Nikolya Jil (fransuzcha: Nicolas Gill; 1972-yil 24-aprelda tugʻilgan, Monreal, Kvebek) — oʻrta va yengil vazn toifasidagi kanadalik dzyudochi, butun 1990-yillar mobaynida va 2000-yillarning birinchi yarmida Kanada terma jamoasida ringga koʻtarilgan. Yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medali sovrindori, jahon chempionatining kumush va ikki karra bronza medali sovrindori, Panamerika oʻyinlarining ikki karra chempioni, koʻpgina milliy va xalqaro ahamiyatga molik turnirlar gʻolibi. Dzyudo murabbiyi sifatida ham tanilgan.

Nikolya Jil
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Tavallud sanasi 24-aprel 1972-yil (1972-04-24) (51 yosh)
Monreal, Kvebek, Kanada
Sport
Qaysi sport Dzyudo
Sport mukofotlari
Olimpia oʻyinlari
Bronza Barselona 1992 86kg gacha
Kumush Sidney 2000 100kg gacha
Jahon chempionati
Kumush Gamilton 1993 86kg gacha
Bronza Tiba 1995 86kg gacha
Bronza Birmingem 1999 100kg gacha
Panamerika oʻyinlari
Oltin Mar-del-Plata 1995]] 86kg gacha
Oltin Vinnipeg 1999 100kg gacha
Kumush Santo-Domingo 2003 100kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Nikolya Jil 1972-yil 24-aprelda Monrealda dunyoga keladi. U bolalik chogʻidan yakkakurash jang san’ati bilan shugʻullangan katta akasining chiqishlaridan ta’sirlanib dzyudo bilan faol shugʻullana boshlagan.

U oʻzining kattalar oʻrtasidagi xalqaro miqyosdagi birinchi katta muvaffaqiyatiga 1990-yilda Kanada milliy terma jamoasining asosiy tarkibiga  kirganida va Karakasdagi Panamerika chempionatida oʻrta vazn toifasida oltin mukofotni qoʻlga kiritganida erishgan. Bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli u 1992-yilda Barselonadagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻladi. Tasodifan Nikolya musobaqaning asosiy favoriti sanalgan yaponiyalik Xirotaka Okada ustidan gʻalaba qozonadi, ammo keyin slavanlik Valdemar Legenga imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Uchinchi oʻrin uchun tasalli beruvchi bahsda u ruminiyalik Adrian Kroytor ustidan gʻolib keladi va shu tariqa Olimpiadaning bronza medaliga sazovor boʻladi.

1993-yilda Gamiltondagi jahon chempionatida Jil hal etuvchi bahsda yaponiyalik Yosio Nakamuraga yengilib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oradan ikki yil oʻtgach, u Mar-del-Platadagi Panamerika oʻyinlarida gʻolib chiqadi va Tibedagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. Nikolya Kanada dzyudo terma jamoasining boʻlgʻusi yetakchilaridan biri boʻlib, u 1996-yilda Atlantadagi Olimpiya oʻyinlari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtadi va u yerda yettinchi oʻrinni egallaydi.

1999-yilda Vinnipegda oʻtkazilgan Panamerika uy oʻyinlarida u yana eng yaxshi dzyudochi boʻladi, Angliyaning Birmingem shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida esa bronza medaliga sazovor boʻladi — shu daqiqadan boshlab u yarim ogʻir vaznda ringga koʻtariladi. Keyinchalik u 2000-yilda Sidneydagi Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish uchun otlanadi — bu safar u turnirning asosiy qur’asida toʻrtta raqibini magʻlub etib, finalga chiqdi. Final bahsida esa yaponiyalik Kosey Inouega imkoniyatni boy berib qoʻyadi.

Sidney Olimpiadasidan keyin Nikolya Jil Kanada terma jamoasining asosiy tarkibida qolib, yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etadi. Shunga koʻra, Nikolya 2003-yilda yarim ogʻir vazn toifasida Santo-Domingodagi Panamerika oʻyinlarida kumush medalni olishga muvaffaq boʻladi. U 2004-yilda Afinadagi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida oʻz mamlakati bayrogʻini koʻtaradi, garchi u bu yerda unchalik yaxshi natija koʻrsatmagan boʻlsada, hal etuvchi bahsda italiyalik Mishel Monti tomonidan magʻlubiyatga uchraydi va shu tariqa musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Ushbu musobaqalar yakunlanganiga koʻp oʻtmasdan turib, Jil kanadalik yosh dzyudochilar jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib, professional sport faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Sport faoliyatini toʻxtatgach, murabbiylikka oʻtib ketadi, xususan, shogirdlaridan biri Antuan Valua-Forte 2012-yilda Londondagi Olimpiya oʻyinlarida bronza medaliga sazovor boʻladi[1].

Manbalar tahrir

  1. Brydon, James. „Valois-Fortier Wins Bronze in Men's Judo“. CTV Olympics (31-iyul 2012-yil). 31-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.

Havolalar tahrir

  • Nikolya JilSports-Reference.com saytida Olimpiya oʻyinlari statistikasi
  • Nikolya Jiljudoinside.com profili