Fortier

2016-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari, dzyudo, 9-avgust
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Tavallud sanasi 13-mart 1930-yil (1930-03-13) (94 yosh)
Kvebek Kanada
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Judo at the Summer Olympics
Bronza 2012 London –81 kg
World Judo Championships
Kumush 2014 Chelyabinsk –81 kg
Bronza 2015 Astana –81 kg
Bronza 2019 Tokyo –81 kg
Pan American Games
Bronza 2011 Guadalajara –81 kg
Pan American Championships
Oltin 2016 Havana –81 kg
Oltin 2018 San José –81 kg
Oltin 2019 Lima –81 kg
Kumush 2012 Montreal –81 kg
Kumush 2013 San José –81 kg
Kumush 2014 Guayaquil –81 kg
Bronza 2011 Guadalajara –81 kg
Bronza 2015 Edmonton –81 kg
Judo Grand Slam
Kumush 2014 Abu Dhabi –81 kg
Kumush 2015 Tyumen –81 kg
Kumush 2020 Budapest –81 kg
Bronza 2014 Baku –81 kg
Bronza 2014 Tyumen –81 kg
Bronza 2020 Paris –81 kg
International Judo Federation Grand Prix
Oltin 2015 Ulaanbaatar –81 kg
Oltin 2017 Hohhot –81 kg
Kumush 2019 Montreal –81 kg
Kumush 2019 Zagreb –81 kg
Bronza 2013 Düsseldorf –81 kg
Bronza 2014 Havana –81 kg
Bronza 2019 Tbilisi –81 kg
Bronza 2019 Antalya –81 kg

Tarjimai hol tahrir

Antuan Valua-Fortiyer 1990-yil 13-martda xuddi shu nom ostidagi  provinsiyaning Kvebek shahrida tugʻilgan. U bolalik chogʻidan dzyudo bilan shugʻullana boshlagan, Monrealdagi murabbiylari Nikolya Jil, Mari-Elen Shisolm va Serxio Pessoalar qoʻlida dzyudo boʻyicha tayyorgarlik koʻradi.

U oʻzining kattalar oʻrtasidagi xalqaro miqyosdagi birinchi jiddiy muvaffaqiyatiga 2011-yilda Kanada milliy terma jamoasining asosiy tarkibiga kirganida va Gvadalaxaradagi Panamerika oʻyinlarida ishtirok etganida va u yerdan yarim oʻrta vazn toifasida qoʻlga kiritgan bronza medalini olib qaytadi. U Parijda oʻtkazilgan jahon chempionatida ishtirok etadi, u yerda uni germaniyalik Ole Bishof magʻlub etadi.

2012-yilda u Monrealda oʻtkazilgan Panamerika uy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli Londondagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻladi. Olimpiadaning dastlabki bahsida Antuan kutilmaganda avvalgi oʻyinlar chempioni ozarbayjonlik Elnur Mamadli ustidan gʻalabaga erishdi, keyin britaniyalik Yuen Byorton va qorabogʻlik Srdjan Mrvalevich kabi kuchli dzyudochilardan qoʻli baland keldi, ammo chorak final bosqichida rossiyalik Ivan Nifontovga biribir imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Uchinchi oʻrin uchun tasalli bahslarda u argentinalik Emmanuel Luchenti va amerikalik Trevis Stivensni magʻlub etadi va shu tariqa Olimpiada bronza medalini qoʻlga kiritadi[1].

London Olimpiadasidan soʻng Valua-Fortiyer Kanada dzyudo jamoasining asosiy  tarkibida qolib, yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etdi. Shunga koʻra, 2013-yilda u San-Xosedagi Panamerika chempionati va Nissadagi Frankofon oʻyinlarining kumush medali sovrindoriga aylanadi. Oradan bir oʻtib, Antuan Guayakildagi Panamerika chempionatida va Chelyabinskdagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritadi va hal qiluvchi bahsda gruziyalik Avtandil Chrikishviliga imkoniyatni boy beradi. Yana bir yildan soʻng u Edmontondagi Panamerika chempionatida va Ostonadagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi - yarim finalda fransuz Loik Petriga magʻlub boʻladi.

Tokioda oʻtkazilgan 2019-yilgi Olimpiya oʻyinlaridan oldingi jahon chempionatida uchinchi oʻrin uchun kechgan jangda Antuan misrlik raqibi Muhammad Abdulallohni yengib, bronza medaliga sazovor boʻladi.

Manbalar tahrir

  1. Brydon, James. „Valois-Fortier Wins Bronze in Men's Judo“. CTV Olympics (31-iyul 2012-yil). 31-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.

Havolalar tahrir