Anvar Abutolibov
Anvar Abutolibov(1923-yil 7-dekabr, Sirdaryo viloyati, Turkiston ASSR – 2002-yil 30-iyul, Qiziloʻrda viloyati) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi desanti.
Anvar Abutolibov | |
---|---|
Asl ismi | qozoqcha: Әнуар Әбутәліпов |
Tavalludi |
7-dekabr, 1923-yil Sirdaryo viloyati, Turkiston ASSR, SSSR |
Vafoti |
30-iyul, 2002-yil, (78 yosh) Qiziloʻrda viloyati, Qozogʻiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Qozogʻiston |
Xizmatdagi yillari | 1942–1945 |
Biografiyasi
tahrirAnvar Abutolibov 1923-yil 7-dekabrda Rossiya Imperiyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻsha yerdagi oʻrta maktabni tamomlagach, kolxozda bir muddat ishlaydi.
Anvar Abutolibov 1942-yil sentyabr oyida Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi safiga chaqiriladi. U 1944-yil 24-oktyabrda Ukraina gvardiya frontiga tegishli boʻlgan havo-desant ekipaji komandiri boʻlib ishlashga kirishadi. Vengriyaning Tisadorogma qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi Tisa daryosini kesib oʻtib, dushman mudofaasini oʻrganadi. Shundan soʻng, u 1 kun ichida oʻq-dorilar ortilgan 47 ta parvozni amalga oshiradi.
SSSR Oliy Kengashining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash paytida qoʻmondonlik vazifasini namunali bajarganligi hamda Qizil Armiyadagi jasorati va qahramonligi uchun „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ hamda „Oltin yulduz medali“ bilan taqdirlangan[1].
1945-yil avgust oyi frontdan qaytdan soʻng, oʻzi yashaydigan Tugisken qishlogʻida sholichilik bilan shugʻullandi. Yaxshi koʻrsatgichlarga erishganligi uchun, „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan.
Anvar Abutolipov 2002-yil 30-iyulda Qiziloʻrda viloyatida vafot etadi.
Xotirasini abadiylashtirish
tahrirQozogʻiston Respublikasi, Qiziloʻrda viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani, Oqqoʻrgʻon ovulidagi 209-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga Anvar Abutolibov nomi berilgan. Qiziloʻrdalik shoir Adirbek Soʻpibayev Sovet Ittifoqi Qahramoni Anuar Abutalipov hayot yoʻli haqida „Yurak yutib“ nomli doston yozgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Батыр болмысын айшықтаған байқау“. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.
- ↑ „ӘБУТӘЛІПОВ ӘНУА“. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.